Sharq falsafasi. G’arb falsafasi


Download 344 Kb.
bet12/35
Sana24.04.2023
Hajmi344 Kb.
#1395297
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Yusupov Erkin (1929–2003). Akademik Erkin Yusupov 1929 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, falsafa fanlari doktori (1966), professor, Rossiya Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi (1991),
N.K. Krupskaya nomli Moskva viloyati pedagogika institutini tamomlagan. 1983–1985-yillar Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti raisi, qator yillar Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Vise Prezidenti, Toshkent davlat universiteti rektori vazifalarida faoliyat koʻrsatgan. Akademik Erkin Yusupov Oʻzbekistonda falsafa fani rivojiga katta hissa qoʻshgan taniqli olim, katta davlat va jamoat hamda fan arbobi boʻlgan, falsafa, madaniyat nazariyasi sohasida 500 dan ortiq ilmiy, oʻquv-metodik kitoblar, monografiyalar, maqolalar chop etgan va koʻplab olimlar yetishtirgan.
Valiyev Abdulxay Qosimovich (7.01.1929–7.11.2002). Taniqli faylasuf olim, falsafa fanlari doktori (1967), professor (1969), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), Berunyi nomidagi Davlat mukofoti sovrindori (1992), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000).
Abdulxay Qosimovich Valiyev 1929-yili Toshkent shahrida koʻp bolali xizmatchilar oilasida tavallud topgan, 1952-yili Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) huquqshunoslik fakultetini bitir- gan, 1956-yilda tarix boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini, 1967- yilda falsafa boʻyicha doktorlik dissertastiyasini yoqlagan, 1969-yili profes- sor ilmiy unvoniga va 2000-yili Akademik darajasiga ega boʻlgan.
Olimning ilmiy tadqiqot yoʻnalishi ijtimoiy falsafa sohasiga tegishli boʻlib, jamiyatda ziyolilarning roli, ularning mavqeini oshirish masalalariga bagʻishlangan.
Xayrullayev Muzaffar Muxitdinovich (1931–2004). Taniqli faylasuf olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, falsafa fanlari doktori, professor.
M.Xayrullayev sharq falsafasi, xususan Forobiyning ilmiy falsafiy qarashlari boʻyicha yirik tadqiqot olib borgan, oʻziningg ilmiy asarlari bilan butun dunyoga Forobiyshunos olim sifatida tanilgan, koʻp yillar Falsafa va huquq instituti, Sharqshunoslik qoʻlyozmalar instituti direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan, koʻplab shogirdlar etishtirgan.

Download 344 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling