Sharq falsafasi. G’arb falsafasi


MOʻMINOV Ibrohim Moʻminovich


Download 344 Kb.
bet11/35
Sana24.04.2023
Hajmi344 Kb.
#1395297
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

MOʻMINOV Ibrohim Moʻminovich (1908.7.9, hoz. Shofirkon tumani Tezguzar qishlogʻi — 1974.22.7, Toshkent) — faylasuf olim, jamoat arbobi, Oʻzbekiston FA akademigi (1956), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1959), falsafa fanlari doktori (1950), professor (1950). Buxoro bilim yurtida oʻqigan (1925–27). Samarqand Pedakademiyasining ijtimoiy-iqtisodiy fakultetini tugatgan (1931), shu yerda oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Pedakademiya Oʻzbekiston unversi- tetiga aylantirilgach, filologiya, keyinchalik tarix fakulteti de- kani, kafedra mudiri (1933–55). 1955–56 yil larda Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti direktori. 1956 yildan akademiyaning vise prezidenti, Oʻzbekiston FA Falsafa va huquq instituti direktori (1958–59), Oʻzbekiston «Bilim» jamiyati boshqaruvi raisi (1958– 1974), Oʻzbek sovet ensiklopediyasining birinchi bosh muharriri (1968
–1974).
Moʻminovning ilmiy faoliyatiga shoʻrolar mustabid tuzumi oʻz ta’sirini koʻrsatgan boʻlsada, biroq, uning tadqiqotlari markazida Sharq, xususan, Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy-falsafiy hamda tabiiy-ilmiy fikrlari muammolari turganligi natijasida, alloma fal- safaning oʻta siyosiylashuvini, uni hukmron kommunistik mafkura xiz- matiga tamomila boʻysundirish xurujlarini chetlab oʻtish imkoniyatiga ega boʻldi. U Navoiydan tortib, Ahmad Donishgacha boʻlgan yirik mutafakkirlar ijodini tahlil qildi. Ayniqsa, Bedil ijodini chuqur oʻrganib, uning merosini tushunishni ancha yengillashtirdi. Moʻminov- ning «Amir Temurning Oʻrta Osiyo tarixida tutgan oʻrni va roli» asari (1968), umuman Amir Temur shaxsini ilmiy oʻrganish tashabbusi bilan chiqishi olimning ilmiy jasorat va yuksak vatanparvar- lik fazilatining yorqin ifodasi boʻldi. Moʻminov Gʻarb falsafasini, rus mutafakkirlari ijodini ham oʻrgandi. Gegel dialektikasining ratsional magʻzini koʻrsatib berdi.
Domla Ibrohim Moʻminov Oʻzbekistonda ilm-fanning yirik tashkilotchisi. U, ayniqsa, ijtimoiy fanlarni rivojlantirishga — yangi tadqiqot muassasalarini tashkil etish, ilmiy kadrlar tayyorlashga katta hissa qoʻshdi, uning rahbarligida turli fan sohalari boʻyicha yirik asarlar nashr etildi, Oʻzbekistonda falsafa maktabiga asos soldi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti sovrindori (1967).
TULENOV Jondor (1928.12.1, Turkiston viloyatining Sayram tumani — 2002.29.12, Toshkent) —taniqli faylasuf olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsat- gan fan arbobi (1978). Falsafa fanlari doktori (1962), professor (1963). ToshDU huzuridagi ijtimoiy fanlar oʻqituvchilarining malakasini oshirish instituti professori (1971–72). 1972-yildan Toshkent pedagogika instituti falsafa kafedrasining mudiri, 1977–1985-yillarda ushbu institutning ilmiy ishlar boʻyicha prorektori. Ilmiy ishlari dialektika, bilish nazariyasi, ijtimoiy falsafa masalalariga bagʻishlan- gan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat muko- foti sovrindori (1981). «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan (1994), koʻplab shogirdlar yetishtirgan. Asosiy asarlari: Hayot falsafasi (1993); Qadriyatlar falsafasi (1997); Ma’naviyatimizning hayotbaxsh qudrati (1999); Falsafiy madaniyat va ma’naviy kamolot (2000); Dialektika nazariyasi (2001).

Download 344 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling