Antik adabiyot janrlari ichida qahramonlik dostoni eng asosiy o ‘ rin
tutgan, ushbu janrning cho'qqisi Gomerning «Iliada» va «Odisseya»
asarlari sanaladi. Gomer bazmlarda rivoyatlarni kuyga solib aytuvchi
xalq qo‘shiqchilarining asrlik tajribalariga tayangan holda ilk badiiy
dostonlarini yaratdi. Keyinchalik Rim shoiri Vergiliy Gomerga taqlidan
«Eneida» dostonini yozadi, unda tasvirlanishicha, troyalik Eney
d o‘stlari bilan Italiyaga suzib keladi, uning ajdodlari Rimni barpo
etadilar.
Qahramonlik dostonidan tashqari didaktik-pandnoma asarlar ham
yaratilgan. Gomerning zamondoshi Gesiodning asarlarini bu janrning
yuksak namunasi sifatida ko'rsatib o'tish lozim. Uning «Mehnat va
kunlar» dostoni halol dehqon qanday yashashi va mehnat qilishi
lozim ligi to ‘g‘risidagi asardir. Rimda Vergiliy shu mazmundagi
«Georgiki» («Dehqonchilik she’rlari») ni yaratgan, shoir Lukretsiy
esa «Buyumlar tabiati haqida» asarida voqelik. inson va jamiyatning
yaratilish mohiyati to ‘g‘risidagi qarashlarini ilgari suradi.
Dostondan keyin eng qadrlangan janrlardan biri tragediya edi,
antik tragediya faqat she’riy yo‘lda yozilar, yunon asotirlariga asoslanar
edi. Drama janri yunon adabiyotining antik davrida vujudga keldi.
Antik drama ochiq joyda namoyish etilar, tomoshabinlar o‘tirishi uchun
qo‘yilgan kursilar ketma-ket yarim doira shaklida terilar, o'rtada, sahna
oldidagi maydonchada xor turar va o ‘z qo‘shig‘i bilan kechayotgan
voqea-hodisalarga izoh berar edi. Tragediyada aktyorlarning monolog
va dialoglari xor qo‘shiqlari bilan almashib turar edi. Esxil, Sofokl,
Evripid kabi ijodkorlar tragediya rivojiga muhim hissa qo‘shdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |