Sh. X. Xushmurodov atom yadrosi va zarralar fizikasi
-rasm . Yuqori energiyali elektronlar bilan adron bombardimon etilganda m ezonning
Download 0.75 Mb.
|
atom yadrosi va zarralar fizikasi (4)
7.4-rasm .
Yuqori energiyali elektronlar bilan adron bombardimon etilganda m ezonning hosil bo'lishi. Kvarklarning adronlar ichidan erkin chiqa olmasligini tushuntiruvchi bir necha modellar mavjud, jumladan, tor modeliga ko‘ra, tor cho‘zilganda uning taranglik energiyasi ortgani singari, bir-biridan uzoqlashtirilgan ikki kvark orasidagi glyuon maydon ortadi. Kvarklar glyuon maydondan yasal-gan tor tufayli bir-biri bilan bogMangan bo‘ladi. Kvarklar orasidagi ma-sofayanada ortganda torda to‘planuvchi glyuon maydon energiyasi kvark-antikvark juftligini hosil qilishga yetarli bo‘lib,qolsa tor uziladi. Tor uzil-gan joyda yangi kvark va antikvark hosil bo‘ladi. Shunday qilib, erkin kvarklar hosil bo‘lish o‘miga mezonlar vujudga keladi (7.5-rasm). Bu holni to‘g‘ri magnitni ikkiga bo‘lganimizda, yana ikki qutbli mag-nit hosil bo‘lishiga o‘xshatish mumkin. b) 7.5-rasm. M a’lumki, nuklonlar o‘rtasidagi kuchli o‘zaro ta’sirni mezonlar orqali deb tushuntirilar edi. Endi kvant xromodinamikasiga ko‘ra, esa kvarklar vositasida amalga oshiriladi deb qaraladi. Kuchli o‘zaro ta’sirlashuv vositachisi glyuonlar, glyuon rang almashinuvi bilan oshiradi deb qarala di. Lepton, foton, oraliq bozonlar o‘zlari bilan rang olib o‘tmaydilar, shun ing uchun kuchli ta’sirlashuvda qatnashmaydilar. Adron zarralami valentli, tokli kvarklar va atrofida glyuonlar «den-gizi» turlicha xushbo‘ylik va rangli kvark va antikvarklar qoplab olgan deb tasavvur etish mumkin. Valentli kvarklar adronlar tarkibini tashkil etishda qatnashsa, tokli kvarklar glyuonlami yutadi yoki chiqaradi, bu bilan kuchli ta’sirlashuvni amalga oshiradi. Yana aytish mumkinki, virtual kvarklar antikvark glyuonlar bilan bir-galikda partonlami tashkil etadi. Nuklonlar orasidagi o‘zaro ta’sirda birinchi nuklondagi kvark ikk-inchisiga, ikkinchi nuklondagi kvark birinchi nuklonga o‘tadi. Natijada kvark-antikvark q-q jufti bilan, ya’ni pion bilan almashish yuz beradi. Adronlar 7.6-rasm. Kvark modeli elektron-pozitron anniglyatsiyasida hosil boMuvchi adron lar oqimini yaxshi tushuntiradi. Yuqori energiyali qarama-qarshi oqimda-gi e~-e+ o‘zaro to‘qnashganda annigillyatsiyalanib virtual fotonni hosil qiladi, bu virtual foton o‘z navbatida kvark-antikvark juftini hosil qiladi. Bu hosil boMgan kvark-antikvark qarama-qarshi yo‘nalishda bir-biridan uzoqlasha boshlagach, ular orasidagi glyuon maydon ortadi. Bu glyuon maydon energiyasi hisobiga vakuumdan bir necha qo‘shimcha kvark-an-tikvark jufti hosil boMadi. Yangi kvark va antikvarklar bir-birlari bilan qo‘shilib, pionlami hosil qiladi. Yangi hosil boMgan kvark va antikvarklam-ing bir jufti boshlangMch fotondan hosil boMgan kvark-antikvark jufti bi lan qo‘shilib, eng yengil U va d kvarklardan tashkil topgan mezonlarni hosil etadi. Natijada dastlabki kvark va antikvark yo‘nalishidagi ikkita qarama-qarshi adronlar oqimi kuzatiiadi (7.6-rasm). Yuqoridagi bayon etilganlar asosida elementar zarralar haqida quy-idagicha xulosalar chiqarish mumkin: Haqiqiy elementar zarralarga leptonlar va kvarklarni aytish mumkin. Leptonlarni bevosita qayd qilishlik mumkin. Kvarklar adronlar tarkibiga kiradi; Kvark va leptonlar 6 tadan iborat bo‘lib, bunga xushbo‘ylik deb ataladi; Lepton va kvarklar xushbo‘yligi 2 tadan 3 ta bosqichga ega. Har qaysi bosqich yuqori va pastki zarralarga boMinadi; Lepton oq, kvarklar uchta rangdan iborat; Mezonlar kvark va antikvark hamda qo‘shimcha rangdan, barion-lar-uchta kvark va har xil uch rangdan iborat, shuning uchun adron lep-tonga o‘xshash oq rangda boMadi. Shunday qilib, haqiqiy elementar zarralar 6 ta xushbo‘ylikka ega kvark va leptonlar, 3 ta rang va bularning antikvark va antileptonlari boMishi kerak (7.3-jadval). Bulardan tashqari, o‘zaro ta’sirlashuvni tashuvchilari: 8 ta glyuon, foton, W*, z°-bozonlar va G-gravitonlar. 7.3-jadval
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling