taqalgan shoir Rossiya tarixidagi buyuk hukmdor Petrning asrandi
o'g'li bo'lgan ushbu bobosining nomini faxr bilan esga oladi. Pushkin
bu bobosi haqida «Buyuk Petrning arabi» asarini yoza boshlagan,
lekin uni tugata olmagan. Buyuk Petr arabining kichik o'g'li Osip
Abramovich Gannibal Pushkinning onasi Nadejda Osipovnaning otasi
edi. Shoirning otasi Sergey Lvovich awal gvardiyachi Izmaylov polkida
xizmat qilgan, keyinchalik harbiy xizmatdan bo'shab Moskvaga ko'chib
kelgan bo'lib, zamonasining badavlat va boobro' kishilaridan edi.
Pushkin bolaligidan alohida e ’tibor va nazorat ostida turli guvemer,
guvernant ayollar qurshovida o'sdi. Ulardan rus, fransuz, ingliz
tillaridan ilk saboqlar oldi. Sergey Lvovich ilg'or fikrli, madaniyatli,
adabiyotga va ilm-fanga mehr qo'ygan ma’rifatli kishi edi. Shu sababli
uning xonadoniga zamonasining taniqli shoir va yozuvchilari tashrif
buyurib turardilar. Tabiatida ijodkorlik qobiliyati bo'lgan bola hayotida,
albatta, bu tashriflar izsiz ketmadi.
Pushkin to'qqiz-o'n yoshlaridan she’r yoza boshladi, hatto kichik
komediyalar, masallar ham to'qigani haqida ma’lumotlar bor, biroq
ular saqlanib qolmagan.
O'n ikki yoshida Pushkinni Sarskoye seloda tashkil qilingan litseyga
o'qishga beradilar. litsey Pushkin hayotida yangi bir sahifa ochadi,
www.ziyouz.com kutubxonasi
uning shoirlik iste’dodining ochilishi ana shu davrga to‘g‘ri keladi, bu
yerda qator do‘stlar orttiradi. Pushkin tabiatan ta’sirchan va hissiyotga
beriluvchan odam edi, bir muhabbat qo'ygan odamini oxirigacha sevar,
undan hech narsasini ayamas ed i Shu sababli litseydagi do'stlari bilan
umrining so'nggigacha aloqasini uzmadi. Sevimli litseyiga bag'ishlab
Do'stlaringiz bilan baham: |