bir necha ajoyib she’rlar yozdi. «Yevgeniy Onegin» she’riy romanida
bu davr xotiralari ko‘plab keltirilgan.
Pushkinning litseydagi olti yillik ta’limi uning bilimlarini boyitishda
katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bo‘lg‘usi daho shoir o ‘ta namunali
o'quvchi emas edi, zero alohida iste’dodga ega shaxslar qat’iy qoliplar,
tartibga bo'ysunishni yoqtirmaydilar. Shu sababli u muntazam darslarga
tayyorlanishni yoqtirmas edi. Biroq Pushkin darsdan tashqari o ‘zi
istagan tarix va adabiyotga oid asarlarai ishtiyoq bilan o ‘qir edi.
Litsey hayoti davomida uning ilk she’ri matbuot yuzini ko'rdi. Bu
«Shoir do'stimga» deb nomlanuvchi she’г 1814- yili Moskvadagi
«Вестник Европы» jumalida bosilib chiqadi litsey o'quvchilari orasida
uning epigrammalari ham mashhur edi. Aynan shu litseyda yosh
Pushkin iste’dodi chinakamiga tan olindi. Bu voqea shoir Deqavinning
Sarskoye selo litseyiga tashrifi bilan bog‘liqdir. Shoir o‘zining «Sarskoye
selo xotiralari» she’rini o'qiydi, Deijavin juda hayajonlanib ketadi va
uni bag'riga bosmoqchi bo'ladi. Lekin hayajonga va xijolatga to'lgan
Pushkin qochib berkinib oladi.
Pushkin 1817- yili litseyni tamomlab, Tashqi ishlar Kollegiyasiga
ishga kiradi.
Xushchaqchaq, jo'shqin tabiatli Pushkinni Peterbuig kiborlar doirasi
yaxshi qabul qiladi, bu orada yosh ijodkorlar tashkil qilgan «Arzamas»
jamiyatiga kiradi. 1818- yil birinchi yirik dostoni «Ruslan va Lyudmila»
ni yozadi. Bu asar xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida yaratilgan.
Bahodir Ruslan sehrgar Chernomor tomonidan o ‘g‘irlab ketilgan
qallig'i Lyudmilani axtarib topadi. Shoiming sodda va ravon uslubda
yozilgan bu asari omma tomonidan zavq bilan qabul qilinadi. Doston
rus adabiyotidagi yangilanish jamyoni boshlanganidan darak berar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |