Shartli belgilar F
ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI
Download 7.2 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI
- ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI Ayrim tuzlarning suvdagi eritmasini indikatorlarga munosabati
- ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI IV-BOB 30-§ Tuzlar gidroliziga turli xil omillarning ta‘siri
- “ELEKTROLITIK DISSOTSIATSIYA NAZARIYASI” MAVZULARI BO‘YICHA MASALA, MASHQLAR VA TESTLAR ECHISH Namunaviy masala va mashqlar Misol
- Mustaqil echish uchun masala va mashqlar
- ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI Test savollari
- V-BOB. METALMASLAR 31-§. METALMASLARNING KIMYOVIY ELEMENTLAR DAVRIY JADVALDAGI O‘RNI. ATOM TUZILISHI
- Metalmaslarning davriy jadvalda joylashishi 128 IV-BOB ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI
- ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI IV-BOB Ftor guruhchasi metalmaslari – galogenlar, Geliy guruhchasi metalmaslari – inert gazlar deb ataladi. BKM elementlari
- 32-§. METALMASLARNING UMUMIY XOSSALARI
ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI Ionlarning o‘ziga xos xossalari 23-jadval Eritmadagi mavjud ion Reaktiv tarkibidagi ion Kuzatiladigan jarayon 1 2 3 Indikator Rangi o‘zgaradi OH - Indikator Rangi o‘zgaradi Na + - Alangani sariq rangga bo‘yaydi K + - Alangani binafsha rangga bo‘yaydi 1 2 3 Ca 2+ CO 3 2– Oq cho‘kma Ba 2+ SO 4 2– Oq cho‘kma NH + 4 OH - O‘tkir hidli gaz. Ammiak hidi Cu 2+ OH - Ko‘k cho‘kma Zn 2+ OH - Oq cho‘kma. OH - mo‘l bo‘lganda eriydi Fe 2+ OH - Och yashil cho‘kma. Vaqt o‘tishi bilan qo‘ng‘irlashadi Fe 3+ OH - Qo‘ng‘ir rangli cho‘kma Al 3+ OH - Oq cho‘kma. OH- ko‘p bo‘lganda erib ketadi Cl - Ag + Oq-qora cho‘kma Br - Ag + Och sarg‘ish rangli cho‘kma J - Ag + Sariq cho‘kma SO 3 2– H + O‘tkir hidli SO 2 ajraladi CO 3 2– H + Ohakli suvni loyqalashtiruvchi CO 2 gazi ajraladi SO 4 2– Ba 2+ Oq cho‘kma PO 4 3– Ag + Sariq cho‘kma BKM elementlari: Ionlarning o‘ziga xos xossalari, elektrolit eritmalar orasidagi sodir bo‘ladigan reaksiyalarning oxirigacha borish sharoitlari. 119 ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI IV-BOB 1. Neytrallash reaksiyalarini oxirigacha borishiga sabab nima? Misollar bilan tushuntiring. 2. Cho‘kma hosil bo‘lishi bilan boradigan reaksiyalarga misollar keltiring. Reak- siya tenglamalarini molekulyar, ionli va qisqa ionli shakllarda yozing. 3. Elektrolit eritmalari orasidagi reaksiyalarning oxirigacha borish sabablaridan biri, reaksiya mahsulotlaridan birining gaz modda bo‘lishidir. Reaksiya mahsulotlaridan biri gaz modda bo‘ladigan almashinish reaksiya- lariga misollar keltiring. Reaksiya tenglamalarini yozing. 4. Quyidagi kimyoviy reaksiyalarning molekulyar, ionli va qisqa ionli tenglama- larini yozing. Oxirigacha borish sabablarini tushuntiring. A) Pb(NO 3 ) 2 + NaCl → B) Na 2 CO 3 + H 2 SO 4 → D) KOH + HNO 3 → E) CuSO 4 + 2NaOH → 29-§ Tuzlarning gidrolizi Tuzlar suvda eritilganda kimyoviy reaksiyalar sodir bo‘ladimi? Toza suv juda ham kuchsiz elektrolit hisoblanib uning dissosiyalan- ish darajasi α =10 –9 ga teng bo‘ladi. Demak, suv juda ham oz bo‘lsada ionlarga ajraladi. H 2 O H + + OH – . Toza suvdagi H + va OH – ionlari konsentratsiyasi bir-biriga teng [H +] = [OH – ]. Bunda teng miqdorda H + va OH – ionlari bo‘lgan eritma neytral muhitli bo‘ladi. H + ionlari ortiqcha bo‘lgan eritma kislotali, OH – ionlari ortiqcha bo‘lgan eritma esa ishqoriy muhitda bo‘ladi. Ayrim tuzlarning suvdagi eritmalari indikatorlar rangini o‘zgartiradi. Demak kimyoviy reaksiya sodir bo‘lgan. 120 IV-BOB ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI Ayrim tuzlarning suvdagi eritmasini indikatorlarga munosabati 24-jadval Tuzlarning eritmalari Tuz eritmalarini indikatorlarga ta’siri Lakmus Fenolftalein Metil zarg‘aldog‘i Kaliy nitrat Rangi o‘zgarmaydi Rangi o‘zgarmaydi Rangi o‘zgarmaydi Alyuminiy nitrat Qizaradi Rangi o‘zgarmaydi Pushti Natriy karbonat Ko‘karadi To‘q qizil Sariq “Ion almashinish reaksiyalari” mavzusida siz elektrolit eritmalari orasidagi reaksiyalarni oxirigacha borish sababi, eritmadagi ionlarni o‘zaro birikib dissotsiatsiyalanmaydigan moddalar, hosil qili shida ekanligidaligini bilib olgansiz. 24-jadvaldagi o‘zgarishlarning sabablarini ko‘rib chiqamiz. 1. Kaliy nitrat tuzining suvdagi eritmasi indikatorlar rangini o‘zgartirmaydi. KNO 3 +H 2 O K + + NO 3 – + H 2 O (H 2 O H + + OH – ) K + ioni suvning dissotsiatsiyalanishidan oz bo‘lsada hosil bo‘lgan OH – ioni bilan KOH ni hosil qiladi. KOH kuchli elektrolit, ionlarga bata- mom ajragan bo‘ladi KOH K + + OH – . NO 3 – ionini H + ioni bilan birikishidan hosil bo‘lgan HNO 3 ham kuchli elektrolit, u ham ionlarga ajrab ketadi. HNO 3 H + + NO 3 – . Demak, kuchli asos va kuchli kislotalardan hosil bo‘lgan tuzlarning eritmalari muhiti neytral bo‘ladi. Ya’ni bunday tuzlar gidrolizlanmaydi. Gidroliz so‘zi yunoncha “gidro” – suv, “lizis” – parchalayman degan ma’noni anglatadi. 2. Alyuminiy nitrat tuzi kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan. Bunday tuzlar gidrolizlanadi. Alyuminiy nitrat tuzining gidroliz- langanini indikatorlar rangini o‘zgartirganligidan bilish mumkin. 121 ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI IV-BOB Al(NO 3 ) 3 +H 2 O; Al 3+ + 3NO 3 – + H 2 O(H + + OH – ) AlOH 2+ + 3NO 3 – +H + Suvning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘layotgan OH – ionlari Al 3+ ioni ga birikib dissotsiatsiyalanmaydgan ion AlOH 2+ ni hosil qiladi. Nati- jada eritmada H + ionlari ortiqcha bo‘lib qoladi. Eritmada H + ionlarining ortiqcha bo‘lib qolishi muhitni kislotali qilib qo‘yadi. Bu jarayonda Al 3+ ioni AlOH 2+ ioniga, AlOH 2+ ioni esa yana bitta OH - ionini biriktirib Al(OH) 2 + ioniga aylanadi. Jarayon davom etib Al(OH) 3 ni hosil qilmasligiga sabab eritmada yig‘ilib borayotgan H + ionlari suvni dissotsiatsiyalanishini to‘xtatib qo‘yadi. Al 3+ Al(OH) 2+ Al(OH) 2 + Al(OH) 3 jarayonni oxirigacha olib bo- rish uchun H + ionlarini yo‘qotib turish kerak. Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzlarning suvdagi eritmasining muhiti kislotali bo‘ladi. 3. Natriy karbonat tuzi kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan. Bunday tuzlarning suvli eritmalarida ham kimyoviy jarayon sodir bo‘ladi. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki indikatorlar rangini o‘zgarishidan muhitni ishqoriy ekanligini bilamiz. Kuchli asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar suvda eritil- ganda: Na CO H O Na CO H O H OH Na HCO 2 3 2 3 2 2 3 2 2 + + + + + + + − + − + − ; ( ) Kuchsiz kislota anioni suvning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan H + ionini biriktirib dissotsiatsiyalanmaydigan HCO 3 – ionini hosil qiladi. HCO 3 – ioni navbatdagi H + ionini biriktirib H 2 CO 3 ni hosil qilishi kerak. Ammo bu jarayon sodir bo‘lmaydi (H 2 CO 3 → H 2 O + CO 2 ). Buning sababi eritmadagi OH – ionlari suvning navbatdagi molekulasining dissotsiatsiya- lanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Gidroliz jarayonini oxirigacha davom ettirish uchun eritmadagi ortiqcha OH – ionlarini yo‘qotib turish kerak. 122 IV-BOB ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI 4. Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar to‘liq gid- rolizga uchrab kuchsiz asosni va kuchsiz kislotani hosil qiladi. Al 2 S 3 + 3H 2 O → 2Al(OH) 3 + 3H 2 S Eritmaning muhiti esa hosil bo‘lgan asos bilan kislotaning nis- biy kuchi bilan belgilanadi. Demak, hosil bo‘lgan asos kuchliroq bo‘lsa kuchsiz ishqoriy, kislota kuchliroq bo‘lsa kuchsiz kislotali bo‘ladi, hosil bo‘lgan asos va kislotaning kuchi teng bo‘lganda neytral muhitda bo‘ladi. Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar suvda eritil- ganda, eritma muhiti ishqoriy bo‘ladi. Tuzlar bilan suv orasida sodir bo‘ladigan reaksiyalar gidroliz reak- siyalaridir. Tuzning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlarni suv bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitni hosil bo‘lishi gidroliz deb ataladi. BKM elementlari: neytral muhit, kislotali muhit, ishqoriy muhit, kuchli asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzlarning gidrolizi, gid- roliz, kuchsiz kislotali va kuchsiz ishqoriy muhit. 1. Qanday tuzlar gidrolizlanadi? Nima uchun? 2. Tuzlarning gidrolizlanishini kimyoviy jarayon deb atash mumkinmi? Nima uchun? 3. Quyidagi tuzlarni gidrolizlanish jarayoni tenglamasini yozing va hosil bo‘lgan eritma muhitini aniqlang. ZnCl 2 ; K 2 SO 3 ; Na 2 SO 4 ; 4. O‘yuvchi natriyning 200 g 10% li eritmasiga 11,2 l CO 2 yuttirildi. Natijada qanday tuz (necha gramm) hosil bo‘ladi? Eritma muhiti qanday bo‘ladi? 5. Na 2 SiO 3 va FeSO 4 tuzlari gilrolizlansa eritma muhiti qanday bo‘ladi? 123 ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI IV-BOB 30-§ Tuzlar gidroliziga turli xil omillarning ta‘siri Haroratning ko‘tarilishi tuzlar gidroliziga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Tuzlar gidrolizi tuzning tabiatiga, eritma konsentratsiyasi va haro- ratiga bog‘liq. Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo‘lgan tuzlar to‘la gidrolizga uchraydi. Harorat ko‘tarilganda tuzlarning gidrolizlanishi ortadi, chunki suvning H 2 O H + + OH – muvozanati o‘ngga siljiydi. Ba’zan tuzlarning odatdagi sharoitda bormaydigan gidroliz bosqichlari yuqori haroratda sodir bo‘ladi. Masalan, FeCl 3 tuzi uch bosqichda gidrolizlanadi. Odatdagi sharoitda bu tuzning gidrolizining faqat I bosqichi amalga oshadi. FeCl 3 + HOH HCl + Fe(OH)Cl 2 Lekin eritma qaynatilsa, uning II bosqichi ham sodir bo‘ladi. Fe(OH)Cl 2 + H 2 O HCl + Fe(OH) 2 Cl Qizdirish davom ettirilsa, III bosqichi ham sodir bo‘ladi. Fe(OH) 2 Cl + H 2 O HCl + Fe(OH) 3 ↓ Eritmalar suyultirilganda gidroliz darajasi ortadi. Buni SbCl 3 tuzin- ing gidrolizi misolida ko‘rish mumkin: SbCl 3 + 2H 2 O Sb(OH) 2 Cl + 2HCl Agar bu tuz eritmasiga qo‘shimcha suv qo‘shsak muvozanat o‘ngga siljiydi va cho‘kma holida Sb(OH) 2 Cl (yoki SbOCl – antimonil xlorid) hosil bo‘ladi. Demak, eritmalarda gidroliz jarayonini kuchsizlantirish uchun quyi haroratlarda va konsentrlangan holda saqlash lozim. Bundan tashqari kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo‘lgan tuz eritmalarida kislo- tali muhitni ta’minlash, kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo‘lgan tuz eritmalarida ishqoriy muhitni saqlash ham gidrolizning oldini olishish mumkin. 124 IV-BOB ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI 1. Tuzning tabiati deganda nimalarni tushunasiz? 2. Qanday tuzlar bosqichli gidrolizga uchraydi. 3. Gidrolizda issiqlik yutiladimi yoki ajralib chiqadimi? 4. AlCl 3 eritmasidagi gidroliz jarayoniga haroratning ortishi qanday ta’sir ko‘rsatadi? “ELEKTROLITIK DISSOTSIATSIYA NAZARIYASI” MAVZULARI BO‘YICHA MASALA, MASHQLAR VA TESTLAR ECHISH Namunaviy masala va mashqlar Misol: Bariy xloridning 104 g 5% li eritmasi bilan natriy sulfatning 71 g 10% li eritmasi aralashtirildi. Natijada necha gramm bariy sulfat cho‘kmasi tushgan. Yechish: 1) Eritmadagi bariy xloridning massasi va modda miq- dorini topamiz: m /BaCl 2 /=104·0,05=5,2 g. n m BaCl M BaCl mol = = = / / / / , , 2 2 5 2 208 0 025 2) Eritmadagi natriy sulfatning massasi va modda miqdorini topamiz: m /Na 2 SO 4 /=71·0,1=7,1 g. n m Na SO M Na SO mol = = = / / / / , , 2 4 2 4 7 1 142 0 05 3) BaCl 2 bilan Na 2 SO 4 ning eritmalari orasida sodir bo‘ladigan reaksiyasi tenglamasini yozib hisoblashlarni davom ettiramiz. BaCl 2 + Na 2 SO 4 = BaSO 4 + 2NaCl 125 ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI IV-BOB 208 g 142 g 233 g 1 mol 1 mol 1 mol Reaksiya tenglamasiga muvoiq 1 mol bariy xlorid bilan 1 mol natriy sulfat reaksiyaga kirishib 1 mol bariy sulfat cho‘kmasi tushadi. Masalani shartida berilgan moddalarning molyar nisbatlari quyidagi- cha: 0,025 mol BaCl 2 , 0,05 mol Na 2 SO 4 . Demak natriy sulfatni 0,025 mol reaksiyada ishtirok etadi va 0,025 moli esa ortib qoladi. Reaksiya natijasida esa 0,025 mol BaSO 4 cho‘kmasi hosil bo‘ladi. m/BaSO 4 /=233·0,025=5,825 g. J: 5,125 g cho‘kma hosil bo‘ladi. Mustaqil echish uchun masala va mashqlar 1. Temir (III)-xlorid, rux sulfat, o‘yuvchi bariy, ortofosfat kislota- larning suvdagi eritmasida qanday ionlar bo‘ladi? 2. Vodorod xloridning organik erituvchilardagi eritmasi elektr tokini o‘tkazmaydi va ruxga ta’sir etmaydi. ushbu hodisalarni qanday tushuntirish mumkin. 3. Karnalit mineralining (KCl·MgCl 2 ·6H 2 O) suvli eritmasida qanday ionlar bo‘ladi? 4. Bir mol alyuminiy sulfat suvda eritilganda necha dona alyuminiy, necha dona sulfat ionlari bo‘ladi? 5. Quyidagi kimyoviy reaksiyalarni molekulyar, ionli va qisqa ionli tenglamalarini yozing. CuCl 2 + NaOH = H 3 PO 4 + Ca(OH) 2 = Al(NO 3 ) 3 + KOH = AgNO 3 + AlCl 3 = 6. Quyidagi qisqa ionli tenglama bilan ifodalangan jarayonni qanday amalga oshirish mumkin. Cu +2 + 2OH – = Cu(OH) 2 126 IV-BOB ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI Test savollari 1. Quyida ko‘rsatilgan eritmalardan kuchli elektrolitlarni ko‘rsating. A) 100% li H 2 SO 4 ; B) Nitrat kislota eritmasi D) Yodning suvdagi eritmasi; E) Azotning suvdagi eritmasi; F) Shakarning suvdagi eritmasi. 2. Quyida ko‘rsatilgan qaysi moddalarning suvdagi eritmalari ele- ktrolitlardir: 1-KCl, 2-Al(NO 3 ) 3 , 3-BaSO 4 , 4-AgCl, 5-CaCl 2 , 6-Etil spirti, 7- korbanat angidrid, 8-Osh tuzi A) 1,2,3; B) 4,5,7,8; D) 3,4,6,7; E) 1,2,5,8; F) 6,7,8; 3. Sulfat kislota eritmasiga bariy gidroksid eritmasidan sekin-astalik bilan tomchilatib quyilmoqda. Hosil bo‘layotgan eritmani elektr o‘tkazuvchanligi qanday o‘zgaradi. A) Eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi o‘zgarmaydi; B) Eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi ortadi; D) Eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi kamayib borib nolga teng bo‘ladi va yana sekin asta orta boshlaydi; E) Eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi ortib boradi va nihoyat kamayib ketadi; F) Eritmaning rangi o‘zgarib elektrolit bo‘lmay qoladi. 4. 0,1 mol FeCl 3 ni suvda to‘liq eritildi. Eritmadagi temir va xlorid ionlarining sonini aniqlang. A) 6,02·10 22 ta Fe +3 va 1,806·10 23 ta Cl - B) 0,602·10 23 ta Fe +3 va 18,06·10 23 ta Cl - D) 6,02·10 23 ta Fe +3 va 6,02·10 23 ta Cl - E) 1000000 ta Fe +3 va 3000000 ta Cl - F) Bitta Fe + va uchta Cl - 5. Quyidagi kimyoviy reaksiyalarning qaysilari oxirigacha sodir 127 ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI IV-BOB bo‘ladi. A) NaCl + K 2 SO 4 = B) BaCl 2 + K 2 SO 4 = D) HCl + HNO 3 = E) CaCO 3 + HNO 3 = F) B, C, D hollarda 6. Suvdagi eritmasi elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan va lakmus, fe- nolftalein ranglarini o‘zgartirmaydigan moddani aniqlang. A) oksidlar; B) ishqorlar; D) metallar; E) tuzlar; F) kislotalar. 7. Quyidagi tuzlarning qaysi biri gidrolizga uchraydi. A) NaCl; B) Li 2 SO 4 ; D) BaSO 4 ; E) CuSO 4 ; F) KNO 3 . 8. Tarkibida K + ionlarining miqdori bir xil bo‘lgan eritmalar tayyor- lash uchun kaliy xlorid va kaliy sulfat tuzlaridan necha moldan olish kerak. A) har ikkala tuzdan bir xil B) kaliy xloriddan 1 mol, K 2 SO 4 dan 2 mol D) KCl dan 2 mol, K 2 SO 4 dan 1 mol E) KCl dan 2 mol, K 2 SO 4 dan 3 mol F) KCl dan 3 mol, K 2 SO 4 dan 2 mol V-BOB. METALMASLAR 31-§. METALMASLARNING KIMYOVIY ELEMENTLAR DAVRIY JADVALDAGI O‘RNI. ATOM TUZILISHI Siz o‘z hayotingizda qaysi metallmaslar bilan tanishgansiz? Ulardan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin? Kimyoviy elementlar davriy sistemasida metalmaslar katta va kichik davrlar oxirida bosh guruhchalarda joylashgan. Metalmaslarning davriy jadvalda joylashishi 128 IV-BOB ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI 25-jadval Guruhlar Davrlar III A IV A V A VI A VII A VIII A 1 (H) He 2 B C N O F Ne 3 Si P S Cl Ar 4 As Se Br Kr 5 Te J Xe 6 At Rn Yuqori oksidlari formulasi R 2 O 3 RO 2 R 2 O 5 RO 3 R 2 O 7 RO 4 Uchuvchan vodorodli birikmalari formulasi RH 4 RH 3 RH 2 RH Metalmaslar p-elementlar oilasiga mansub (vodorod va geliy s-ele- ment). Kimyoviy reaksiyalarda metalmaslar atomlari oksidlovchilik xossa- larini namoyon qilib, elektronlarni biriktirib olishi mumkin. Elektronlarni biriktirib olish qobiliyati bir davrda joylashgan metalmaslarda tartib raqa- mi ortishi bilan kuchayib boradi, bu guruhda joylashgan metalmaslarda esa tartib raqami ortishi bilan kamayib boradi. Elementlarning metalmaslik xossalari davrlarda tartib raqami ortgan sari kuchayib, guruhlarda esa kamayib boradi. Umuman olganda ele- ktronlarni biriktirib olish qobiliyati quyidagi tartibda kamayib boradi. F, O, Cl, N, S, C, P, H, Si Ftor elektrmanfiylik qiymati eng yuqori bo‘lgan element hisobla- nadi. Metalmaslar tabiatda oddiy moddalar shaklida va turli birikmalar tarkibida uchraydi. Kosmosda vodorod va geliy eng ko‘p tarqalgan metal- maslar bo‘lsa, Yer po‘stlog‘ida (Yer po‘stlog‘i massasiga nisbatan) kislorod (47%) va kremniy (29,5%) eng ko‘p tarqalgan metalmas hisoblanadi. Kislorod guruhchasi metalmaslari – xalkogenlar, 129 ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI IV-BOB Ftor guruhchasi metalmaslari – galogenlar, Geliy guruhchasi metalmaslari – inert gazlar deb ataladi. BKM elementlari: metalmaslar, ularning davriy jadvaldagi o‘rni, p- elementlar oilasi. Savol va topshiriqlar 1. Metalmas elementlar Davriy sistemasida qanday joylashgan? 2. Metalmaslar atom tuzilishidagi o‘xshashlik nimada? 3. Metalmaslarda elektrmanfiylik qanday o‘zgaradi? 4. Qanday metalmas elektronni oson biriktirib oladi: a) uglerod yoki azot; b) oltingugurt yoki fosfor; c) selen yoki tellur; d) yod yoki azot; e) kislorod yoki xlor; f) azot yoki oltingugurt? Nima uchun? 32-§. METALMASLARNING UMUMIY XOSSALARI Metalmaslarning xossalari atom tuzilishi nuqtai nazaridan qanday izohlanadi? Normal sharoitda ba’zi metalmaslar gazsimon (vodorod, azot, kislorod, ftor, xlor), ba’zilari suyuq (brom), qolganlari qattiq (oltingugurt, uglerod, yod, fosfor va bosh) holda uchraydi. Metalmaslar nozik tuzilmali bo‘lib, ko‘pchiligi organik erituvchilarda eriydi. Issiqlik va elektr tokini yomon o‘tkazadi. Tipik metalmaslar metallar bilan ion bog‘li birikmalar hosil qiladi (NaCl, MgO, Na 2 S). Metalmaslarning o‘zaro ta’sirlashuvidan kovalent bog‘li birikma- lar hosil bo‘ladi. Masalan, suv H 2 O, ammiak NH 3 molekulalarida atom- lar orasidagi qutbli kovalent bog‘, metan O 2 da esa qutbsiz kovalent bog‘ mavjud. Metalmaslar kislorod bilan kislotali oksidlar, vodorod bilan uchuv- chan vodorodli birikmalar hosil qiladi. Vodorod atomining tashqi qa- vatida 1 ta elektron bo‘lganligi uchun (vodorodning faqat bitta elektroni bor) ishqoriy metallarga o‘xshab davriy jadvalning birinchi guruhida joy- lashgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling