Sharq falsafasi. G’arb falsafasi


Download 344 Kb.
bet7/35
Sana24.04.2023
Hajmi344 Kb.
#1395297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Birinchidan; jamiyatning o’ta dogmatik dunyoqarashga ega ekanligi. SHu sababdan innovatsion fikrliydigan kadrlar juda kam.
Ikkinchidan; jamiyat qabul qilgan urf-odatlar hamda qonun qoidalarning mantiqqa xos emasligi. SHu sababdan tuy va motam marosimlarni, iqtisoddagi ayrim mantiqsizliklar, qonunchilikdagi mantiqsizliklarga qarshi kurashish masalasini davlatimiz rahbari bosh maqsad qilib qo’ydi.
Uchinchidan; korrupsiya masalasida biz jahon reytingida salbiy tomondan yuksak marralarga erishayotganligimiz (158-o’rin jahonda poraxurlik buyicha) ham aynan falsafani strukturasi bo’lmish etika (axloq) masalasida muammolarimiz borligidan dalolat beradi.
To’rtinchidan; aksiologiya (qadriyat) masalasida ham vaziyat maqtagulik emas. CHetdan kirib kelayotgan qadriyatimizga zid elementlarga yoshlarning ko’r-ko’rona ergashishi ham aynan falsafiy muammodir
Beshinchidan; Jamiyatimizda tanqidiy dunyoqarashning yetishmasligidan har doim lavozimi bizdan balandroq insonga tug’ridan-tug’ri taqlid qilish va yoki so’zsiz itoat qilish (notug’ri qaror bo’lsa ham). Bu ham falsafaning tanqidiy (skeptikcha) funksiyasining ishlamayotganligidan dalolat beradi.
Oltinchidan; Insonparvarlik funksiya ham o’z ishini a’lo darajada amalga oshirolmayapti. SHu sababdan insonning insonga bo’lgan e’tibori qolaversa rahbarning xodimga bo’lgan munosabati hamin qadar bo’lib turibdi...
Ettinchidan; Sotsial funksiyasiga tegishli bo’lmish jamiyatning hamjihatligi va yoki birligi masalasida ham biz ko’pchilik jamiyatlardan ortdamiz. Qolaversa jamiyatimiz ekzitensial muammolardan biri bo’lmish “begonalashuv” jarayonini boshidan o’tqazayotganligi hech birimizga sir emas.
Sakkizinchidan; estetik holatimiz ham maqtagulik emas. CHunki go’zallik masalasida biz o’z mustaqil fikrimizga ega emasligimiz ham jiddiy falsafiy muammolardan biri aslida...


3. Sharq falsafasi.
Sharq mamlakatlaridagi falsafiy tafakkur eramizdan avvalgi VI– IV mingyilliklarda Misr, Suriya, Iroq, Eron, Hind, Xitoy, Markaziy Osiyo xalqlariga xos boʻlgan sivilizatsiyalarni qamrab oladi. Sharq sivilizatsiyasida hech qachon din va falsafa bir-biridan ajratilmagan. Falsafa diniy ta’limot magʻziga joylashgan. Shuning uchun Sharq xalqlari falsafasi, uning qonuniyat va mezonlarini yunon falsafasiga qoʻllangan yondashuvlar sistemasidan kelib chiqib oʻrganish notoʻgʻri boʻladi. Sharqliklarning qarashlari oʻsha davrlar sharoitiga mos boʻlgan, koʻrinishidan sodda asotir va rivoyatlardek tuyulsa-da, ramz va ishoratlarga boy, chuqur ma’noga ega edi. Albatta, asotirlar falsafa emas, ammo ularning sharhi falsafaga xos mantiqiy yondashuvlarga olib kelardi. Ular asosida Sharq xalqlarining bizga noma’lum olamlarni tushunish va talqin qilish harakati mujassamki, bu oʻsha davrlarning falsafasi edi. Buni biz mistika yoki ilohiyot deb atashga odatlanganmiz. Bu ilmni oʻsha tamaddun darajasi va diniy-ilohiy qarashlar sistemasini shakllantirgan shart-sharoitlardan kelib chiqib oʻrganish juda muhimdir.
Qadimgi Sharqning deyarli barcha falsafiy ta’limotlarida ba’zi umumiy xususiyatlar ajralib turadi:

  • insonni ham ijtimoiy, ham tabiiy dunyoga nihoyatda hurmatli va insonparvar munosabatlarga yoʻnaltiradi;

  • insonni oʻzining ichki dunyosini yaxshilashga chorlaydi;

  • insonni ijtimoiy hayotni, tartibni, axloqni, boshqaruvni va boshqalarni yaxshilashga yoʻnaltiradi;

  • tashqi dunyodagi va sharoitdagi oʻzgarish bilan emas, balki birinchi navbatda shaxsning oʻzgarishi va uning jamiyatga moslashishi bilan bogʻliq.

Eramizdan oldingi toʻrtinchi mingyillikning oxiri va uchinchi mingyillikning boshlarida Qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki falsafiy fikrlarning paydo boʻlishi, bir tomondan, dunyo haqidagi fanlar boʻlgan – astronomiya, kosmologiya, matematika birinchi odimlari bilan yaqindan bogʻliq boʻlgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, afsonalar bilan bogʻliq edi.7 Bu davrda din, ilmiy bilim va mifologiya bir-biriga chambarchas bogʻliq boʻlgan dastlabki mafkuraviy gʻoyalar ham shakllandi. Bu – oʻsha davrlardan qolgan yozma manbalarda, xususan, “Xoʻjayinning oʻz quli bilan hayotining mazmuni haqida suhbati”, “Arfist qoʻshigʻi”, “Oʻz hayotidan hafsalasi pir boʻlgan kishining oʻz joni bilan suhbati” kabi bitiklarda yaqqol namoyon boʻlgan. Ularda hayotning, umrning mazmuni, oʻsha davrdagi odamlarga xos tuygʻular bayon qilingan.
Eramizdan avvalgi ikki minginchi yillar boshida Sharq xalqlaridan biri yahudiylarning— iudaviylik dini Falastinda vujudga kelgan. “Zabur” va “Tavrot” kabi muqaddas kitoblar bu dinning asosiy manbalaridan hisoblanadi.
Xitoy falsafasi keng va teran. Konfutsiylikning olamga ochiq va yaxshi munosabatni aks ettiruvchi insonsevarlik gʻoyasiga sodiqlik – bu xitoy millatining eng qimmatbaho sifati, butun xalq qoniga singgan uning koʻtarinki ruhidir. Osmondek cheksiz va daryodek bitmas daocha donishmandlik xitoy millati mavjudligi va taraqqiyoti uchun tuganmas teran manba va doimiy ragʻbatlantiruvchi kuch boʻlib xizmat qiladi.8
Xitoy falsafasining manbalari – Bilim darajasining mumtoz kitoblarida yoritilgan. Ashulalar kitobi (er. oldingi XI–VI asrlar) xalq she’riyatining toʻplamidir; Tarix kitobi (er.ol. 1-mingyillikning boshlari) – rasmiy hujjatlar toʻplami boʻlib, tarixiy voqealar bayonidir; Tartib kitobi (er.ol. IV–I asrlar) siyosiy va diniy rasm-rusumlarni, ijtimoiy va siyosiy faoliyat me’yorlarini tasvirlaydi. Bahor va Kuz kitobi (er.ol. VII–IV asrlar) axloqiy va rasmiy-adabiy masalalarni hal etish uchun namuna sifatida xizmat qildi9.



Qadimgi Xitoy falsafasi boshlanish davri

miloddan oldingi VI–III asrlar

Oʻrta asrlar davri (postklassik)



miloddan oldingi III– milodiy XIX asrlar



Xitoy falsafasi yangi davri

XIX asr oʻrtalaridan – 1919 yilgacha

Xitoy falsafasi eng yangi davri



1919-yildan hozirgacha




Download 344 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling