Sharq psixologiyasida shaxs muammosi


Download 0.93 Mb.
bet8/11
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1618583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ШАРК ПСИХОЛОГИЯСИ

Shuningdek, odamdagi insonparvarlik, xayrixohlik har bir kishi o'ziga topshirilgan vazifani aniq bajarishi bilan amalga oshirilmog'i, chunonchi, davlat boshlig'i davlat ish larini, ota otalik, o'g'il o'g'illik vazifasini bajarishi zarur. Shaxs to'g'risidagi mifologik-diniy qarashlar o'rnini asta-sekin falsafiy qarashlar egallay boshladi. Bunday qarashlami qadimgi Xitoy falsafa maktablaridan Yan In Szi (eramizdan awalgi VIII— VI asrlar) da ko'rish mumkin. Ushbu maktab muxlislarining fikriga ko’ra Koinotda tartibsiz uchib yurgan o'n ming narsalar zamirida ikki ilohiy qudrat: Yan va In vujudga keldi.

Yan (erkak xohish-irodasining asosi) butun osmonni boshqargan bo'lsa,

In (ayollikning asosi) yerni boshqargan ekan.

O'sha ikki qudrat orasidagi o'zaro aloqadorlik butun olam binosining asosini barpo etibdi. Erkaklik va ayollik, shuningdek, «besh stixiya»: suv, olov, metall, yog'och, urug' orasidagi o'zaro aloqadorlik shaxs ruhiy-ma’naviy qiyofasining asosini tashkil etarkan. Qadimgi Xitoyda shaxs to'g'risidagi fikrlar doirasi uzluksiz kengaya boshladi.


Qadimgi daosizm ta’limotida odamning shaxs darajasiga ko'tarilish jarayoni, shaxsning insoniyligini ifodalovchi prinsiplar, ularning farovon turmushi, baxt-saodati haqida bir qator yangi fikr-mulohazalar bayon etilgan. Daosizm ta’limotiga eramizdan avvalgi VI—V asrlarda yashagan Laotszi asos solgan. Daosizm ta’limotiga ko'ra, Dao — olamda mavjud bo'lgan barcha mavjudotlarning ibtidosi. Uning mavjudligini ta’minlovchi asosiy prinsipdir. Dao olamdagi barcha hodisa va voqealarni, narsalarni narsa qiladigan qudratdir Dao kosmik jon bo'lib, hamma tomondan oqib turadi, u o'ngda ham, so'lda ham bo'lishi mumkin. Uning sharofati bilan butun mavjudot tug'iladi va doimiy o'sishdan to'xtamaydi. Hamma mavjudot ertami-kechmi unga qaytadi. Daosizm ta’limotiga muvofiq, shaxsning shaxsiyligi ishonch, umid prinsipiga rioya qilishiga qarab belgilanadi Umidga esa istakni, orzuni cheklash vositasi yordamida erishiladi.
Istak, orzuni cheklay olmaslik shaxsda xudbinlik, ichiqoralik kabi illat- larning paydo bo'lishiga turtki beradi. Kishilarning xudbinligi nafaqat odamni, hatto olamni ham deformatsiyaga giriftor qiladi. Qadimgi Xitoy falsafasida shaxs to'g'risidagi fikr-mulohazalar Konfutsiy ta’limotida yanada yangi bosqichga ko'tarildi. Konfutsiy o'zidan meros qilib hech qanday asar qoldirgani yo'q. U o'zining falsafiy qarashlarini og'zaki bayon qilgan. Konfutsiy eramizdan avvalgi 551—479-yillarda yashagan. Xitoyliklar uni «Kunsizm», ya’ni «Faylasuf ustoz Кип» deb atashgan Konfutsiy vafotidan so‘ng uning shogirdlari ustoz suhbatlarini to‘plab, «Lunyun» nomi bilan alohida traktat etib rasmiylash- tirganlar. Konfutsiy xitoyliklarni ajdodlaridan qolgan buyuk madaniy- ma’naviy meros uch buyuk kitobda: «Ashulalar kitobi», «O'zgarish kitobi», «Tarix kitobi»da bayon qilingan qoidalarga amal qilishga chorlagan. O'sha kitoblarda bayon qilingan qoi- dalarni o'tmish bilan bugunni, ajdodlar bilan avlodlami, in son bilan osmonni bog'lovchi yirik ruhiy-ma’naviy qudrat, deb hisoblagan.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling