Sharq falsafasi. G’arb falsafasi


Download 344 Kb.
bet25/35
Sana24.04.2023
Hajmi344 Kb.
#1395297
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Nemis klassik falsafasi. XVIII asrning oxiri XIX asrning boshida Fransuz inqilobi voqealarining kuchli ta’siri ostida bo’lgan, iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoloq Germaniyada shunday falsafa vujudga keldiki, uning shakllanishida tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlarning yutuqlari kata o’rin tutdi. Fizika va kimyo katta muvofaqqiyatlarga erishdi, jonli tabiatni o’rganish olg’a qadam bosdi, matematika sohasida shunday kashfiyotlar qilindiki, ular juda ko’p jarayonlarni miqdoriy jihatdan aniq ifodalashga imkon berdi. Bundan tashqari, atrof muhit tomonidan tana a’zolari rivojining bir-biri bilan sababiy aloqadorligi haqidagi Lamark ta’limoti katta qiziqish bilan kutib olindi. Eng yangi astronomik, geologik va embriologik nazariyalar ham katta qiziqish uyg’otdi. Bu barcha nazariyalar, hamda kishilik jamiyatining taraqqiyot nazariyasi muqarrar ravishda rivojlanish g’oyasini voqeylikni bilishning nazariyasi va usuli sifatida ishlab chiqish zaruriyatini rag’batlantirar edi.
Nemis mumtoz falsafasi I.Kant, I. Fixte, F.SHelling, G.Xegel va L.Feyerbax kabi shaxslar nomi bilan bog’liqdir.
Nemis mumtoz idealizmining asoschisi Immanuil Kant (1724-1804) faqat buyuk faylasuf sifatidagina emas, balki keng qamrovli chuqur olim sifatida ham mashhurdir. Uning tomonidan ishlab chiqilgan quyosh sistemasining bahaybat gazsimon tumandan kelib chiqqanligi haqidagi ta’limot hozirgacha astronomiyada asosiy ilmiy g’oyalardan biri hisoblanadi. Kantning ilmiy tabitashunoslik sohasidagi kashfiyoti uning zamondagi tabitashunoslik qoidasini faqat Koinot tuzilishigagina emas, balki uning kelib chiqishi va rivojiga nisbatan ham qo’llashga birinchi urinish edi. Kantning xizmatlaridan yana biri uning hayvonlarni ehtimol tutilgan kelib chiqishining tartib bilan taqsimlanishi haqidagi g’oyasi va insonlarning irqiy jihatdan tabiiy kelib chiqishi to’g’risidagi nazariyasi edi.
Kantning nuqtai nazaricha, eng muhim falsafiy muammolarni yechishga kirishishdan oldin inson bilimining chegarasi va imkoniyatini tadqiq qilish lozim. Kant fikricha, biz dunyoni qanday bo’lsa, o’shanchalikda emas, balki bizga qanday namoyon bo’lishiga qarab bilamiz. Bizning bilimimizga faqat ashyolar ko’rinishi yoki fenomenlar yetib keladi. His-tuyg’u a’zolariga «narsa -o’zida» («vesh v sebe») ta’siri natijasida hissiy tartibsizlik vujudga keladi. Bu tartibsizlik bizning aqlimiz quvvati orqali birlik va tartibga solinadi. Biz nimaniki tabiat qonunlari hisoblasak, aslida hodisalar dunyosiga aql orqali kiritiladigan aloqadir, yoki boshqacha aytganda, bizning aqlimiz qonunlarni tabiatga buyruq qiladi. Ammo hodisalar dunyosiga inson ongidan mustaqil bo’lgan ashyolar mohiyati bo’lgan «narsa o’zida» muvofiq keladi. Ularni mutlaq bilish mumkin emas. «Narsa o’zida» bizlar uchun noumenlar, ya’ni aql bilan bilinadigan, ammo tajribada berilmaydigan mohiyatdir. Kant inson aqlining kuchiga cheksiz ishonishni aqidaparastlik deb atab, uni shubha ostiga olib baholaydi.
Kant nuqtai nazaricha, makon va zamon g’oyasi insonga idrokdan oldin ma’lum bo’lgan. Makon va zamon g’oyaviy bo’lib, voqeiy emasdirlir. Hissiy taassurotlar bir-birlari bilan o’zaro hukmlar vositasida bog’lanadilarki, ular asosida kategoriyalar, ya’ni umumiy tushunchalar yotadi. Kant nazaricha, bular «sof fikr»ni ifodalovchi «sof mantiqiy» shakllar bo’lib, uning ashyolari emas. Kategoriyalar insonga apriodi, ya’ni har qanday tajribagacha berilgandir.
Bilish haqidagi ta’limotda Kant dialektikaga katta o’rin ajratadi: qarama-qarshilik bilishning zaruriy lahzasi sifatida qarab chiqiladi. Nemis falsafasi Kantdan keyin I.G. Fitxe (1762-1814) va F. SHelling (1775-1854) tomonidan ishlab chiqildi. Ular hodisalar va ashyolarning kantchasiga qarama-qarshi qo’yilishini muayyan yagona qoida bo’lgan – Fixtedagi mutlaq «Men» va SHellingdagi borliq bilan fikrdagi mutlaq ayniyat asosida dalillab, uni bartaraf qilishga harakat qildilar. Bundan tashqari, SHelling dialektika kategoriyalarini , jumladan ozodlik va zaruriyat, yagonalik va ko’plikning ayniyati va boshqalarni sinchkovlik bilan tahlil qilib, Xegel dialektikasining xabarchisi sifatida xizmat qildi.
Nemis falsafasi o’z rivojining cho’qqisiga Xegel (1770-1831) ijodida erishdi. Xegel dialektikaning qonunlari va kategoriyalari haqidagi ta’limotni rivojlantirib, birinchi marta dialektik mantiqning asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va o’sha davrdagi ta’limotlarda hukm surgan metafizik ong usulini tanqid ostiga oldi. Kantning «narsa-o’zida»siga u dialektika prinsipini qarama-qarshi qo’ydi: mohiyat o’zini namoyon etadi, hodisa mohiyatlidir. Xegelning qayd etishicha, asosida «dunyo aqli», «mutlaq g’oya» yoki «dunyo ruhi» yotgan kategoriyalar voqeylikning ob’ektiv shakllaridir. Bu-dunyoni paydo bo’lishi va rivojiga turtki bergan faol ibtidodir. O’z-o’zini bilish jarayonida dunyo aqli uch bosqichni bosib o’tadi: o’zini idrok qiluvchi mutlaq g’oyaning o’z uyasida bo’lishi davri, ong tabiatida, ya’ni g’oya o’z mazmunini dialektikaning qonun va kategoriyalari tizimida (Mantiq) ochishida; tabiat hodisalari ko’rinishida g’oyaning «boshqacha borliq»(inobыtiye)da rivojlanishida, ya’ni tabiatning o’zi rivojlanmaydi, balki tushunchalargina rivojlanadi (Tabiat falsafasi); g’oyaning inson ongi va bashariyat tarixida rivojlanishida (Rux falsafasi). Ushbu oxirgi bosqichda mutlaq g’oya o’z o’ziga qaytib, o’zini insoniy ong va o’z o’zligini bilishda tushunib oladi.
Taraqqiyot g’oyasi butun Xegel falsafasiga singdirilgan. Taraqqiyot oldinma-ketin, quyidan yuqoriga qarab boradi; bu jarayonda miqdor o’zgarishlaridan sifat o’zgarishlariga o’tish yuz beradi, taraqqiyotning manbai esa, har qanday o’z-o’zidan bo’ladigan harakat prinsipidan iborat bo’lgan qarama-qarshiliklardir.
Xegel nuqtai nazaricha, tarix mohiyatini quyidagi so’zlar bilan ifodalash mumkin: «aql tarixdadir». Aql, Xegel fikricha, umumjahon tarixiy ibtidosi bo’lib, tarixda mutlaq g’oyaning rivojlanishi sifatida namoyon bo’ladi. U yoki bu davrda dunyoviy ruhning sohibi sifatida qandaydir bir xalqning ruhi oldinga chiqadi, Ayni vaqtda boshqa xalqlar o’zlarining gullab-yashnagan davrlarini orqada qoldirib, o’z imkoniyatlarini tugatganliklari sababli inqirozga yuz tutadilar, boshqa bir xalqlar esa endigina taraqqiyot sari yo’l boshlagan bo’ladilar. Xegel nazaricha, aql tarix jarayonida shunday amalga oshadiki, unda har bir xalq ruhning o’z-o’zini bilishga o’z hissasini qo’shishga haqlidir. Xegel mohiyati ozodlikni anglashga erishish bo’lgan umumjahon tarixini davrlashtirish mezonini belgilab beradi. Bunday ko’tarilishga to’rt bosqich muvofiq keladi: 1) sharq dunyosi; 2) YUnon dunyosi; 3) Rim dunyosi; 4) olmon (german) dunyosi.
SHarq xalqlarida ozodlik bo’lmagan, ozod odam sifatida faqat bir kishi - zolim hukmdor tan olingan. YUnon-rim dunyosiga ozodlikning mavjudligi xosdir, ammo u chegaralangan hududlarda-ba’zilar uchungina idrok etilgan. SHuning uchun YUnon-rim dunyosining davlat tuzumi qullikni inkor etmaydi. To’la ozodlik o’z ifodasini faqat German xalqlarida topdiki, ular o’z tarixiy taraqqiyotlari davomida Reformatsiya (diniy islohot) va 1789 yildagi Fransuz inqilobi mahsulini meros qilib olib, umumiy fuqarolik va siyosiy ozodlikka erishdilar.
Xegel falsafasi ichki ziddiyatlarga ega. Bilish tizimi, bir qancha turdagi anglash bosqichlaridan o’tib, oxirgi bosqich bo’lgan o’z-o’zini anglashda tugallanadiki, uni amalga oshiruvchi narsa Xegel falsafasining o’zi bo’lib chiqadi. SHunday qilib, Xegel usuli va tizimi o’rtasida qarama-qarshilik kelib chiqadi.

Download 344 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling