Sharq psixologiyasida shaxs muammosi


Download 0.93 Mb.
bet10/11
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1618583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ШАРК ПСИХОЛОГИЯСИ

Zardushtiylik diniy-falsafiy ta’limotining asoschisi Zardusht ilmiy-madaniy merosini tahlil qilishda XIX asrning mashhur nemis faylasuflari Vilgelm Gegel, Fridrix Nitsshelar munosib hissa qo‘shdilar. F.Nitsshe o‘zining «Zardusht tavallosi» asarida Zardushtni Yevropa sivilizatsiyasining Sezar, Shekspir, Dante, Rixard Vagner, Bayron va uning qahramoni Manfred, Genrix Geyne kabi yetuk namoyandalari bilan bir qatorga qo‘ydi. Shuningdek, Zardusht ta’limotini targ‘ibot va tashviqot qilishda Yevropa olimlari E. Berzin, Ye.Ye. Bertels, V.A.Bartold, A.O.Makovelskiy, N.Proxorov, V.V.Struve, V.A.Traver, S.P.Tolstov, V.A.Livshis, S. N. Sokolov, V. Xen, Yu.A.Rapoport, S. V. Oldenburg, M.Boys, B.I.Avdiev, o‘zbek olimlari N.Mallayev, H.Homidov, A.Qayumov, Y.Jumaboyev, M.Is’hoqov, M.Rahmonov, F.Sulaymonova, I.Jabborov, Y.Xo‘jamurodov, A.Irisov, T.Mahmudov, M.Qodirov, S.Hasanov, A. Zohidov, B. Eshovlaming xizmatlarini alohida ta’kidlamoq darkor.

Zardushtiylik ta’limotining markaziy muammosi olam bilan odam o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik jarayoni, odamning shaxs darajasiga ko‘tarilganligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahliliga qaratilganligi edi. Bu ta’limotga ko‘ra, odam borlig‘i olam borlig‘i bilan bevosita aloqador.

Ushbu ta’limotga muvofiq, butun olam borlig'i to'rt unsurdan (chor unsur): tuproq, suv, havo, olovdan iborat. Olam borlig'ining eng murakkab shakllaridan biri bo'lgan odamning tabiati ham, shubhasiz, o'sha to'rt unsur bilan bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham, ushbu to'rt unsur hamisha muqaddas hisoblangan.

Zardushtiylik ta’limotiga ko'ra shaxs bilan tabiat orasidagi o'zaro aloqadorlikka putur yetkazmaslik darkor. Yer, suv, havoni ifloslantirish gunohi a’zim hisoblangan. Hatto suvga tupurgan kishiga o'lim jazosi tayinlangan. Zardushtiylik ta’limotida bayon qilinishicha, hatto shaxsning mijozi ham olam borlig'i tarkibidagi chor unsur bilan bevosita bog'liq. Vazmin, bosiq odamlarni «hoksor» deb atash, g'ayratli, harakatchan kishilarni «jo'shqin», «toshqin», «qaynoq qon», deb baholash yoki beburd, yengiltak kishilarni «havoyi», «bodiy», deb atash ham o'sha zamonlardan qolgan udumlardir. Odamzot tuproqda vujudga kelib, tuproqqa qaytishi lozim, degan nuqtayi nazar zardushtiylik ta’limotidagi eng muhim g'oyalardan biri edi.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling