Sharq falsafasi. G’arb falsafasi
Download 344 Kb.
|
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Materializm) Ba’zi mutafakkirlarning fikricha, substansiya - bu mavjudlikning asosi bo’lgan mutloq g’oya, ruh yoki sub’ekt ongidir (Idealizm) .
- (Dualizm) .
- ( S xolastika).
- Monizm
Falsafiy dunyoqarash. Dastavval “filosofiya” tushunchasi keng ma’noda insoniyat tomonidan to’plangan nazariy bilimlarning yig’indisini bildirgan.
Falsafa - umuman olamga, unda insonning o’rni, insonning insonga munosabatini ifodalaydigan umumnazariy qarashlar tizimidir. SHunday qilib falsafa dunyoqarashni bilimlar shaklida namoyon etadi va tizimga soladi. Bu narsa falsafa bilan fanni bir-biriga bog’lovchi muhim haqiqatdir. Voqelikni falsafiy o’zlashtirishning muhim bir tomoni substansionalizm hisoblanadi. (lot. “substansiya” - asosda turadigan mohiyat degani). Substansiya borliq, tabiat, jamiyat, inson va bir butun olamdagi barcha narsa-hodisalarning asosini tashkil etadigan birlamchi narsadir. U moddiy yoki ruhiy shaklda bo’lishi mumkin. CHunonchi, qadimgi olimlarning bir guruhi moddalarning biron-bir turini, masalan, suv, havo, atom va shunga o’xshaganlarni ana shunday tarzda izohlaganlar. (Materializm) Ba’zi mutafakkirlarning fikricha, substansiya - bu mavjudlikning asosi bo’lgan mutloq g’oya, ruh yoki sub’ekt ongidir (Idealizm). Aflotun substansiya deganda g’oyalarni nazarda tutadi. Nemis olimi Kant nazarida, substansiya tajriba bergan ma’lumotlarni umumlashtiruvchi tafakkurning aprior shaklidir. Gegel “mutloq g’oya”ni substansiya deb qaraydi. Dekart esa substansiya masalasini ko’rib chiqqanda dunyoning negiziga ham materiyani, ham ruhni qo’ygan (Dualizm). Falsafa tarixida dastlabki vaqtlarda substansiya hamma narsani tashkil etadigan modda deb tushunilgan. O’rta asr SHarqida substansiya Al-Kindiy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd asarlarida moddiy asos, mohiyat sifatida talqin etilgan. Keyinchalik butun koinotning asosida turgan substansiya xudoning maxsus nishonasi deb tushuniladi (Sxolastika). Biroq falsafiy tafakkurning xarakterini yoritishga xizmat qiladigan umumiy muammolar ham mavjud. Ular ichida quyidagilar: “Nima birlamchi: ruhmi yoki materiya, ideallikmi (ma’naviylik) yoki moddiylikmi?'' - degan muammo asosiylardandir. Borliqni umumiy tushunish bu masalani hal etishga bog’liqdir. Boshqacha aytganda, borliqda moddiylik va ideallikdan tashqari hech narsa yo’q, uni turlicha hal etishdan materializm,idealizm va yoki ularning ikkalasini ham birlamchi deb biluvchi dualizm degan yirik falsafiy yo’nalishlar kelib chiqqan. Nemis faylasufi F.SHlegel (1772-1829) shunday yozgan edi: “Materializm hamma narsani materiyadan kelib chiqib tushuntiradi, izohlaydi, uni butun narsalarning qandaydir ibtidosi, manbai sifatida idrok etadi... Idealizm hamma narsani ruhdan keltirib chiqaradi, materiyaning paydo bo’lishini ruhdan kelib chiqqan, deb hisoblaydi yoki materiyani unga bo’ysundiradi”. Birlamchi ibtido bilan monizm, dualizm, plyuralizm haqidagi masalalar o’zaro bog’langan. Monizm olamning asosida yagona, bitta ibtido, boshlang’ich asos turishini e’tirof etadigan falsafiy konsepsiya (yo moddiy asos, yo ma’naviy asos) dir. SHu sababli monizm materialistik va idealistik shaklda bo’lishi mumkin. Dualizm ikki asosni teng deb e’tirof etadigan falsafiy konsepsiya: olamning asosida teng holda ham materiya, ham ong yotadi. Masalan, R.Dekart borliqning negizida ikki teng substansiya (ruh va materiya) yotadi, deb hisoblaydi. Download 344 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling