Sharq falsafasi. G’arb falsafasi


Download 344 Kb.
bet2/35
Sana24.04.2023
Hajmi344 Kb.
#1395297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Falsafa fanining maqsadi – yoshlarni zamonaviy fan yutuq- lariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish hamda ularda oʻz-oʻzini anglash, falsafiy mushohada qilish va toʻgʻri fikrlash mahorati, koʻnikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning asosiy vazifalari – tabiat, jamiyat va inson tafak- kurining rivojlanishiga oid falsafiy bilimlar, qonunlar va ka- tegoriyalar mazmun-mohiyatini bilish, ularga nisbatan shaxsiy muno- sabatni shakllantirish orqali insonning hayotdagi oʻrni va ahamiyatini ochib berishdan;

  • falsafa rivojlanishining asosiy bosqichlari va yoʻnalishlari, dinning kelib chiqishi va uning funksiyalari, tabiat va jamiyat borligʻi hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari toʻgʻrisida tasavvurlarini shakllantirishdan;

  • jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga falsafiy tafakkur va shaxsiy-tahliliy tanqid nuqtayi nazaridan yondashish, oʻz-oʻzini ma’naviy-axloqiy, estetik tarbiyalash tuygʻularini hosil qilishdan;

  • xalqimiz ma’naviy merosini asrash va yanada yuksaltirish, yoshlarning falsafiy tafakkurini shakllantirish, ular ongini turli zararli gʻoyalardan saqlash, ularni zamonaviy falsafiy bilimlar bilan qurollantirishdan;

  • yoshlarda jamiyatning keng koʻlamli yangilanish jarayonida faol ishtirok etish hissini tarbiyalashdan iborat.

  • Bugun yurtimizda yangi tarixiy davr boshlandi. “Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash” gʻoyasi ostida mamlakatimizda uchinchi renessans poydevori qurilmoqda. Uning tom ma’nodagi tashabbuskori Oʻzbekiston Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevdir. Yangila- nayotgan Oʻzbekistonda falsafiy tafakkur ham yangilanmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Davlat rahbari soʻzlagan nutqida: “Biz yaratayotgan yangi Oʻzbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm gʻoyasi boʻladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan. Jamiyatimizning tanasi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni, ruhi ma’naviyatdir”, –deb ta’kidladi. 1.
“Filosofiya” atamasi yunonchadan olingan bo’lib “phileo” sevaman, sophia donishmandlik yoxud donishmandlikni sevish degan ma’noni bildiradi. Bu tushuncha birinchi marta qadimgi yunon olimi Pifagor (e.o.VI asr oxiri - V asr boshlari) (Diogen Laertskiy (eramiz II asri oxiri - III asr boshlari) so’zlariga qaraganda, o’zini birinchi marta faylasuf deb atagan kishi – yunon mutafakkiri va olimi Pifagordir. Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta’rif berib, u shunday degan: «Hayot o’yinga o’xshaydi: ba’zilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi shunday, ba’zilar qullar kabi shuhrat va boylikka o’ch bo’lib dunyoga keladi, vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi»1.) tomonidan ishlatilgan. Lekin filosofiyani nazariy bilimning alohida sohasi sifatida ajratishga o’ringan birinchi faylasuf Platon (Aflotun) edi. Ba’zi SHarq xalqlari (arab,fors va turkiy til)larda bu atamani ya’ni filosofiya so’zini arabcha talaffuzda “Falsafa” deb ham ataladi.
Falsafani “fanlarning otasi” deyilishining asosiy sababi esa qadimgi dunyoda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy masalalar bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar falsafa deb, ular bilan shug’ullanuvchi olimlarni esa sohasidan qat’iy nazar faylasuf deb ataganlar. SHu sababdan ham keyingi mavzularda tanishib o’tadigan qadimgi davr faylasuflarning ba’i birlari tabiatshunos olim bo’lganligini guvohi bo’lishimiz mumkin.
Lekin qadimgi faylasuflar o’zlarini donishmand deb bilmaganlar, faqatgina donishmandlikni sevuvchilari va yoki ardoqlovchi sifatida tasavvur qilganlar. Haqiqiy donishmand esa ularning fikricha faqatgina sabablarning sababini biluvchi va yoki yaratuvchidir.
SHarqda ham falsafa haqidagi qarashlar juda qadimda yuzaga kelgan bo’lib, u donishmandlik bilan aynan teng deb hisoblanadi, falsafa bilim haqidagi umumiy tushunchadan ajratilmaydi. Eradan oldingi VIII asrda Hindistonda yaratilgan siyosat haqidagi “Artxashstre” kitobida ishlatilgan “darshana” degan tushuncha falsafani ta’riflash ma’nosida ishlatilgan. Markaziy Osiyoning qadimgi yodgorligi “Avesto”da ham “faylasuf” degan tushuncha o’rnida donishmandni ifodalaydigan xratugina (donishmandlikka boradigan) va xaratupat (donishmandlikka yetishgan) degan so’zlar ishlatilgan. Buyuk mutafakkir Forobiy falsafa so’zini hikmatni qadrlash deb talqin etgan. Xitoy falsafasida “chje-syue” (donishmandlik fani) degan atama XIX asrda shakllangan. Biroq bu qadimgi Hindistonda va Xitoyda falsafiy fikrlar bo’lmagan degan ma’noni bildirmaydi.
Falsafaning predmeti haqida so’z ketganda ayrim mutafakkirlar uni haqiqatni izlashda, boshqalari - haqiqatni o’z shaxsiy manfaatlariga moslashtirishda deb tushunadilar; bir xillari o’z fikrlarini osmon tomon, boshqalari esa - yerga yo’naltiradilar; bir xillari ollohga, boshqalari esa - odamga murojaat qiladilar; bir xillari uchun falsafa o’z-o’zicha ahamiyatga ega, boshqalari aytadiki, falsafa jamiyat va insonga xizmat qilishi kerak va h.k. Bularning barchasi falsafaga yondoshuvlarning xilma-xilligi, uning predmetini tushunishda turlicha qarashlar mavjudligini ko’rsatadi.
«Falsafa nima degani?» savolga javob izlash oson emas. Har birimiz u yoki bu matn, yo nutq falsafiy yohud falsafiy emasligini ichki sezgi bilan his etamiz. Ammo falsafaga qat’iy ilmiy ta’rif berish juda mushkul. Bunga urinib ko’rishning o’zi kifoya. Falsafaga tegishli bo’lmagan narsani aniqlash osonroq. Masalan, falsafa DNK tuzilishini aniqlash bilan shug’ullanmaydi, differensial tenglamalarni yechmaydi, kimyoviy reaksiyalarni o’rganmaydi, yer qobig’i harakatini tadqiq etmaydi va hokazolar.
Agar fanlar, aytaylik, botanika yoki lingvistika ta’riflarini oladigan bo’lsak, ulardagi mavjud farq, odatda, mashg’ulotning asl mohiyatiga daxl qilmaydi. Hech bir botanik mutaxassisligi fanining mavzusi - o’simlik olami ekanligiga e’tiroz bildirmaydi. Har qanday lingvist o’z fanining mavzusi - til ekanligini tasdiqlaydi. Falsafada esa boshqacharoq. Bir faylasufning ta’rifi boshqasinikidan farq qilishi mumkin. Falsafaning ta’rifi shu qadar ko’p va turli-tumanki, ko’pchilikda «O’zi bir fan to’g’risida gap ketyaptimikin yoki yo’qmi?»2 degan savol tug’ilishi mumkin.
Ba’zi falsafiy tizimlarda falsafa oliy bosh ibtido yoki birinchi sabab to’g’risidagi fan deb ta’riflanadi. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Arastu ta’limotida, u «barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to’g’risidagi fan» deyilgan bo’lsa, o’rta osiyolik mutafakkir Abu Ali Ibn Sino falsafani «mutlaq borliq to’g’risidagi oliy fan» deb ta’riflagan. Boshqa yo’nalishlarda falsafaning bosh sababi birinchi ibtidolarni bilish ekanligi umuman rad etiladi, masalan, o’rta asr ilohiyotchisi al-G’azzoliy o’zining «Faylasuflarni rad etish» nomli maxsus asarini shu mavzuga bag’ishlagan.
Ba’zi ta’limotlarda falsafa «to’g’ri fikrlash orqali erishilgan bilim» (T.Gobbs), umuman, «fanlarni ko’rib muhokama qiluvchi» (G.V. Xegel) deb keng tasavvur qilinsa, boshqalarida tor ma’noda, masalan, «fikrning mantiqiy oydinlashuvi» (L.Vitgenshteyn) yoki «umummajburiy qadriyatlar to’g’risidagi fan» (V.Vindelband) sifatida tushuniladi. Odatda, falsafaning u yoki bu ta’rifi umuman falsafani emas, balki tegishli faylasuflarning o’z nazariyalarini belgilashi hisoblanadi, garchand, ko’pchilik faylasuflar aynan o’z falsafiy qarashlarinigina haqiqiy (yoki chinakam) deb o’ylaydilar.
Buyuk vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy X asrda falsafaga quyidagicha ta’rif bergan:
«Mavjudot haqidagi bilim qo’lga kiritilsa, shu haqda ta’lim berilsa, mavjudotdan bo’lgan narsaning zoti bilinsa, narsaning ma’nosi tushunilsa, ishonchli dalil-hujjatlar asosida shu narsa haqida miyada bir turli ishonch va tasavvur paydo bo’lsa, mana shu ma’lumotga doir fanni falsafa deymiz.» («Fozil odamlar shahri» kitobidan. Toshkent, 1993, 183-184 betlar).
Bu narsa, ayniqsa, XIX asrning II yarmida va XX asrda yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu davrda nihoyatda rang-barang falsafiy maktablar, yo’nalishlar yuzaga keldi, ularda borliq, bilish, inson va insoniyatning turli tomonlari falsafaning predmeti, bahs mavzui bo’lib xizmat qiladi. Biroq bular rang-barang falsafiy konsepsiyalar o’rtasida umumiy jihatlar yo’q, degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Falsafiy bilimlarga xos eng muhim jihatlar quyidagilarda ifodalanadi:

Download 344 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling