Xitoy manbalaridan biri «O'zgarish kitobi»da bayon qilinishicha, odam olam bilan bevosita bog'liq. Olamni olam qilib ushlab turgan o'nta asosiy ustun bor. Xitoy manbalaridan biri «O'zgarish kitobi»da bayon qilinishicha, odam olam bilan bevosita bog'liq. Olamni olam qilib ushlab turgan o'nta asosiy ustun bor. Butun olam o'nta ustun: yan, in, osmon, yer, shaxs, olov, suv, metall, yog'och, urug'larga tayanib turadi. O'sha ustunlaming mustahkamligi inson va uning amaliy faoliyati bilan bog'liq. Shaxs faoliyati esa dunyoqarash bilan aloqador. Osmon, yer va shaxs dunyoqarashning asosiy elementlari ekan. Ko'rinib turibdiki, qadimgi Xitoy manbalarida shaxs, osmon, yer orasida o'zaro aloqadorlik mavjudligi e’tirof etiladi. Qadimgi Xitoy manbalarida ta’kidlanishicha, odamzot hayotida kosmos bilan oqilona munosabatda bo'lish hal qiluvchi ahamiyatga egadir. O'sha uyg'unlashuv (garmoniya) shaxsning xulq- atvorida, xatti-harakatida, rasm-rusumlari, urf-odatlari, taom- larida yaqqol namoyon bo'ladi. Shaxs xatti-harakatida yaxshilik va yomonlikning vujudga kelishi uchun turtki beradi. Yomonlik kosmos bilan shaxs orasidagi nooqilona munosabatlarning natijasi ekan. Odamning shaxs darajasiga ko'tarilishi, uning boshqa tirik mavjudotlardan farq qiluvchi shaxsiy xususiyatlari haqidagi dastlabki fikr-mulohazalarni ham, yuqorida biz eslatib o'tgan, qadimgi Xitoy manbalarida uchratish mumkin. Shaxsiylik, eng avvalo, insonparvarlikda o'z ifodasini topadi. Shuningdek, odamdagi insonparvarlik, xayrixohlik har bir kishi o'ziga topshirilgan vazifani aniq bajarishi bilan amalga oshirilmog'i, chunonchi, davlat boshlig'i davlat ish larini, ota otalik, o'g'il o'g'illik vazifasini bajarishi zarur. Shaxs to'g'risidagi mifologik-diniy qarashlar o'rnini asta-sekin falsafiy qarashlar egallay boshladi. Bunday qarashlami qadimgi Xitoy falsafa maktablaridan Yan In Szi (eramizdan awalgi VIII— VI asrlar) da ko'rish mumkin. Ushbu maktab muxlislarining fikriga ko’ra Koinotda tartibsiz uchib yurgan o'n ming narsalar zamirida ikki ilohiy qudrat: Yan va In vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |