Sharq falsafasi. G’arb falsafasi


Download 344 Kb.
bet15/35
Sana24.04.2023
Hajmi344 Kb.
#1395297
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Birinchi bosqich e.o. VII asrdan V asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu odatda sokratgacha bo’lgan davr deb ataladi (Sokrat: e.o. 469-399). Bu davrga Milet maktabi, Geraklit, Eley maktabi, Pifagor va pifagorchilar, Empedokl va Anaksigor, qadimgi yunon atomist (Levkipp va Demokrit) lari tegishlidir.
Ikkinchi bosqich taxminan e.o. V asr o’rtalari va IV asr oxirigacha bo’lgan muddatni ifodalaydi. U odatda klassik (mumtoz) davr deb ataladi. Buyuk yunon faylasuflari Sokrat, Aflotun va xususan Arastu ana shu davrda faoliyat ko’rsatadilar, yunon falsafasini yuqori cho’qqiga ko’taradilar.
Uchinchi bosqich ellinistik (yoki ellinik) atalib, e.o. IV-II asrlarni o’z ichiga oladi. CHuqur falsafiy mazmundor tizimlarning yuzaga kelishi bilan bog’langan klassik davrdan farqli o’laroq bu davrda bir qator falsafiy maktab (peripatetiklar, Aflotun akademiyasi, stoiklar va epikureylar maktabi, skeptitsizm)lar yuzaga keladi. Teofrast va Epikur bu davrning yirik namoyandalari bo’lgan. Bu maktablarning barchasi uchun umumiy xususiyat shundan iborat ediki, ular Aflotun va Arastuning ta’limotlarini izohlashdan etika muammolariga o’tadilar, skeptitsizm va stoitsizmning talqkinchilariga aylanadilar.
Antik falsafa taraqqiyotidagi to’rtinchi bosqich (e.o. I asr - milodning V-VI asrlari) shunday davrga to’g’ri keldiki, endilikda antik zamonda Rim hal qiluvchi rol o’ynay boshlaydi, hatto, YUnoniston ham uning ta’siriga tushib qoladi. Rim falsafasi yunon, xususan, ellinizm davri falsafasi ta’sirida shakllanadi. Rim falsafasida uchta yo’nalishni alohida ko’rsatish mumkin: stotsizm (Seneka, Epiktet, Mark Avreliy), epikureizm (Tit Lukretsiy Kar), skeptitsizm (Sekst Empirik).
III-V asrlarda Rim falsafasi yirik namoyandalari Aflotun hisoblangan neoplatonizm yuzaga keladi va rivojlanadi. Neoplatonizm nafaqat ilk xristian falsafasiga, shu bilan birga butun o’rta asr diniy falsafasiga kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Endi antik falsafa taraqqiyoti bosqichlari shakllanishi va rivojlanishida faollik ko’rsatgan mutafakkirlarning ba’zi birlari bilan tanishib o’taylik.
Birinchi asos g’oyasi Milet maktabi namoyandalari Fales (e.o. 625-547), Anaksimandr (e.o.610-546), Anaksimen (e.o. 585-524) va Geraklit (e.o. 544-480) tomonidan ilgari suriladi.
Milet falsafiy maktabi faylasuflari birinchi ibtidoni tabiat bilan bog’liq yagona mohiyat sifatida tushunganlar. Boshqa narsa emas, tabiatning o’zi butun mavjudlikning sababchisidir, degan xulosani berganlar.
Birinchi ibtido mifologiyadan falsafiy dunyoqarash tizimiga o’tib, umumiylikni nazarda tutar edi. Dastlabki davrlarda bu ibtido eng umumiy tushuncha ko’rinishida emas, balki yaqqol shaklda tasavvur qilinadi: Fales bunday ibtidoni - suv, Anaksimen - havo, Geraklit - olov deb hisoblaydi. Suv, havo, olov umumiylikning ramzi sifatida e’tirof etiladi. Bular oddiy jismlar bo’lmay, shu bilan birga ilohiylikni ham bildiradi. Geraklitning olovi shunchaki o’t emas, balki yaratuvchi - olov - mangu va ilohiy kosmik olov edi.
Fales qadimgi dunyoning yetti donishmandidan biri va Milet maktabining asoschisi bo’lib, har tomonlama bilimli, geometrik teoremalarni isbot qilgan, Qutb YUlduzini kashf etgan, e.o. 585 yili Quyoshning tutilishini bashorat qilgan; yilni 365 kun, har bir oyni 30 kundan iboratligini ko’rsatgan mutafakkir bo’lgan. U rang-barang butun borliqning asosiga Suvni qo’yadi: Suv - mavjudlikning ham ibtidosi, ham intihosi.
Uning quyidagi hikmatli so’zlari mashhur: «Butun borliqning eng qadimgisi - Hudodir, chunki u tug’ilmagan»; «Olam Hudo tomonidan yaratilganligi uchun hamma narsadan go’zaldir»; «Vaqt hamma narsadan donishmanddir, chunki u barcha narsaning nimaligini ko’rsatib beradi»; Undan so’radilar: «Olamda nima murakkab?» - «Boshqalarga maslahat berish» va h. k.
«Baxtsizlikni qachon yengib o’tish mumkin? - Dushmaning uchun o’ta qiyinroq holat sodir bo’lganini ko’rganingda».
Falesning shogirdi bo’lgan Anaksimandr butun borliqning birinchi asosini apeyron (aniqlab bo’lmaydigan, cheksiz abstrakt modda) tashkil etadi, deb hisoblaydi. Apeyron faol, hamisha harakatda bo’ladi; bir xil narsa larning o’lishi boshqalarning tug’ilishiga olib keladi. YAgona apeyron qarama-qarshilik (sovuq va issiq)larga ajraladi. Olam sovuq va issiq kurashi tufayli yuzaga keladi. YUnon mutafakkirlaridan birinchi bo’lib, Anaksimandr inson va hayvonlarning kelib chiqishi haqidagi masala bilan qiziqadi. U yerning yumaloqligini, Oy aks ettirilgan yorug’lik tufayli nur sochishini hayol qiladi.

Download 344 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling