Sharq falsafasi. G’arb falsafasi


Download 344 Kb.
bet3/35
Sana24.04.2023
Hajmi344 Kb.
#1395297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Birinchidan, borliqning eng umumiy masalalarini tadqiq etish. Bunda borliq muammosi universal ma’noda tushuniladi: borliq va yo’qlik; moddiylik va ideallik; tabiat, jamiyat va inson borlig’i. Borliq to’g’risidagi falsafiy ta’limot ontologiya (ontos - mavjudlik, logos - ta’limot) nomini oldi.
Ikkinchidan, bilishning eng umumiy masalalarini tahlil etish.Olamni bilish mumkinmi, mumkin emasmi; bilishning imkoniyatlari, usullari, metod va maqsadlari; bilishning mohiyati nimada, haqiqat nima; bilishning ob’ekti va sub’ekti qanday ma’noga ega h.k. Bilish to’g’risidagi falsafiy ta’limot gnoseologiya (gnozes - bilim, logos - ta’limot) nomini oldi.
Uchinchidan, jamiyat mavjud bo’lishi va rivojlanishining eng umumiy masalalari. Sirtdan bu masala borliq to’g’risidagi ta’limotda o’z aksini topadi. Modomiki, jamiyat shaxs taraqqiyotiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatar ekan, uning sotsial sifatlarini shakllantirar ekan, shu bois falsafada bu sohani alohida ajratib ko’rsatish mantiqan to’g’ridir. Falsafada ijtimoiy hayotni tadqiq etadigan soha ijtimoiy falsafa (sotsial falsafa) deb ataladi.
To’rtinchidan, insonning eng umumiy va muhim masalalarini o’rganish.Binobarin, inson falsafiy donishmandlikning asosi va so’nggi nuqtasi bo’lganligidan uni maxsus o’rganish taqozo qilinadi. Hayotda mavhum ruh emas, balki konkret inson ijod qiladi, harakat qiladi. Inson falsafasi falsafiy antropologiya deb ataladi.
Demak, falsafa borliqning, bilishning hamda inson bilan olam o’rtasidagi munosabatlarning eng umumiy tamoyillari to’g’risidagi ta’limotdir. SHuning uchun ham falsafiy nazariyaning o’ziga xos tomoni shundaki, uning qonunlari, kategoriya va prinsiplari eng umumiy xarakterga ega bo’lib, tabiat, jamiyat, inson va tafakkur hodisalariga nisbatan qo’llaniladi


2. Falsafiy dunyoqarashning jamiyat rivojidagi roli.

SHuni alohida ta’kidlash lozimki falsafaning asosiy o’rganish predmeti bu shubhasiz dunyoqarashdir. Uning to’rt tarixiy shakli bo’lib bular: mifologik, diniy, falsafiy va ilmiy dunyoqarashdir. Demak bundan “har qanday falsafa dunyoqarashdir” degan mantiqiy xulosa kelib chiqadi. Uning predmetining chegarasizligidan kelib chiqqan holda ayrim falsafashunos olimlar falsafa fan emas dunyoqarashdir va yoki t’limot degan da’vo bilan chiqadiganlar ham yo’q emas. Ularning fikricha falsafani fan kabi konkret kriteriyalarga va yoki qonunlarga asoslanib (mantiq ilmidan tashqari albatta) o’rganib bo’lmaydi.


Dunyoqarash olamga va unda insonning o’rni, kishilarning o’z atrofidagi voqelikka va o’z-o’ziga nisbatan qarashlari tizimi bo’lib, unda bilimlar, e’tiqodlar, kayfiyatlar, intilishlar, orzular, qadriyatlar, me’yorlar, ideallar va h.k.lar uyg’un tarzda ishtirok etadi.
Demak, dunyoqarash insonning olamga munosabatini belgilaydigan, uning xulq-atvorini yo’naltiradigan va tartibga solib turishda namoyon bo’ladigan qarashlar, baholar, meyorlar va maqsadlar yig’indisidir.
Insoniyat dunyoqarashining eng ibtidoiy shakli bu mifologik dunyoqarash bo’lib, unga falsafa qomusiy lug’atda qo’yidagicha tarif berilganligini ko’rishimiz mumkin.MIF (yun. mifhos — afsona, rivoyat, xikoyat) — ibtidoiy davr kishilari ongi va tushunchasida in-son, tabiat, jamiyat va koinotning paydo bo’lishi b-n bog’liq voqealar, shuningdek, tabiat va jamiyat hodisalarining aks etishi. Miflar va marosimlar ibtidoiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismlari hisoblanib, ular o’z navbatida nazariya bilan amaliy tajribalarning yaxlitligini o’zlarida mujassamlashtiradi. Miflar dunyoni g’ayritabiiy obrazlar orqali tasavvur etadigan diniy dunyoqarashning ham dastlabki ko’rinishi bo’lib, u esa kishilarda abstrakt tafakkurning, fantaziyaning shakllanayotgan-ligidan darak beradi”.3 Lekin shunga qaramay unga bo’lgan munosabat davr paradigmasidan kelib chiqib har xil bo’lgan. Masalan antik va o’rta asrlar faylasuflari mifga ijobiy ko’z bilan qarab o’zlarining konsepsiyasi ichiga singdirib yuborgan bo’lsalar (Aristotelning fikricha Mifni yaxshi ko’rgan odam muayyan ma’noda faylasufdir, zero falsafa hayratlanishdan boshlanadi), yangi davr vakillari xususan fransuz ma’rifatparvarlari uni inkor qilishga harakat qilgan, romantizm tarafdorlari esa o’z zamondoshlaridan farqli ularoq unga xalqlar ma’naviy taraqqiyotining tamal toshi sifatida qaraganlar. YUqoridagi qarashlarning qaysi biri to’g’ri bo’lishidan qat’iy nazar, miflar shunchaki yaratilmaganligi u xalqlarning orzu-havaslarining natijasi ularoq paydo bo’lganligi va yoki olamni anglashdagi sinkretik dunyoqarashligi, eng asosiysi esa inson tafakkurining eng oliy darajadagi ijod mahsuli ekanligi hozirda bizlarga ma’lum. To’g’ri miflarda keltirilgan dalillarni balki laboratoriyada isbotlashning hozircha imkoni yo’qdir, shunga qaramay undan juda ko’plab dalillar topsa bo’ladi. Xususan “f.f.d., xalqaro informatsiya almashuvi hamda tabiatshunoslik fanlari Akademiyasining haqiqiy a’zosi P.S.Gurevichning fikricha Mif qandaydir mavhumiyat va yoki adashuv emas. Mif reallikni abstrakt tahliliy o’zlashtirishga nisbatan, inson borlig’i manba’lariga ko’proq yaqin ekani haqidagi tahminlar tug’ilgan. Ko’pchilik tadqiqotchilar mifga haqiqatda sodir bo’lgan hodisalarning shifrlangan holda bayon etilishi deb qaray boshladilar”4 Zero insoniyat 100% to’qima obrazlar yaratishga qodir emas. U faqatgina to’qima obrazlar yaratishda turli hayotiy jarayonlardan ya’ni, ko’rgan va bilgan narsalaridan nusxa ko’chirishgagina qodir. SHuning uchun ham u yaratgan buyumlardan tortib to badiiy asarlarigacha hamma-hammasini hayotda prototipini uchratish mumkin. SHunday bo’lsa ham mifologik asarlar yozish juda katta mashaqqatni va yuksak tafakkurni talab qiladi. SHu boisdan ham mifologik ruhdagi asarlarni o’qib ko’plab innovatsion g’oyalarga ega bo’lish mumkin deb uylovchi xalqlar, bunday asarlarni o’qib charchamaydilar. Buning yaqqol isboti sifatida biz zamonamizning eng mashhur mifologik asarlaridan bo’lmish “Garri Poter” haqidagi obrazlarni keltirishimiz mumkin. Bu asarlar shunchaki uydurmalardan iborat bo’lmasdan, ayni vaqtda undan insoniyat o’z dunyoqarashini kengaytirishga va innovatsion tafakkurni shakllantirishda foydalanib kelmoqda. SHu sababli ham bu asar dunyoda eng ko’p sotilgan kitob (bestseller) sifatida e’tirof etiladi. Undan qanchalik foydalana olish esa albatta millat ruhi va saviyasiga bog’liqdir.
Mif va fan integratsiyasi rivojlanishi hozirda hattoki XXI asr astronom olimlarni ham unga murojaat qilishga olib keldi. Sababi yaqindagina Orbita.uz saytining ma’lumot berishicha Gomer o’zining “Odisseya” dostonida YUnonistondan ko’rinadigan yulduzlar haqida qiziq gaplarni ( hozirgi fan tili bilan aytganda faktlarni) yozib qoldirgan ekan. Xususan, u Katta Ayiq yulduzi haqida so’z yuritgan o’rinlarda “Hech qachon dengiz to’lqinlarida cho’milmaydigan yulduz”5 deb badiiy ta’rif beradi. Uning aytishicha Katta Ayiq yulduzlari hech qachon gorizontdan botmas ekan, ya’ni, YUnonistonni o’rab turgan dengizdagi gorizont ortiga yashirinmas ekan. Gomer zamonasida YUnonistonda Katta Ayiq yulduzi haqiqatan ham botmagan. Zamonaviy hisob-kitoblarga ko’ra, bundan 3000 yil muqaddam Katta Ayiq yulduzi 400 shimoliy kengliklarda gorizontga 110 dan yaqin kelmagan ekan. YA’ni, u haqiqatan ham u YUnonistonning “dengiz to’lqinlarida cho’milmagan”. Demak, hozirgi zamonaviy astronomik laboratoriyalarning faktlariga ko’ra Gomer adashmagan. SHunga uxshash misollarni zamonaviy fan dunyosidan ko’plab keltirish mumkin. Bu bilan biz mifga faqatgina to’qima obrazlar majmui emas, balki o’rganishga arziydigan va o’z zamonasining sinkretik dunyoqarash mahsuli sifatida qarashga chorlamoqchimiz xolos.
Diniy dunyoqarash mifologiya negizida shakllangan va rivojlangan, voqelikning kelib chiqishi, rivojlanishi, istiqbolini xayoliy obrazlar, tasavvurlar va tushunchalarda aks ettiruvchi dunyoqarashdir”6. YA’ni bora-bora diniy dunyoqarash bilan qorishib ketgan mifologik qarashlar, insoniyat ustidan hukmronlik qilishga o’rinib ko’rdi. Buning sababi ularning endi sinkretik fikrlarga ega emasligida edi desak xato bo’lmaydi bizningcha. Endilikda ular dunyoni ikkiga ya’ni, U dunyo va Bu dunyoga bo’lib anglashga chorlay boshladilar. Natijada bu jarayon shu darajaga borib yetdiki, endilikda ularning o’zlari ham bir necha guruhlarga bo’linib ketishdi. Bu bo’linishlarning asosida esa bir xil bo’lmagan dunuyoqarashlar yotardi. Bir so’z bilan aytganda bir e’tiqod doirasidagi din vakillari endi U dunyo va Bu dunyo, Xudo masalasida bir xil qarashga ega bo’lmay qolishdi. Masalan hozirgi kunda dunyo buyicha eng katta kontingentga ega bo’lmish xristianlik dini 1054-yilda ikki oqimga ya’ni katolik va pravoslavga bo’linadi. Ushbu bo’linishning sababi esa ularning “Muqaddas Ruh-Xudo” haqidagi ikki xil qarashlari edi xolos. “Islomdagi aqidaviy yo’nalishlar soni tarixiy manbalarda turlicha berilgan. Ulardan eng asosiy va mashhurlari-sunniylik, qadariya, murjia, jabariya,xorijiya, mo’’tazila va shia kabilar”.7 Ushba adabiyotda yana qo’yidagi fikrlarni uchratishimiz mumkin; “Ulamolar najot topuvchi yo’nalish bu “Ahli Sunna val-Jamoa” ekaniga ittifoq qilishgan”.8 Bir so’z bilan aytganda bo’lindimi, tamom, inson ongini endi, qaysi biri birlamchi,tug’ri yo’l degan savol qamrab oladi.
Mana shu savollardan kelib chiqib dunyo yuzini ikki yirik oqim materializm va idealizm degan izmlar ko’ra boshladi. Bu izmlarning insoniyatni boshqarishga bo’lgan mayillari, insoniyat boshiga juda ko’plab kulfatlarni soldi. Antik yunon klassik faylasufi Platongacha idealistik va materialistik g’oyalar faylasuflar tomonidan o’zaro birlikda berilgan bo’lsa. Platonga kelib bo’linish sodir bo’ldi. YA’ni u idealizmning ilk namoyandasi sifatida falsafaga “G’oyalar olami” degan tushunchani olib kiradi. G’oyalar olamini Platon barcha narsalarning ibtidosi, moddiy olam-ni esa, uning mahsuli deb biladi. Uningcha, real jismlar g’oyalar olamining aksidir. Uning shu kabi fikrlarini mutloqlashtirish natijasida bu yo’nalish vakillari keyinchalik boshqacha fikrlaydigan insonlarga dushmanona ko’z bilan qarab, ularga qarshi ochiqchasiga urush e’lon qiladi. YUqoridagi bir qarashda unchalik xavfli bo’lmagan ikki va undan ko’p dunyoqarash egalari, minglab odamlarning yostig’ini quritgani esa, hech kimga sir emas.Bu urushda avvaliga idealizm va keyinchalik materializm o’rin almshtirib turganligi falsafa tarixidan bizlarga ma’lum. Platon va uning tarafdorlari qarashlarini keyinchalik o’rta asrlardagi teologiya ta’limotiga keng qullanilishi natijasida ming yillik sxolastika davri yuzaga keladi. Bu davr esa materialistik qarashlarni ta’qib ostiga olib, natijada inqirozga uchradi. Agar ushbu ming yil bo’lmaganida hozirgi texnika asri XI asrda bo’lib, hozirgi asrni texnika rivoji jihatdan tasavvur qilish qiyin bo’lar edi. Xullas o’rta asrlar fanning oyoq-qo’lini bog’lab, uning yuksalishini ming yilga kechiktirdi. Bu natija albatta mutaasiblarga tegishli edi. Diniy ortodoksallar idealizmni mutlaqlashtirish natijasida uni barcha sohalarga qullashdilar. Hattoki aniq va tabiiy fanlarga ham. Buni yaqqol isboti sifatida geotsentrik (yun. geo-Ep va lot. centram — markaz) nazariyani keltirishimiz mumkin. CHerkov shu darajada mutaasib ediki fan geliotsentrik sistema (yun. helios—Quyosh va lot. centram — markaz) haqida 1600 yilda qarorga kelgan bo’lishiga qaramay Vatikan Papasi bu nazariyani 1992-yilga kelibgina rasmiy tan oldi. YUqoridagi “jinoyat”lar faqatgina g’arbiy mamlakatlar “e’tiqod” vakillarigagina tegishli emas, balki, SHarqona “e’tiqod” sohiblariga ham birdek tegishlidir. G’arb o’rta asr mutaasiblari, SHarq mutaasiblaridan farqli ravishda e’tiqodda ratsional bilimlarni mutlaq inkor etmasdan, uning jamiyat hayotidagi rolini e’tirof etib o’tdilar. Xususan Avgustinning fikricha “ayrim nozil bo’lgan haqiqatlarni tafakkur yordamida tushunib yetish mumkin, ayrim haqiqatlar esa insonning aql idrokidan yuqori turadi. SHu bilan bir vaqtda, biron-bir e’tiqodga doir haqiqat, agar undan tug’ri foydalanilsa, oxir natijada aqlga zid bo’lmaydi.”9
Bu kurashlarga qarama-qarshi ularoq ikkala mintaqada turli tarixiy davrlarda o’yg’onish davri boshlandi. Ushbu davr vakillari esa fanning imkoniyatlarini zamona “dindor”lariga tushuntirishga o’rinib yashadilar. Hattoki o’z jonlarini garovga qo’yib bo’lsa ham. Ular falsafa faqatgina teologiyaga xizmatkor sifatida emas, balki ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga ham xizmat qilishi kerak deb hisobladilar. Xususan o’yg’onish davrining yirik figuralaridan biri bo’lmish Jordano Brunoning fikricha, falsafaning maqsadi g’ayritabiiy Xudoni emas, “narsalarga aylangan Xudo”ni, ya’ni tabiatni o’rganishdan iboratdir. Ushbu davr faylasuflari o’zlarining geliotsentrik nazariyasi bilan cherkovning ortodoksiyaga asoslangan bilish tizimiga birinchi zarbani bergan bo’lsalar, o’zining emperizm va yoki induktiv metodi bilan yangi davr vakili F.Bekon ikinchi hal qiluvchi zarbani yo’lladi. CHunki mistik va yoki abstrakt bilimlarni induktiv metod bilan o’rganib bo’lmas, shu bilan birga tajriba asosida isbotlashning ham iloji yo’q deb o’yladi. Buning natijasida ilmiy dunyoqarash davri boshlandi. Bu esa materializm davrining boshlanishi edi. Bu davr (dunyoqarash) ham o’zidan oldingi dunyoqarashlar davrining an’analarini davom ettirgan holda yakka hukmronlikka o’rina boshladi va bunga erishdi ham. Bu davrning mahsuli sifatida hozirgi global muammolar yuzaga keldi. Uni yechimi sifatida esa materializm vakillari endi idealizm bilan integratsiyalashish kerakligini ta’kidlab o’tmoqdalar.

Download 344 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling