Romantizm davrida, ayniqsa, she’riyat rivojlandi. she’riy shaklning
imkoniyatlari kengaytirildi.
Romantizm metod sifatida Germaniyada aka-uka Shlegallar va
E.Gofman, Fransiyada V.Gyugo va de Stal, Angliyada Bayron va
Shelli, Italiyada J.Leopardiva A. Mandozni, NorvegiyadaG.Ibsenning
www.ziyouz.com kutubxonasi
ilk ijodi, Polshada A.Miskevich va Yu.Slovaskiy, AQSHda F.Kuper
va G .U .L o n fello , Rossiyada A .S.P ushkin, M .Y u.L erm ontov,
N.V.G ogol ijodida o'z xususiyatlarini namoyon qildi.
A L E K S A N D R S E R G E Y E V I C H P U S H K I N
A.S.Pushkin rus adabiyotining eng yirik vakilidir. U ni «Rus
adabiyotining dahosi» deb ataganlar. Zero, rus adabiyotidagi
yangilanish, keskin ko'tarilish, uning kelgusidagi taraqqiyoti ana shu
shoir ijodi bilan bog'liq.
Pushkinning zamondoshlari, u xalqni
adabiyotni sevishga va hurmat qilishga o'rgatdi, jamiyatda adabiyotga
zo‘r havas tug'dirdi, yozuvchilarni esa rus kitobxonlarini qiziqtiradigan
va unga foydali narsalar to'g'risida yozishga o'rgatdi, shuning uchun
ham insof yuzasidan uni haqiqiy birinchi buyuk rus shoiri deb
hisoblaydilar, o'qimishli rus kishisi uning nomini tilga olganida unga
zo'r hurmat va minnatdorchilik bildirdi, deya e ’tirof etgan edilar.
Aleksandr Sergeyevich Pushkin 1799- yil 26- mayda Moskva
shahrida tug'ilgan. Pushkinning ota-bobolari Rossiya tarixida ancha
katta o'rin tutgan obro‘li shaxslar bo'lgan. Ota tomondan bobosi Gavril
Grigoryevich Pushkin o'z davrining yirik amaldorlaridan bo'lgan,
keyinchalik Pushkin «Boris Godunov» tarixiy tiagediyasida bu shaxsga
keng o'rin beradi Onasi tomonidan habash Ganniballar avlodiga borib
Do'stlaringiz bilan baham: |