Sharq falsafasi. G’arb falsafasi
-chizma. Xitoy falsafasi rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari
Download 344 Kb.
|
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI
2.2-chizma. Xitoy falsafasi rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari.Binobarin, jamiyatdagi barcha harakatlar unga binoan amalga oshishi lozim. Tartib — insoniyat jamoasining eng oliy hayotiy qadriyatlaridan biridir. Konfutsiyning ta’kidlashicha, shaxs faqat oʻzi uchun emas, balki jamiyat uchun ham yashashi kerak. Qadimgi Xitoy falsafasidagi yana bir yoʻnalish – daosizmning asoschisi Lao Szi (era ol. VI–V) hisoblanadi. Daosizmning asosiy gʻoyasi Dao ta’limoti (yoʻl) – bu tabiat, jamiyat, shaxsning xulq-atvori va tafakkurining koʻrinmas, hamma joyda mavjud, tabiiy va oʻz-oʻzidan paydo boʻlgan qonunidir. Inson oʻz hayotida Dao tamoyiliga amal qilishi shart, ya’ni. uning xulq-atvori inson va olam tabiatiga mos kelishi kerak. Agar siz Dao tamoyiliga rioya qilsangiz baribir toʻla erkinlik, baxt va farovonlikka erishasiz.11 Qadimgi hind falsafasi yozma manba Vedalar asosida oʻrganiladi, ular bir vaqtning oʻzida mifologik, diniy va falsafiy dunyoqarashni aks ettiradi.12 Vedalar - samxitlar – toʻrt xilda mavjud: Rigveda (xudolarga madhiya), Samaveda (kuylar, ashulalar, hamdu sano), Yadjurveda (qurbonlik qilish paytida aytiladigan ifodalar va hikmatli soʻzlar) va Atxarveda (afsunlar). Vedalar oriy qabilalarining ibtidoiy dunyo- qarashlari, diniy-afsonaviy majmuasi. “Veda”larning falsafiy qismini “Upanishadalar” (ma’nosi – sirli bilim) tashkil etadi. “Upanishada- lar”dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni oʻrab turgan borliq, uning hayotdagi oʻrni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruhiyatining mohiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq me’yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtayi nazardan bayon etilgan. Qadimgi hind falsafiy maktablar ikki guruhga: astika va nastikaga boʻlingan. Vedanta, sankxya, yoga, vaysheshika, n’yaya va mimansa — astika guruhiga kiruvchi falsafiy maktablar. Ushbu maktablarning tarafdorlari “Veda”ning muqaddasli- gini tan olib, birdan-bir haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm — nastika guruhiga kiradi. Hinduizm nomi bilan mashhur boʻlgan gʻoyalar, ma’naviy, diniy va ijtimoiy fanlarni oʻz ichiga olgan hind falsafiy fikr maktablari, shu bilan birga jaynizm va buddizm paydo boʻlgan, ammo ular bu qadimiy ta’limotni organik ravishda toʻldirgan. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha boʻlgan davr mahsuli boʻlgan diniy-falsafiy ta’limotlardan biri zardushtiylikdir. Bu ta’limotga Zardusht asos solgan. Zardushtiylikning bosh kitobi “Avesto”. Unda qadimgi xalqlarning dunyo toʻgʻrisidagi tasavvurlari, oʻziga xos qadriyat va urf-odatlari aks etgan. Unda olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari – yaxshilik va yomonlik, yorugʻlik va zulmat, issiqlik va sovuqlik, hayot va oʻlim borasidagi qarashlar oʻz ifodasini topgan. “Avesto”da, shuningdek, tabiat falsafasi, tarix, etika, tibbiyotga oid ma’lumotlar ham berilgan. Sharq falsafasida diniy-falsafiy ta’limot sifatida shuhrat qozongan buddaviylik qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi VI asrning oxiri va V asr boshlarida vujudga kelgan. Buddaviylik islomga qadar Oʻrta Osiyoda tarqalgan qadimgi dinlar orasida mavqe jihatidan juda katta oʻrin tutadi. Bu ta’limot Oʻrta Osiyoga eramizdan avvalgi II–I asrlarda kirib kelgan. Kushonlar davrida buddaviylik dini hukmron dinga aylangan edi. Moniy ta’limoti yurtimizda buddaviylikdan keyin keng tarqalgan edi. U zardushtiylik va xristianlikning sintezlashuvi natijasida vujudga kelgan. Moniylik ta’limoti asosida Mazdak ta’limoti yuzaga kelgan. U eramizning V–VI asrlarida keng tarqalgan edi. Uning asoschisi Mazdak (470–529-yillar) boʻlgan. Mazdak va uning maslakdoshlari oʻz qarashlarida xalq ommasiga suyangan. Mazdakiylar harakati, eramizning VI asrida bostirilganiga qaramay, turli mamlakatlarda muayyan darajada davom etgan. Oʻrta Osiyoda Muqanna, Ozarbayjonda Bobak boshliq dehqonlar va shahar kambagʻallarining zulmga qarshi kurashlari bunga misol boʻladi. VIII asrning boshlarida Markaziy Osiyoga Islom dini kirib keldi. U VIII–IX asrlar davomida Xuroson va Movarounnahrda zardushtiylik, moniylik, buddaviylik kabi dinlarni siqib chiqarib, ularning oʻrnini egallay boshladi. Islom dini dunyoqarash sifatida keng tarqala borishi bilan birga, asta-sekin uning nazariy, falsafiy, huquqiy, adabiy kabi tomonlarini ishlab chiqishga e’tibor kuchaygan. Qur’on (arabcha qara’a oʻqimoq) musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi boʻlib, ular uni eramizning VII asrda Muhammad paygʻambar tomonidan yetkazilgan ilohiy vahiy, deb tan oladilar. Qur’on 114 suraga boʻlingan boʻlib, suralarning uzunidan qisqa tomonga borishi tartibida tuzilgan. Ma’lumki, Qur’on islom qonunchiligining asosidir. Hadislar esa, uning murakkab joylarini qisqacha tushuntirib, yangi qirralarini ochib, uni toʻldiradi. Hadislar – Muhammad (s.a.v.) nasihatlari ham boʻlib, musulmonlarni hayotning barcha sohalariga yoʻnaltiradi. Hadislar ishonchli deb faqat shundagina tan olinishi mumkin ediki, uni rivoyatqiluvchilar zanjirining barcha boʻgʻinlari aniqlangan boʻlsa, hadislar toʻplamining eng ishonchlisini bizning vatandoshimiz imom va al- Buxoriy yozgan. Qadimgi Hind falsafiy maktablari Download 344 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling