Sharq psixologiyasida shaxs muammosi

Qadimgi Eron va Turon falsafasida shaxs tasviri

Download 0.93 Mb.
bet9/11
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1618583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ШАРК ПСИХОЛОГИЯСИ

Qadimgi Eron va Turon falsafasida shaxs tasviri Shaxs to'g'risidagi qarashlarni eramizdan avvalgi VII—VI asrlarda O'rta va Yaqin Sharq mamlakatlari, xususan, Eron va Turonda keng tarqalgan mifologik-diniy, diniy-falsafiy ta’limotlarda yaqqol ko'rish mumkin. Ana shunday ta’limotlardan biri Zardushtiylik edi. Zardushtiylik ta’limotiga Turonzaminning Xorazm o'lkasi qishloqlaridan birida tavallud topgan, o'z zamonasining yirik qomusiy olimi, shoir Zardusht—Spitamon asos solgan

A.Dyuperron «Avesto»ni fransuz tiliga tarjima qildi va alohida kitob qilib chop ettirdi. «Avesto»ni nemis tiliga tarjimasi F.Shingel va F.Volflar tomonidan (1852—1863) amalga oshirilgan bo‘lsa, ingliz tilidagi taijimasi I.Darmstater va L.X.Millslar tomoni- dan bajarildi. Daniya tiliga «Avesto»ni A.Xristansen tarjima qilgan bo’lsa, fors tilida bunday xayrli ishni Ibrohim Pur Dovud bajargan. Eron va Turon xalqlarining qadimiy madaniy merosining buyuk durdonasi bo‘lgan «Avesto»ni o‘zbek tiliga 1990-1999-yillarda shoir Asqar Mahkam tarjima qildi. Kitobning qo‘lyozma nusxasi Kopengagenda saqlanmoqda.

Zardushtiylik diniy-falsafiy ta’limotining asoschisi Zardusht ilmiy-madaniy merosini tahlil qilishda XIX asrning mashhur nemis faylasuflari Vilgelm Gegel, Fridrix Nitsshelar munosib hissa qo‘shdilar. F.Nitsshe o‘zining «Zardusht tavallosi» asarida Zardushtni Yevropa sivilizatsiyasining Sezar, Shekspir, Dante, Rixard Vagner, Bayron va uning qahramoni Manfred, Genrix Geyne kabi yetuk namoyandalari bilan bir qatorga qo‘ydi. Shuningdek, Zardusht ta’limotini targ‘ibot va tashviqot qilishda Yevropa olimlari E. Berzin, Ye.Ye. Bertels, V.A.Bartold, A.O.Makovelskiy, N.Proxorov, V.V.Struve, V.A.Traver, S.P.Tolstov, V.A.Livshis, S. N. Sokolov, V. Xen, Yu.A.Rapoport, S. V. Oldenburg, M.Boys, B.I.Avdiev, o‘zbek olimlari N.Mallayev, H.Homidov, A.Qayumov, Y.Jumaboyev, M.Is’hoqov, M.Rahmonov, F.Sulaymonova, I.Jabborov, Y.Xo‘jamurodov, A.Irisov, T.Mahmudov, M.Qodirov, S.Hasanov, A. Zohidov, B. Eshovlaming xizmatlarini alohida ta’kidlamoq darkor.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling