qilinadi. Xarakterlarning o ‘ta favquloddaligi, qahramonlar xatti-
harakatlaridagi sirlilik, sujetning kutilmaganligi dostondagi romantik
nihni kuchaytiradi. Kavkaz, Qrim taassurotlari ostida yozilgan bu asar
kitobxon tomonidan katta quvonch bilan qarshi olinadi. Shundan
so'ng Pushkin ma’lum muddat Odessada xizmat qiladi va 1823- yili
«Lo'lilar» asari ustida ish boshlaydi Besarabiyada bo'lganida yaqindan
tanishgan lo'lilar hayotidan olib yozilgan bu asarini 1824- yili
Mixaylovskoye qishlog'ida tugatadi. Doston qahramoni Aleko kiborlar
jamiyatidan, shaharning bo'g'iq muhitidan bezgan, uni lo'lilarning
erkin hayot taizi maftun qiladi. Biroq ana shu jamiyat tarbiyalagan
xususiyatlardan o 'z i ham qutulolmaydi, aql va idrokka bo'ysun-
maydigan, faqat qalbiga quloq tutadigan lo'li qiz Zaremaga ehtirosli
muhabbatining fojiali yakun topishi sababi ham shunda.
Pushkin 1824- yili ota-onasining mulki — Mixaylovskoye
qishlog'iga surgun qilindi. Bunga uning Odessa general-gubematori
bilan k elish m ovch iligi sabab bo'ladi. M ixaylovskoye da uning
«Qur’ondan iqtibos», «Andrey Shene», «Vakxik qo'shig'i», «18-
oktabr», «Faustdan sahna», «Stenka Razin haqida qo'shiq» asarlari
vujudga keladi. Shu yerda «Lo'lilar» asarini tamomlaydi. «Yevgeniy
Onegin» she’riy romani, «Boris Godunov» tragediyalari ustida ish
olib boradi.
Pushkinning «Boris Godunov» tragediyasi uning ijodi yangi
yo'nalishga kirganidan dalolat beradi, asarlarida realistik uslubga
moyillik ko'zga tashlana boshlaydi. Shekspir ta’sirida yozilgan ushbu
asarda Pushkin klassik tragediyaga yangicha ruh olib kiradi,
klassitsizmning «uch birlik» qonunidan dadil voz kechadi, she’riy va
nasriy sahnalarni uyg'unlashtira biladi, jonli xalq tili leksikasidan erkin
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |