Sharq falsafasi. G’arb falsafasi


Download 344 Kb.
bet33/35
Sana24.04.2023
Hajmi344 Kb.
#1395297
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Germenevtika. «Germenevtika» atamasi sharhlash, talqin qilish va tushuntirish san’ati sifatida qadimgi dunyo madaniyatiga borib taqaladi. Qadimgi YUnon afsonasida xudolardan xabar keltiruvchi Germes, kishilarga xudolarning buyruqlarini tushuntirib berar va odamlarning xohish, irodalari va iltijolarini Olimpga yetqazar edi. germenevtikani nazariya sifatida shakllantirish F.SHleyermaxer (1768-1834) va V.Diltey (1833-1911) asarlarida o’z yakunini topdi.
SHleyermaxer germenevtikani umumiy tushunish nazariyasi sifatida talqin qildi. Uning nuqtai nazaricha, u yoki bu matnni tushunish uchun matn muallifi yashagan davrga xayolan o’tish zarur (ushbu bajariladigan ish tartibi germenevtikada «joyini o’zgartirish» nomini oldi). Bunda o’z zamonining tushuncha va tasavvurlaridan qutulish zarur bo’lib, matn muallifi davri tushunchalariga muvofiq keladigan tushunchalar bilan fikrlash uning dunyosi va g’oyasiga kirish uning fikr tarzini gavdalantirmoq lozim. SHleyermaxer uchun asosiy narsa matn emas, balki unda yashirin ifodalangan muallifning ijodiy o’ziga xosligi edi.
Diltey germenevtikada ijtimoiy fanlarning uslubiy asosini ko’rdi. Hayot falsafasining vakili sifatida u tarixiy hodisalarni tabiiy jarayonlardan farqli o’laroq, «tirik va jonli» gavdalantirish lozim deb hisobladi. SHunday qurol, ushbu voqealarni «boshdan kechirish» ga asoslangan «izohlash» edi.
Germenevtikaning markaziy tushunchalaridan biri germenevtik doira tushunchasi bo’lib, uning mohiyati shunga olib keladi: qismni tushunish butunni tushunishsiz mumkin bo’lmaydi va aksincha. Masalan, so’zni tushunish ushbu so’z tarkibiga kirgan gapni tushunishsiz mumkin bo’lmaydi; o’z navbatida gapni tushunish uning tarkibiga kiruvchi so’zlarni tushunishni taqozo etadi. SHleyermaxer va Dilteyni an’anaviy germenevtika deb ataluvchi oqimning vakillariga mansub hisoblashadi.
XX asrdagi falsafiy germenevtikaning eng yirik vakili va asoschisi Xans Georg Gadamerdir. M. Xaydergger izidan borib Gadamer tushunchani insonni bilish faoliyatining tomonlaridan biri deb emas, balki uning borlig’ining vositasi deb biladiki, bu bilan germenevtika muammmosini uslubiy va bilish nazariyasi sohasidan borliq haqidagi masalaga o’tkazadi.
Asosiy germenevtik bajariladigan tartibini Gamer «joyini o’zgartirish» emas, balki «tatbiq etish» hisobladi – matn muallifi tajribasini o’zining vaziyatiga tatbiq etish, o’tmish va hozirgi davr ufqlarini birlashtirish kabi. U to’la joyini o’zgartirish (gavdalantirish) imkoniyatiga ishonchsizlik bilan munosabatda bo’ldi. O’tgan davrlarni to’la gavdalantirishni ta’minlash mumkin emas. SHuning uchun germenevtikaning bosh vazifasi Gadamer uchun «tiklash» emas, balki mazmunni «yaratish» dir. SHunday bo’lganda har bir talqin qiluvchi avval boshdanoq bir xil ma’noga ega bo’lmagan matn mazmunidan o’zining ma’nosi mazmunini keltirib chiqaradi. Har bir voqea talqini matnning «harakat tarixida», «hodisa»dir, «an’ana» bilan gaplashishdir va shu bilan birga an’anani o’zini «amalga oshirish»dir. An’ana Gadamlar uchun oddiygina so’zlab berish kerak bo’lgan rivoyat yoki yodgorliklar va matnlar majmuasi emas. Biz an’analarni «amalga oshirish»ning ishtirokchilari hamdirmiz.
Tushunish Gadamer uchun «tajriba», dunyoni o’zlashtirishning umumiy vositasidir. Germenevtik tajriba asosida til yotadi. U bizga go’yoki dunyoni beradi. Til «hamma nrsani qamrab oluvchi, dunyo talqinini oldindan payqab oluvchidir.. dunyo biz uchun hamisha ham tilda talqin qilingan dunyodir… bu esa, tabiiyki, shunday ma’noni bildiradiki, ushbu til talqinining ichida boshlanadigan tushunchalarni tashkil bo’lish jarayoni hech qachon eng boshidan boshlanmaydi»41. SHuning uchun o’z tabiatiga ko’ra tushunish – til hodisasidir. Bundan shunday xulosa qilinadi: «Tushunib olish mumkin bo’lgan borliq, til demakdir»42.

Download 344 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling