Shartli belgilar F
ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI
Download 7.2 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI IV-BOB Savol va topshiriqlar
- VI-BOB. GALOGENLAR 33-§. GALOGENLARNING DAVRIY JADVALDAGI O‘RNI. ATOM TUZILISHI
- Galogenlarning atom tuzilishi: 132 IV-BOB ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI
- Galogenlarni tabiatda uchrashi
- ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI
- Qattiq moddalarni suyuq holatga o‘tmasdan gaz holatga, gaz holatdan yana suyuqlanmasdan qattiq holatga o‘tishi hodisasi sublimatlanish deyiladi.
- ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI IV-BOB ilishi: Cl 2 ; Cl – Cl; Qutbsiz kovalent bog‘lanishli molekula. Tabiatda uchrashi
- Fizikaviy xossalari.
- Kimyoviy xossalari: 137 20-rasm.
- BKM elementlari
- Ishlatilishi.
- 2. Xlorid kislotaning o‘ziga xos bo‘lgan reaksiyalari.
- Ishlatilishi: 142 25-rasm.
ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI Odatdagi sharoitda gaz bo‘lganligi, molekulasi ikki atomli va bu atom- lar kovalent qutbsiz bog‘langanligi sababli galogenlarga o‘xshaydi. Shuning uchun vodorod VII guruh elementlari qatoriga ham yozilishi mumkin. Vodorod atomi bitta elektron qo‘shib (oksidlovchilik xossasi) tashqi qavatini geliy atomiga o‘xshash barqaror holatga o‘tkaza oladi. Sakkizinchi guruh bosh guruhcha elementlari geliy, neon, argon, kripton, ksenon va radon metalmaslarga kirib, inert gazlar deb ataluvchi alohida elementlar guruhini tashkil etadilar. Inert elementlar atomlari tashqi elektron pog‘onalarida 8 tadan (geliyda 2 ta) elektron tutadi. To‘lgan tashqi elektron qobiqlar juda barqaror. Shuning uchun inert gazlar atom holida uchraydi va kimyoviy jihatdan juda barqaror. Ular o‘zaro birikmaydi va vodorod hamda metallar bilan ta’sirlashmaydi. 1962 yilda XeF 4 ksenon tetraftorid olinishi bilan ularning ba’zi kislorodli va ftorli birikmalarini sintez qilib olish imkoniyati vujudga keldi. 1) Barcha metalmaslar (vodorod va geliydan tashqari) p-element- lar oilasiga mansub. Ammo barcha p-elementlar ham metalmas bo‘lavermaydi. 2) Metalmaslarning elektrmanfiyligi 2,00 dan 4,00 oralig‘ida bo‘ladi. Demak, metalmaslar kuchli elektrmanfiy elementlardir. Eng kuchli elektrmanfiy element ftordir. 3) Metalmaslarning vodorodli birikmalari uchuvchan moddalardir. HCl, H 2 S, NH 3 , CH 4 4) Metalmaslarning yuqori oksidlari kislotali oksidlardir. SO 2 , SO 3 , P 2 O 5 , NO 2 , N 2 O 5 5) Metalmaslar o‘zaro birikib kovalent bog‘lanishli birikmalar, metal- lar bilan esa ion bog‘lanishli birikmalar hosil qiladi. 131 ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI IV-BOB Savol va topshiriqlar 1. Metalmaslarning agregat holatlari haqida nimalar deyish mumkin? 2. Metalmaslar qanday kimyoviy elementlar bilan ta’sirlashadi? Bunda qanday tipdagi kimyoviy bog‘lar hosil bo‘ladi? 3. Inert gazlar atomlari boshqa metalmaslar atomlaridan nimalari bilan farq qiladi? VI-BOB. GALOGENLAR 33-§. GALOGENLARNING DAVRIY JADVALDAGI O‘RNI. ATOM TUZILISHI Yer qobig‘ida ko‘p tarqalgan galogenlarga qaysilar kiradi? Fanga “galogen” tushunchasini 1811 yilda nemis kimyogari I.Shveyger kiritgan bo‘lib, “tuz” va “hosil qiluvchi” degan ma’nolarni bildiradi. “Galogenlar” atamasi ftor, xlor, brom, yod va astat uchun umu- miy nom bo‘lib qolgan. Galogenlarning barchasi metalmaslar bo‘lib, kimyoviy elementlar davriy jadvalining VII guruhi bosh guruhchasida joylashgan. Galogenlarning tashqi energetik pog‘onasida 7 ta elektron bor, de- mak tugallangan energetik pog‘onaga o‘tishi uchun bitta elektron yetish- maydi. Shu sababli galogenlar vodorod hamda metallardan bitta elektron olib -1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. NaF -1 , HCl -1 , KBr -1 , CaJ -1 Ftor eng kuchli elektrmanfiy element bo‘lganligi uchun u barcha birikmalarida manfiy bir oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Xlor, brom va yod esa kislorodli birikmalarida +1 dan +7 gacha bo‘lgan oksid- lanish darajalarini ham namoyon etadi. Galogenlarning atom tuzilishi: 132 IV-BOB ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI + + 7 2 2 5 2 5 17 2 2 6 2 6 0 1 2 2 2 2 1 2 2 3 3 3 3 F s s p yoki He s p Cl s s p s p d yoki Ne [ ] [ ] ss p d 2 5 0 3 3 + + 35 2 2 6 2 6 10 2 5 0 10 2 5 0 53 1 2 2 3 3 3 4 4 4 3 4 4 4 Br s s p s p d s p d yoki Ar d s p d J [ ] 1 1 2 2 3 2 3 3 3 4 4 4 5 5 5 4 5 2 2 6 2 6 2 6 10 2 6 10 2 5 0 10 s s p s p s p d s p d s p d yoki Kr d [ ] ss p d 2 5 0 5 5 Tabiatda tarqalishi: Galogenlar tipik metalmaslar, kuchli oksid- lovchilar bo‘lganligi sababli tabiatda erkin holda uchramaydi. Asosan tabi- atda kimyoviy birikmalar tarzida uchraydi. Galogenlarni tabiatda uchrashi 26-jadval Kimyoviy element Yer qobig‘idagi miqdori Tabiiy birikmalari Ftor 0,027% Plavik shpati – CaF 2 , apatit, fosforitlar Xlor 0,045% 1. Xloridlar: KCl, NaCl 2. Silvinit: KCl · NaCl 3. Karnallit: KCl · MgCl 2 · 6H 2 O Brom 0,00016% 1. Bromidlar: NaBr, KBr, MgBr2 Yod 0,00003% 1. Yodidlar: NaJ, KJ Olinishi: 26-jadvalga e’tibor bersangiz galogenlar tabiiy birikmala- rida asosan manfiy bir (-1) oksidlanish darajasida bo‘ladi. Demak galo- genlarni tabiiy birikmalaridan erkin holda ajratib olish uchun galogenid ionlarini oksidlash kerak bo‘ladi. Umumiy ko‘rinishda quyidagicha yozish mumkin: 1) Ftorid ionidan ftor olish uchun faqat elektroliz jarayonidan foy- dalanamiz. 2) Xloridlardan xlorni olish uchun xlorid ioni tutuvchi eritmalarni ele- ktroliz qilib yoki kuchli oksidlovchilar ta’sir ettirib olish mumkin. 2 10 8 5 2 5 8 7 4 1 2 4 2 4 2 4 2 4 2 0 2 K Mn O NaCl H SO K SO Na SO Mn SO Cl H O + − + + + = + + + + 3) Bromidlardan bromni olish uchun bromid ionlari tutgan erit- malarni elektroliz qilib yoki kuchli oksidlovchi ta’sir ettirib olish 133 ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI IV-BOB mumkin. Bundan tashqari bromidlarning eritmalariga xlor ta’sir ettirib ham olish mumkin. Chunki xlor bromga nisbatan kuchli oksidlovchidir. 2 2 1 2 0 1 2 0 K Br Cl KCl Br − − + → + 4) Yodni olish uchun yodidlarning eritmalarini elektroliz qilinadi yoki kuchli oksidlovchilar ta’sir ettiriladi, shuningdek, xlor, brom ta’sir ettirib ham olish mumkin. 2KJ + Cl 2 = 2KCl + J 2 ; 2KJ + Br 2 = 2KBr + J 2 Fizik xossalari: Gallogenlarning ayrim xossalari bilan “Kimyoviy elementlarning tabiiy oilalari” (5§) da tanishgansiz. Galogenlarning nisbiy atom massalari ortgan sari fizik xossalari ma’lum qonuniyat bilan o‘zgaradi. Oddiy sharoitdagi agregat holati va rangi quyuqlashib boradi. Ftor och-yashil rangli gaz bo‘lsa, xlor sarg‘ish-yashil rangli og‘ir gaz, brom qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli suyuqlik, yod esa to‘q kulrang kristall moddadir. Qaynash harorati, zichligi ortib boradi. Gallogenlarning suvda eruvchanligi nisbatan ancha kam. Masalan, bir hajm suvda odatdagi sharoitda 2,5 hajm xlor eriydi, yodning eruvchan- ligi 0,02 ga teng (100 g suvda 0,02 g yod eriydi). Organik erituvchilarda galogenlar yaxshi eriydi (Organik erituvchilar-benzin, kerosin, atseton, turli xildagi spirtlar, benzol va h.k.). Yod sublimatlanish xossasiga ega, ya’ni u qizdirilsa gunafsha rangli gaz holatiga o‘tadi. Qattiq moddalarni suyuq holatga o‘tmasdan gaz holatga, gaz holatdan yana suyuqlanmasdan qattiq holatga o‘tishi hodisasi sublimatlanish deyiladi. Kimyoviy xossalari: Ftordan yodga tomon (F 2 , Cl 2 , Br 2 , J 2 qatori) gallogenlarning atom radiusi ortib boradi. Bu ftorning valent elektronlari ◊ 134 IV-BOB ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI yadroga yaqin, yodda esa uzoq ya’ni yadroga bo‘shroq tortilib turadi. F 0 → Cl 0 → Br 0 → J 0 qatorda: - oksidlovchilik xossasi kamayib boradi; - kimyoviy faolligi kamayib boradi; - qaytaruvchilik xossasi ortib boradi; F – → Cl – → Br – → J – qatorda esa kimyoviy faolligi ortib bo- radi. Bu ionlarda tashqi energetik qavat sakkizta elektron bilan to‘lgan, ular elektron qabul qila olmaydi, aksincha elektron berib oksidlanadi. Ftor galogenlar ichida eng faol elementdir. Hatto kislorod ham ftor ta’sirida oksidlanadi. Suv esa issiq alanga berib yonadi. 2 2 4 2 2 2 0 1 2 0 H O F HF O − − + = + BKM elementlari: galogen, sublimatlanish. Savol va topshiriqlar 1. Galogenlarning atom tuzilishini yozing, o‘xshash va farq tomonlarini aytib bering. 2. Galogenlar qanday oksidlanish darajalarini namoyon qiladi? 3. Galogenlarni yer qobig‘ida tarqalishi haqida nimalar bilasiz? 4. Galogenlarning atom massalari ortishi bilan fizikaviy xossalari orasida qan- day bog‘liqlik bor? 5. Silvinit minerali tarkibida necha foiz xlor bo‘ladi? 34-§. XLOR Xlor zaharli gaz, natriy o‘yuvchi metal. Osh tuzi molekulasida xlor va natriy bo‘lsada, u zaharli va o‘yuvchi emas. Nima uchun? Galogen va ularning birikmalari xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. Xlor va uning birikmalari esa galogenlar ichida muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun xlorning xossalarini batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Avvalgi boblarda o‘rgangan bilimlarimizga asoslanib xlor haqida quyi- dagilarni ayta olamiz. 135 ELEKTROLITIK DISSOTSIATSYALANISH NAZARIYASI IV-BOB ilishi: Cl 2 ; Cl – Cl; Qutbsiz kovalent bog‘lanishli molekula. Tabiatda uchrashi: Tabiatda xlor faqat birikmalar holida uchraydi. - Galit (tosh tuzi) ---------- NaCl - Silvinit ------------------- KCl · NaCl - Silvin --------------------- KCl - Bishofit -------------------- MgCl 2 · 6H 2 O - Karnallit -------------------- KCl · MgCl 2 · 6H 2 O - Kainit ----------------------- KCl · MgSO 4 · 3H 2 O Olinishi. Sanoatda xlor olish uchun elektroliz usulidan foydalaniladi. Laboratoriya sharoitida xlor olish uchun MnO 2 , HCl va 18-rasmda ko‘rsatilgan jihozlardan foydalaniladi. Ushbu tajribada MnO 2 o‘rniga KMnO 4 dan ham foydalanish mum- kin. Reaksiya tenglamasini yozing va tenglang. Fizikaviy xossalari. Xlor sariq-yashil rangli, o‘tkir xidli, bo‘g‘uvchi, za- 18-rasm. Laboratoriyada xlor olish. 1. Kimyoviy elementlar da- vriy jadvalidagi o‘rni: 3-davr, VII-guruh ning bosh guruhchasi, tartib raqami 17. 2. Atom tuzilishi: 17 35 Cl 2 8 7 1 2 2 3 3 2 2 6 2 5 e e e s s p s p , , ; 3. Xlor molekulasining tuz- 136 harli gaz. Xlorni hidlash mumkin emas. Ko‘proq miqdor xlor bilan nafas olgan kishi o‘lishi ham mumkin. U havodan 2,5 marta og‘ir. 20°C da bir hajm suvda 2,5 hajm xlor eriydi, natijada xlorli suv hosil bo‘ladi. Misol. Xlorli suvdagi xlorning massa ulushini aniqlang? Yechish: 1. Bir hajm suvda 2,5 hajm xlor eriydi. Demak, 1 l suvda 2,5 l Cl 2 erigan. 1. 1 l suvning massasi: m=1000 ml · 1 g/ml = 1000 g. 2. 2,5 l Cl 2 ning massasi: 22,4 l Cl 2 → 71 g 2,5 l Cl 2 → x g x=7,9 g. 4. Eritmaning massasi: 1000 + 7,9 = 1007,9 g. 5. Eritmadagi xlorning massa ulushi: η = = 7 9 1007 9 0 00783 0 783 , , , , % yoki Kimyoviy xossalari: 137 20-rasm. Xlorning kimyoviy xossalari. a) natriyga ta’siri. b) misga ta’siri. c) temirga ta’siri. d) surmaga ta’siri. Vodorod, metallar, bromidlar va yodidlar bilan o‘zaro ta’sirlashganda xlor oksidlovchidir. Masalan, xlorni natriy bilan o‘zaro ta’sirlashuvi quyi- dagi reaksiya tenglamasi bilan ifodalanadi (20-rasm (a)). 2 2 0 2 0 1 1 0 1 1 Na Cl Na Cl Na Na qaytaruvchi okisdlanadi C e + = → + − − + | ( ) ll Cl oksidlovchi qaytariladi e 2 0 2 1 2 + − → | ( ) Xlor kuchli oksidlovchi bo‘lganligi sababli temir bilan reaksiyaga ki- rishganda uni +3 oksidlanish darajasiga qadar oksidlaydi. (20-rasm.(c)) 2 3 2 0 2 0 3 Fe Cl Fe C + → + 138 Xlor suv va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishganda xlor molekulasi- dagi bitta atom oksidlovchi ikkinchi atom esa qaytaruvchi bo‘ladi. Cl H O HCl HCl O 2 0 2 1 1 + → + − + Ishqorlar bilan reaksiyaga kirishganda ham xlor molekulasidagi bitta atom oksidlovchi, ikkinchi atom qaytaruvchi bo‘ladi. Xlor o‘yuvchi kaliy bilan sharoitga qarab turli moddalarni hosil qiladi. Qaynoq o‘yuvchi kaliy bilan reaksiyaga kirishganda kaliy xlorid va bertole tuzini hosil qiladi. Kaliy xloridda xlor -1, Bertole tuzida xlor +5 oksidlanish darajasiga ega. 3 6 5 3 1 2 2 2 0 5 3 1 2 2 0 10 5 Cl KOH KCl O KCl H O Cl Cl qaytar e + → + + → + − − + | | | u uvchi Cl Cl oksidlovchi e 5 10 2 2 2 1 | | | + − → Sovuq o‘yuvchi kaliy bilan reaksiyaga kirishganda KClO va KCl tu- zlarini hosil qiladi. Cl 2 + 2KOH → KClO + KCl + H 2 O Reaksiya tenglamasini o‘zingiz elektron-balans usuli bilan tenglang. BKM elementlari: xlorning tabiiy birikmalari, olinishi, xlorning ok- sidlanish darajalari, xlor oksidlovchi, xlor qaytaruvchi, xlorid kislota. Savol va topshiriqlar 1. Xlor atomi va xlor ioni Cl – elektron tuzilishida qanday o‘xshashlik va farqlar bor? 2. Xlorning vodorodga va geliyga nisbatan zichligini aniqlang? 3. 3,36 l n.sh.da o‘lchangan xlor qancha temir bilan reaksiyaga kirishadi. Reak- siya natijasida hosil bo‘lgan tuzning tarkibini va modda miqdorini aniqlang. 4. Xlorning sovuq va qaynoq o‘yuvchi kaliyga ta’siri qanday. Reaksiyalar natijasida hosil bo‘lgan moddalar tarkibidagi xlorning oksidlanish darajalarini aniqlang. 5. 5,95 g kaliy bromid tarkibidan bromni to‘liq siqib chiqarish uchun n.sh.da o‘lchangan qancha hajm xlor kerak? 6. Xlorning xalq xo‘jaligida ishlatilishi haqida gapirib bering. 139 35-§. VODOROD XLORID Vodorod xloridning suvli eritmasi kislotali xossani namoyon qilishini qanday izohlaysiz? Xlorning eng muhim birikmalaridan biri vodorod xloriddir. Uning kimyoviy formulasi HCl. Nisbiy molekulyar massasi 36,5. Tuzilish formu- lasi H-Cl, kovalent qutbli molekula, elektron formulasi Olinishi: 1) Sanoatda olinishi. Vodorod xloridni sanoatda olish uchun vo- dorod bilan xlor gazlari o‘zaro reaksiyaga kirishtiriladi. H 2 + Cl 2 = 2HCl 2) Laboratoriyada olinishi. Vodorod xloridni laboratoriyada olish uchun quruq toza natriy xloridga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettiriladi 21-rasmga qarang. NaCl + H 2 SO 4 → NaHSO 4 + HCl↑ Agar reaksiya qizdirish bilan olib borilsa natriy sulfat hosil bo‘lish bilan yakunlanadi. 2NaCl + H 2 SO 4 → Na 2 SO 4 + 2HCl↑ Fizik xossalari. Vodorod xlorid rang- siz, o‘tkir xidli, bo‘g‘uvchi gaz bo‘lib havo- dan biroz og‘ir ( , , ) D = = 36 5 29 1 256 . Suvda juda yaxshi eriydi, ya’ni bir hajm suvda 500 hajm HCl eriydi (22-rasmga qarang). Kimyoviy xossalari: Vodorod xloridn- ing kim yoviy xossalari xlorid kislotaning kimyoviy xossalariga o‘xshaydi. Shuning uchun uning kimyoviy xossalarini keyingi mavzuda batafsil ko‘rib chiqamiz. Ammo xlorid kislotadan farqli holda quruq vodorod 23-rasm. HCl ni sanoatda ol- inishi 140 xlorid metallar va metall oksidlari bilan reaksiyaga kirishmaydi. Ishlatilishi. Vodorod xlorid asosan xlorid kislota ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Xlorid kislotani ishlatilishiga qarang (24-rasm). Xlorid kislota Xlorid kislota vodorod xloridning suvdagi eritmasidir. Olinishi: Xlorid kislotani laboratoriyada olish uchun oddiy reaksiya o‘tkazadi. Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan gaz (HCl) suvga yo‘naltiriladi. Natijada gaz suvda erib xlorid kislotani hosil qiladi. Sanoatda xlorid kislota olish uchun vodorod gazi xlorda yondirilib, hosil bo‘lgan vodorod xlorid suvda eritiladi (23-rasm) Fizik xossalari. Konsentrlangan xlorid kislota rangsiz, o‘tkir xidli (vo- dorod xlorid ajralib chiqayotganligi uchun) suyuqlikdir. Nam havoda tutaydi. Konsentrlangan xlorid kislotaning zichligi taxminan 1,19 g/sm 3 ga teng bo‘lib, 37% li bo‘ladi (Bunday kislotani “tutovchi” kislota ham deyiladi). Kimyoviy xossalari: 1. Kislotalar uchun umumiy bo‘lgan barcha kimyoviy reaksiyalarga kirishadi. 1) Indikator rangini o‘zgartiradi: - binafsha rangli lakmus rangini qizil tusga kiritadi; - ishqoriy muhitdagi pushti rangli fenolftalein rangini rangsizlanti- radi; 141 - metilzarg‘aldog‘ining to‘q sariq rangini qizil rangga kiritadi. 2) Metallarning faollik qatoriga vodoroddan avval turgan metallar bilan reaksiyaga kirishib tuz va vodorodni hosil qiladi. Zn + 2HCl = ZnCl 2 + H 2 Fe + 2HCl = FeCl 2 + H 2 3) Asosli va amfoter oksidlar bilan o‘zaro ta’sirlashadi va tuz bilan suv hosil qiladi. CaO + 2HCl = CaCl 2 + H 2 O; ZnO + 2HCl = ZnCl 2 + H 2 O 4) Asoslar bilan o‘zaro ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladi. Cu(OH) 2 + 2HCl = CuCl 2 + 2H 2 O 5) O‘zidan kuchsiz kislota tuzlari bilan reaksiyaga kirishib, yangi kislota va tuz hosil qiladi. CO 2 CaCO 3 + 2HCl = CaCl 2 + H 2 CO 3 H 2 O 2. Xlorid kislotaning o‘ziga xos bo‘lgan reaksiyalari. 1) Kumush nitrat bilan reaksiyaga kirishib oq cho‘kma (AgCl) ni hosil qiladi. Bu cho‘kma suvda ham kislotada ham erimaydi. AgNO 3 + HCl = ↓AgCl + HNO 3 Xlorid ionini eritmada mavjudligini aniqlash uchun AgNO 3 reaktivdir. 2) Oksidlovchilar bilan reaksiyaga kirishib xlor ioni oksidlanadi va erkin xlor moddasini hosil qiladi. 2 16 2 2 5 8 4 1 2 2 2 0 2 KMnO HCl KCl Mn Cl Cl H O + → + + + − + Ishlatilishi: 142 25-rasm. NaCl ning ishlatilishi 143 24-rasm Xlorid kislota ishlatilishi. Xlorid kislotaning tuzlari xloridlar deyiladi. Xloridlar xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mod- dalardir. Natriy xlorid (osh tuzi) – NaCl. Osh tuzi tabiatda juda ko‘p uchraydi. Uning asosiy massasi dengiz va okeanlar suvida erigan holda bo‘ladi. Qat- tiq kristall holda tosh tuzi shaklida ham uchraydi. Tosh tuzi O‘zbekiston hududida joylashgan Xo‘jaikon, Tubokat, Borsakelmas, Boybichakon, Oqqal’a konlarida uchraydi va qazib olinadi. Osh tuzining qaynash harorati 1413°C, suyuqlanish harorati 800,4°C, zichligi 2,16 g/sm 3 ga teng. Eruvchanligi 0°C da 35,6 g. Osh tuzining turmushdagi ahamiyatini bilasiz. U hayot uchun juda muhim modda. Shuningdek xalq xo‘jaligida eng ko‘p ishlatiladigan mod- dadir (25-rasm). Inson bir kunda taxminan 10 g, bir yilda esa 3,6 kg osh tuzi iste’mol qiladi. Demak, O‘zbekistondagi barcha aholi bir yilda taxminan 90000 t atrofida osh tuzi iste’mol qilar ekan. Butun dunyodagi aholi esa 25 mln t osh tuzi iste’mol qiladi. Download 7.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling