Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


to ‘g‘ri kelmaydigan xatti-harakat deganda barcha qoloq urf-odatlar


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/75
Sana08.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1758714
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75
Bog'liq
Jahon adabiyoti

to ‘g‘ri kelmaydigan xatti-harakat deganda barcha qoloq urf-odatlar, 
eskirgan tartibotlar tushunilar edi. Shu sababli ma’rifatchilarning 
ijobiy qahramonlari o ‘tkir aqli bilan ajralib turadilar, salbiylari esa 
qoloq, johil odamlar. Ma’rifatchilik realizmi shartlilikka yo‘l qo'yadi. 
fantastik elem en tlard an foydalanadi. (M asalan, D efo, Svift


qahramonlari yoki Gyotening «Faust» asarini misol qilib keltirish 
mumkin;.
XVIII asr adabiyotida realizm va romantizm o'rtasida keskin 
chegara o'rnatish qiyin. Masalan, fransuz adibi Prosper Merime 
asarlarida qahramonlar, sujet romantik asarlarga xos bo‘lsa-da, faktik 
aniqlik uslubdagi xolislik uni realizmga yaqinlashtiradi. Ingliz 
adabiyotida Charlz Dikkens asarlarida m aishiy-ijtim oiy roman 
an’analari davom ettiriladi, hayotiy manzaralar, hayotiy odamlar 
obraziga murojaat etiladi, ayni paytda avantyuristik o'rinlar, jinoyat, 
sirlilik kabi unsurlarning qo‘llanishi romantik metodda yaratilgan 
asarlami yodga soladi.
XIX asrda realizm yangi bosqichini boshladi. Flober, Mopassan, 
rus adabiyotida Lev Tolstoy, A.P.Chexov kabi yozuvchilar ijodda 
renessans va m a’rifatchilik realizmidan farqlanuvchi xususiyatlarini 
namoyon qildilar. Fransuz adibi Flobeming «Bovari xonim» romanida 
realizm an’analaridan keskin uzilish seziladi, bu asar realizmga xos 
hayot haqiqatiga sodiqlikni yaqqol namoyon qiladi. Endi insonning 
ijtimoiy hayot bilan munosabati, uning taqdiriga ijtimoiy muhit, 
tartibotlar ta’siri diqqat markaziga ko‘chadi. Ayni paytda inson ruhiyati, 
qalbi tahliliga alohida e ’tibor beriladi.
Rus adabiyotida N.V. Gogol tomonidan kashf etilgan tuzum 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling