Metodologik funksiya. Uning ma’nosi shundaki, falsafa metod sifatida umumiy ta’limot va inson tomonidan voqelikni bilish hamda o’zlashtirishning eng umumiy metodlari yig’indisidir.
Prognostik funksiya. Bu funksiya materiya va ong, inson va olam taraqqiyotining eng umumiy tendensiyalari haqidagi farazni anglatadi. Falsafa fanga asoslansa, ehtimollikning faraz darajasi shuncha yuqori bo’ladi.
Falsafa nazariy tafakkur va donishmandlik maktabi sifatida ham funksiya bajaradi. Bu narsa ayniqsa falsafa tarixini o’rganishga dahldordir.
Falsafaning tanqidiy funksiyasi. Bu funksiya nafaqat boshqa fanlarga, balki falsafaning o’ziga nisbatan ham qo’llaniladi. «Hamma narsaga shubha bilan qarash» degan prinsip antik zamondan boshlab qo’llanilib kelinadi.
Falsafaning tanqidiy funksiyasi bilan uning aksiologik funksiyasi uzviy bog’langan (grekcha aksios - qadrli). Har qanday falsafiy tizim o’zi o’rganayotgan ob’ektni muayyan qadriyatlar nuqtai nazardan baholaydi: sotsial, axloqiy, estetik, mafkuraviy va h.k. Bu funksiya ijtimoiy taraqqiyotning o’tish davrlarida alohida rolp o’ynaydi (mustaqillik va qadriyatlar). CHunki bu davrlarda eski qadriyatlardan qay birini davom ettirish masalasi kelib chiqadi.
Sotsial funksiya. Bu funksiya ko’p yoqlama xarakterga ega bo’lib, ijtimoiy hayotning rang-barang jihatlarini qamrab oladi. Umuman olganda falsafa ikki yoqlama vazifani bajaradi, birinchidan, sotsial borliqni tushuntirish, ikkinchidan, uning moddiy va ma’naviy o’zgarishlariga ta’sir etish.
Insonparvarlik funksiyasi. Buning ma’nosi shundaki, falsafa har bir individ hayotida gumanistik qadriyatlar va ideallarni shakllantirish, hayotning ijobiy ma’no-maqsadlarini tasdiqlashga xizmat qilishi kerak. Demak, u intellektual davolash rolini bajaradi, ayniqsa, jamiyatda beqarorlik yuz berganda, eski qadriyat va ideallar minbardan tushib, yangilari hali shakllanishga ulgurmagan yoki obro’ qozona olmagan paytlarda yaqqol ko’zga tashlanadi.
Endi esa ma’ruzamizning asosiy qismi bo’lmish bu fanning jamiyatda tutgan rolini ko’rib chiqamiz. Hamma jamiyatlar qatori bizning jamiyat ham bir qator kamchiliklardan xoli emas. Va afsuski ularning ko’pchiligi aynan falsafiy dunyoqarashning o’z vazifasini bajara olmaganligidan kelib chiqqan desak xato bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |