Sharq falsafasi. G’arb falsafasi


Download 344 Kb.
bet22/35
Sana24.04.2023
Hajmi344 Kb.
#1395297
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Djon Lokk ingliz falsafasida hissiy bilish (empirizm) ning vakilidir. U «tug’ma g’oyalar» mavjudligini rad etib, bizning barcha bilimlarimizni biz tajriba va hissiy bilishdan olishligimizni ta’kidlaydi. Inson «sof lavha» sifatida tug’iladiki, unga hayot o’zining «yozuvlari»ni, ya’ni bilimlarni yozadi. Dekart ratsionalizmiga qarama-qarshi ravishda, Lokk bilishning birdan bir manbai hisdir (sensualizm) degan ta’limotni asosladiki, u bilimlarning barcha mazmunini his-tuyg’u a’zolaridan keltirib chiqarib, uni hissiy bilishning unsurlarining jami hisoblar edi. «Ilgari his-tuyg’uda bo’lmagan hech narsa, aqlda ham bo’lmaydi», -deb ta’kidlagan edi Lokk.
Lokk qarashlarining muhim jihati uning birlamchi va ikkilamchi sifatlar haqidagi nazariyasidir. Birlamchilar kabi, ikkilamchi sifatlar ham tashqi tajriba asosida qo’lga kiritilgan g’oyalarga taalluqlidir. Birlamchi sifatlar bu makon, miqdor (massa), harakat va hokazolardir. Ularni u ob’ektiv ravishda mavjud deb hisoblaydi. Ikkilamchi sifatlarning kelib chiqishi his-tuyg’u a’zolarining xususiyati bilan bog’liqdir. Ularga Lokk is, ta’m, rang va boshqalarni taalluqli deb biladi. Bu xususiyatlar faqat sub’ektiv ravishdagina mavjuddirlar. O’sha zamondayoq ma’lum bo’lgan ediki, tovushlar havoning tebranish tufayli kelib chiqadilar, nur tarqalishining to’lqinli va korpuskulyar nazariyasi ishlab chiqilgan edi. Bundan Lokk shunday xulosaga kelgan ediki, is, ta’m va rang faqat insoniy idrokkagina xosdir. Oydinlik darajasi nuqtai nazaridan u bilimning uch turini ajratib ko’rsatdi: hissiy, yoki yakka ashyolar haqida bilim beruvchi boshlang’iya bilim; namoyishkorona yoki daliliy, xulosa vositasida chiqariladigan bilim, masalan, solishtirish, taqqoslash va tushunchalar munosabati orqali aniqlanadigan bilim; ichki tuyg’u (intuitiv) bilimi - uning oliy turi - aql orqali uning bir-biriga bevosita muvofiqligi yoki muvofiq kelmasligi haqidagi bilim. Lokk belgilarning umumiy nazariyasi sifatida semiotika tushunchasini ilmiy istilohga kiritdi.

Download 344 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling