Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


o'z muhitining farzandi, uning hayot tarzi, odatlaridan voz kecha


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/76
Sana26.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1688336
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   76
o'z muhitining farzandi, uning hayot tarzi, odatlaridan voz kecha 
olmaydi. Pushkin Oneginning aniq maqsaddan, orzu-istaklardan xoli, 
loqayd umrguzaronligini tasvirlaydi, bu hayot bir maromda, karaxt 
bir tarzda kechaveradi.
Tatyana Larina romandagi yagona nurli obrazdir. Ko'ngli musaffo, 
ma’suma, tashqi tomondan ko'rimsiz va zaifgina bo'lgan bu qizda 
juda kuchli hissiyotga qodir ulkan qalb yashiringan. U Onegin timsolida 
hassos qalb, dardli insonni ko'ra biladi, shu sababli uni sevib qoladi. 
Tatyana ning Oneginga she’riy maktubi asarning eng kuchli o'rinlari- 
dandir. Biroq Onegin Tatyananing muhabbatini rad etadi, zero 
muhitning yengil-yelpi sarguzashtlariga o'rgangan, hatto sevgi ham 
ko'ngil ermagiga aylangan qalb kuchli ehtiros bilan yo'g'rilgan bunday 
muhabbatga tayyor emas edi. Onegin muhabbatdan ham zerikib 
ulgurgan, uning o'tkinchiligiga imon keltirgan edi. Shu qarash yetovida
www.ziyouz.com kutubxonasi


bemaqsad, shunchaki dibmshlik uchun Tatyananing singlisi Olgaga 
xushomad qiladi, o ‘zi qadrlamagan narsani o ‘zgalar qadrlashi 
mumkinligini o'ylamaydi. Pirovardida Olgani chin dildan sevuvchi 
do‘sti Lenskiy bilan qattiq nizolashishgacha borib yetadi, oqibatda 
esa duelda uning umri bevaqt xazon bo'lishiga sabab bo'ladi.
Oneginning loqaydligi aslida aldovga, riyoga asoslangan muhitga 
isyon bo‘lib, bu yo‘l bilan bemaqsadlik, bemaslaklikdan xalos bo‘la 
olmaslikni u tushunib yetmadi. Oneginning fojiasi ham shunda.
Roman so'nggida qahramonning mudroq hayotida o ‘zgarish ro‘y 
beradi, o ‘zi bir vaqtlar rad etgan Tatyanani kiborlar muhiti davrasida, 
badavlat qari generalning xotini, aslzoda xonim qiyofasida ko‘radi va 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling