foydalanadi. Ayni paytda tarix haqiqatiga sodiqlikka, qahramonlar
xarakterini butun murakkabliklari, ziddiyatlari bilan namoyon qilishga
intiladi.
Pushkin davming ijtimoiy masalalaridan ham chetda turmadi, 1826-
yilgi Rossiyadagi dekabristlar qo'zg'olonida shaxsan ishtirok etmagan
bo'lsa-da, dekabrist do'stlari harakatiga befarq qaramadi. Pushkin chin
hassos ijodkor sifatida erkinlik, haqiqat, umuman, ezgulik tarafdori
edi, u har qanday ko'rinishdagi zulmga qarshi edi. Shu sababli shoh
g'azabiga duchor bo'lgan do'stlariga chin dildan hamdard bo'ladi.
Shu tariqa uning «Sibirga», «Arion» kabi she’rlari vujudga keladi.
Pushkinning bu davrda yaratilgan «Sezgi», «Uch kalit» kabi she’rlari
inson hayotining ma’nosi, taqdirini yaratish uchun kurash va ayni
paytda taqdiri azal oldidagi ojizlik tuyg'ularini ifodalaydi.
20- yillarning ikkinchi yarmida Pushkin «Yevgeniy Onegin» ustidagi
ishini davom ettiradi. Romanning birinchi to'liq nashri 1833- yilda
bosilib chiqadi.
Ushbu roman turi keyinchalik davom ettirilmadi Biroq Pushkinning
bu asari uning ijodida realistik yo'nalishlaming barqarorlashganidan
dalolat beradl Shoir tasvirda voqelikni aks ettirishning yangi, murakkab
usullariga murojaat qiladi Shoir bayonchi emas «ko'rsatuvchi» holatini
egallaydi — rus hayoti manzaralari suratdagidek ko'z o'ngingizda
jonlanadl Ayni paytda unda davming o'tkir ijtimoiy-axloqiy muammolari
aks etadi.
Roman markazida Yevgeniy Onegin obrazi turadi. Onegin
ziddiyatli, murakkab shaxs. U yuksak didli, zukko inson, atrofida ro'y
berayotgan hodisalarni teran idrok etadi. Kiborlar m uhitidagi
munofiqlik, aldov, riyoni chuqur his qiladi, o'zini bu muhitga yot
sezadi, undagi loqaydlik, zerikishning sababi shunda. Ayni paytda u
Do'stlaringiz bilan baham: |