Shartli belgilar F
Download 7.2 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xlorning kislorodli birikmalari
- 1-amaliy ish «Galogenlar» mavzusi bo ‘ yicha tajribaviy masalalar yechish
- “Galogenlar” mavzulari yuzasidan masala, mashq va testlar echish Na’munaviy masala va mashqlar
- Mustaqil echish uchun masala va mashqlar
- VII-BOB. OLTINCHI GURUH BOSH GURUHCHASI ELEMENTLARIGA UMUMIY TAVSIF 37-§. KISLOROD GURUHCHASI ELEMENTLARI
- Oltingugurt oksidlovchi.
- Oltingururt qaytaruvchi.
- Ishlatilishi.
- 38-§. Oltingugurtni vodorodli birikmalari
Kaliy xlorid – KCl. Kaliy xlorid tabiatda karnallit – KCl·MgCl 2 ·6H 2 O, silvinit – KCl·NaCl, silvin – KCl, kainit – KCl·MgSO 4 ·3H 2 O ko‘rinishdagi minerallar tarzida uchraydi. Kaliy xloridning tabiiy minerallari Qashqa- 144 daryo viloyatining Tubokat va Surxondaryo viloyatining Xo‘jaikon kon- larida qazib olinadi. Kaliy xlorid qishloq xo‘jalik ekinlari uchun kaliyli o‘g‘it sifatida muhim ahamiyatga ega. O‘yuvchi kaliy, xlor va xlorning birikmalari ham kaliy xloriddan olinadi. Xloridlarning deyarli barchasi suvda yaxshi eriydi. AgCl, PbCl 2 , CuCl, Hg 2 Cl 2 lar esa erimaydi. Xlorid kislota va xloridlarni aniqlash uchun AgNO 3 eritmasidan foy- dalaniladi. NaCl AgNO AgCl NaNO Na Cl Ag NO AgCl Na NO Cl Ag + =↓ + + + = + + + + − + − + − − + 3 3 3 3 ==↓ AgCl AgNO 3 tuzi xlorid ioni (Cl – ) uchun reaktivdir. Xlorning kislorodli birikmalari Galogenlar, shu jumladan, xlor bir qator kislorodli birikmalarni hosil qiladi. Ammo bu birikmalarni bevosita yo‘l bilan olib bo‘lmaydi. Xlor o‘zining kislorodli birikmalarida +1, +3, +5 va +7 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. Gipoxlorit kislota – HClO beqaror modda bo‘lib, u suyultirilgan eritmalardagina mavjud bo‘ladi. HClO kuchli oksidlovchidir. U asta sekinlik bilan parchalanib atom holdagi kislorodni ajratib chiqaradi. HClO = HCl + O Gipoxlorit kislota juda kuchsiz kislota. Gipoxlorit kislota tuzlari ishqorlarga xlor ta’sir ettirib olinadi. Cl 2 + 2KOH = KCl + KClO + H 2 O So‘ndirilgan ohakga xlor ta’sir ettirib xlorli ohak (oqartiruvchi ohak) 145 olinadi Ca(OH) 2 + Cl 2 = CaOCl 2 + H 2 O CaOCl 2 xlorli ohak uning tuzilish formulasi ko‘rinishda bo‘lib aralash tuzdir. Ya’ni xlorid va gipoxlorit kislota- larning kalsiyli tuzidir. HClO 2 xlorit kislota nihoyatda beqaror, faqat suyultirilgan eritma- lardagina mavjud. Kuchli oksidlovchidir. Tuzlari beqaror, zarb ta’sirida portlaydi. HClO 3 – xlorat kislota, beqaror modda bo‘lib eritmadagina mavjud. Eritmadagi kislota konsentratsiyasi 40% dan ortib ketsa portlab, parchala- nadi. Xlorat kislota va uning tuzlari-xloratlar ham oksidlovchilardir. Qaynoq kaliy gidroksidga xlor ta’sir ettirilsa kaliy xlorat (Bertole tuzi) hosil bo‘ladi. 6KOH + 3Cl 2 = KClO 3 + 5KCl + 3H 2 O Bertole tuzi KClO 3 barqaror modda bo‘lib, oksidlovchi sifatida gu- gurt ishlab chiqarishda, portlovchi moddalarni tayyorlashda ishlatiladi. Laboratoriyada kislorod olish uchun foydalaniladi. HClO 4 – perxlorat kislota. Xlorning kislorodli kislotalari ichida eng kuchli kislotadir. HClO, HClO 2 , HClO 3 , HClO 4 Kislotalik kuchi va barqarorligi ortadi. Oksidlovchilik xossasi kamayadi BKM elementlari: Vodorod xlorid, xlorid kislota, tutovchi xlorid kis- lota, xlor ioniga xos reaksiyalar, xlor ionini oksidlash, gipoxlorid, xlorni ohak, xlorit kislota, xlorat kislota, Bertole tuzi, perxlorat kislota. Savol va topshiriqlar 1. Vodorod xloridning vodorodga va geliyga nisbatan zichligini aniqlang. 146 2. Osh tuzini suvdagi eritmasini elektroliz qilib sanoat uchun muhim bo‘lgan uchta modda: vodorod, xlor va o‘yuvchi natriy olinadi. 11,2 m 3 xlor olish uchun qancha osh tuzi va suv kerakligini hisoblab toping. 3. Xlorid kislota quyidagi moddalarning qaysilari bilan reaksiyaga kirishadi: Zn; Cu; CuO; Cu(OH) 2 ; P 2 O 5 ; Na 2 S; Reaksiya tenglamalarini yozing. 4. 245 g Bertole tuzi olish uchun n.sh.da o‘lchangan qancha hajm xlor kerak? 5. Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi tenglamasini elektron balans usuli bilan tenglang. HCl + MnO 2 → MnCl 2 + Cl 2 + H 2 O 6. 11,2 l xlor olish uchun qancha xlorid kislota kerak? 36-§. FTOR, BROM, YOD Galogenlarning qaysi birikmalaridan foydalangansiz? Qanday maqsadlarda? Ftor, brom va yod elementlari galogenlar oilasining vakillari bo‘lib, tabiatda turli birikmalar holida keng tarqalgan. Ftor – flyuorit (plavik shpat) CaF 2 , kriolit Na 3 [AlF 6 ], ftorapatit 3Ca 3 (PO 4 ) 2 ·CaF 2 yoki Ca 5 (PO 4 ) 3 F minerallar tarzida tabiatda uchraydi. Brom – xlor tutuvchi barcha tabiiy birikmalarga yondosh tarzda minerallar holida va dengiz suvida, yer osti suvlarida uchraydi. Yod – dengiz o‘tlari va dengiz bulutlarida, organik birikmalar, yer osti suvlarida, chili selitrasiga yondosh tarzda yodatlar (NaJO 3 , KJO 3 ) holida tabiatda uchraydi. Galogenlarning barchasi o‘tkir hidga ega, zaharli. F 2 , Br 2 , J 2 mole- kulalari ikki atomli, tartib raqami ortishi bilan atom radiuslari ortib bor- ganligi sababli molekulalar qutblanuvchanligi ortib boradi. Natijada mole- kulalararo dispersion ta’sirlashuv kuchayib brom suyuq, yod qattiq holda bo‘lishiga olib keladi. Bu esa o‘z-o‘zidan yuqori suyuqlanish va qaynash haroratiga ega bo‘lishga sabab bo‘ladi. 147 Ftor juda yuqori kimyoviy faollikka ega bo‘lib, uni erituvchilarda eritish amalda qiyin. Brom va yod suvda juda oz miqdorda, organik erituv- chilarda yaxshi eriydi. Ftor xona haroratida ishqoriy metallar, qo‘rg‘oshin, temir bilan yonib reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda barcha metallar, oltin va platina bilan ham reaksiyaga kirishadi. Vodorod, yod, brom, oltingugurt, fosfor, mishyak, surma, uglerod, kremniy, bor bilan sovuqda ham portlab yoki yonib reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda xlor, kripton va ksenon bilan birikadi. Xe + F 2 = XeF 2 + Q Ftor, kislorod, azot va olmos bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reaksiyaga ki- rishmaydi. Ftor atmosferasida shisha va suv yonib ketadi. SiO 2 + 2F 2 = SiF 4 + O 2 + Q; 2H 2 O + 2F 2 = 4HF + O 2 + Q Brom va yodning kimyoviy faolligi nisbatan sust bo‘lsada odat dagi sharoitda ular ham ko‘pchilik metallar va metalmaslar bilan ta’sirlashadi. Brom, vodorod bilan qizdirilganda, yod esa kuchli qizdirilganda- gina ta’sirlashadi, ammo yuqori haroratda HJ parchalana boshlab, teskari reaksiya sodir bo‘ladi. Bu reaksiya to‘liq oxiriga bormaydi. H 2 + J 2 2HJ – Q Galogenlarning kimyoviy faolligi ftordan astatga tomon sustlashib, ok- sidlovchilik xossasi bosqichma-bosqich kamayib boradi. Bu engil galogenlar- ning oddiy modda sifatida og‘ir galogenid ionlarni oksidlashi, engil galogen oksidlarini og‘ir galogenid ionlar qaytarishni izohlash imkonini beradi: F 2 + 2Cl – → 2F – + Cl 2 Cl 2 + 2Br – → 2Cl – + Br 2 Br 2 + 2J – → 2Br – + J 2 J 2 + 2ClO 3 → 2JO 3 + Cl 2 Ftor, brom, yod tabiatda asosan birikmalar holida uchraganligi 148 uchun galogenlar manfiy zaryadli ionlar holida bo‘ladi. Shuning uchun galogenlarni olish ular ionlarini oksidlash orqali amalga oshiriladi. Bu oksidlovchilar ta’sir ettirish yoki elektr toki ta’sirida erkin galogenlar olish imkonini beradi. Ftor yuqori haroratga chidamli surkov vositalari, kimyoviy reagent- larga chidamli plastmassalar (teflon), sovituvchi suyuqliklar (freon, xla- don) olishda ishlatiladi. Bromdan turli dorivor vositalar, ba’zi bo‘yoqlar, kumush bromid ish- lab chiqarish uchun foydalaniladi. Bromning yetishmasligi insonlarda tur- li asab kasalliklarini keltirib chiqaradi. Asab kasalliklarida, uyqusizlikda bemorlarga bromli dori-darmonlar tavsiya qilinadi. 5% li yodning spirtdagi eritmasi antiseptik va qon to‘xtatuvchi vosita sifatida, bir qator farmatsevtik vositalar olishda ishlatiladi. Savol va topshiriqlar 1. Ftor, brom, yod tabiatda erkin holda uchraydimi? Nima uchun? 2. Bromni metallar bilan o‘zaro ta’sirlashuv reaksiyaning tenglamasini yozing. 3. Galogenlarning nisbiy atom massalari o‘zgarishi bilan fizik va kimyoviy xos- salari qanday o‘zgaradi? 4. Quyidagi o‘zgarishlari amalga oshirish uchun imkon beradigan reaksiyalarni tenglamalarini yozing: a) HCl → Cl 2 → CuCl 2 → Cu(OH) 2 → CuO → Cu b) KBr → Br → HBr → AgBr c) NaBr → NaCl → Cl 2 → J 2 → HJ → AgJ 1-amaliy ish «Galogenlar» mavzusi bo‘yicha tajribaviy masalalar yechish 1. Xlorid kislota tarkibida vodorod hamda xlor ionlari mavjudligini tajriba yo‘li bilan isbotlang. Zarur reaksiya tenglamalarini yozing. 2. Sizga berilgan quruq tuzni natriy xlorid ekanligini tajribalar yor- 149 damida isbotlang. 3. Sizga berilgan probirkadagi eritmaning natriy yodid ekanligini isbotlang. 4. Tajriba yo‘li bilan to‘rt xil usulda rux xlorid tuzini oling. 5. Sizga berilgan quruq tuz namunasini bromid ekanligini isbotlang. 6. Sizga quruq tuz solingan ikkita probirka berilgan. Qaysi probirka- da natriy xlorid, qaysi probirkada natriy karbonat borligini tajriba yo‘li bilan aniqlang. “Galogenlar” mavzulari yuzasidan masala, mashq va testlar echish Na’munaviy masala va mashqlar 1-misol: Osh tuzi va zarur moddalardan foydalanib, qanday qilib kalsiy xlorid hosil qilish mumkin? Tegishli reaksiya tenglama- larini yozing. Yechish: Osh tuzidan HCl yoki Cl 2 olish: HCl olish: NaCl + H 2 SO 4 = NaHSO 4 + HCl Cl 2 olish: 10NaCl + 2KMnO 4 + 8H 2 SO 4 K 2 SO 4 + 5Na 2 SO 4 + + 2MnSO 4 + 5Cl 2 + 8H 2 O 2) HCl ga CaO yoki Ca(OH) 2 ta’sir ettirib CaCl 2 olish: CaO + 2HCl = CaCl 2 + H2O Ca(OH) 2 + 2HCl = 2CaCl 2 + 2H 2 O 3) Xlorga kalsiy ta’sir ettirib ham CaCl 2 olish mumkin: Ca + Cl 2 = CaCl 2 Mustaqil echish uchun masala va mashqlar 1. NaCl, MnO 2 , H 2 SO 4 , KMnO 4 lardan foydalanib necha xil usul bilan xlor olish mumkin. Reaksiya tenglamalarini yozing. 150 2. Noma’lum tuz berilgan. Uni bromid yoki yodid tuzi ekanligini qanday aniqlash mumkin. 3. MnO 2 , KOH, HCl, H 2 O va tegishli jihozlar berilgan. Qanday qilib Bertole tuzi olish mumkin. Kimyoviy reaksiya tenglama- larini yozing. 4. Brom bug‘ining vodorod va havoga nisbatan zichligini aniqlang. 5. Odatdagi sharoitda 100 g suvda 3,6 g brom eriydi va bu suvni bromli suv deb ataymiz. 30,4 g FeSO 4 ni sulfat kislotali muhitda oksidlash uchun qancha bromli suv kerak? 6. Sulfat kislotali muhitda kaliy yodidga 6% li 0,6 l (p=1,04 g/sm 3 ) KMnO 4 eritmasi ta’sir ettirib qancha yod olish mumkin. Test savollari 1. Galogenlar suvda eritilib galogenli suv olinadi. Bu fikr ftorga ham taalluqlimi? A) Ha. Ftorli suv ham olinadi; B) Ha. Faqat qaynoq ftorli suv olish mumkin; D) Ha. 0°C dagina ftorli suv olish mumkin; E) Yo‘q. Ftor suvda mutlaqo erimaydi; F) Yo‘q. Ftor suvda eritilsa kimyoviy reaksiya sodir bo‘lib ftor- ning birikmalarini hosil qiladi. 2. Sariq-qo‘ng‘ir rangli bromli suv orqali vodorod sulfid o‘tkazilsa qanday hodisa sodir bo‘ladi. A) Hech qanday hodisa sodir bo‘lmaydi; B) Eritma rangsizlanib, loyqalanadi; D) Eritma rangsizlanib, tiniqlashadi; E) Eritmadan gaz ajralib chiqadi; F) Eritma isib, qaynay boshlaydi. 3. Vodorodning 3·10 23 ta molekulasi bilan yetarli miqdordagi xlor reaksiyaga kirishib n.sh.da o‘lchangan qancha hajm vodorod 151 xlorid hosil qiladi? A) 44,1 l; B) 22,4 l; D) 11,2 l; E) 5,6 l; F) 2,8 l. 4. Quyidagi gazlarning qaysi biri suvda yaxshi eriydi? A) H 2 ; B) Cl 2 ; D) HCl; E) O 2 ; F) N 2 5. 1s 2 2s 2 2p 6 3s 2 3p 5 elektron formula qaysi galogenga to‘g‘ri keladi? A) F; B) Cl; D) Br; E) J; F) At 6. KMnO 4 + HCl = kimyoviy reaksiya tenglamasini tenglang. Ko- effitsientlar yig‘indisi: A) 17; B) 18; D) 20; E) 32; F) 35 7. Quyidagi qaysi moddada bromni massa ulushi ko‘p? A) KBr; B) KBrO; D) KBrO 2 ; E) KBrO 3 ; F) KBrO 4 8. 11,2 l (n.sh.) vodorod xlorid gazi 100 g suvda eritildi. Hosil bo‘lgan eritmaga 13 g rux ta’sir ettirildi. Reaksiya natijasida n.sh. da o‘lchangan qancha hajm gaz hosil bo‘ladi? A) 5,6 l; B) 71 l; D) 11,2 l; E) 4,48 l; F) 3,36 l VII-BOB. OLTINCHI GURUH BOSH GURUHCHASI ELEMENTLARIGA UMUMIY TAVSIF 37-§. KISLOROD GURUHCHASI ELEMENTLARI Kislorod, gaz, oltingugurt qattiq modda bo‘lish sababini qanday izohlaysiz? Kimyoviy elementlar davriy jadvalining oltinchi guruh bosh guruh- chasi (kislorod guruhchasi)da kislorod, oltingugurt, selen, tellur va polo- niy elementlari joylashgan (Poloniy radioaktiv element bo‘lganligidan un- ing xossalarini radiokimyoda batafsil o‘rganiladi). Kislorod guruhchasi elementlarining atom tuzilishi quyidagicha: 152 + + 8 16 2 2 4 2 16 32 2 2 6 2 2 6 1 2 2 2 2 4 2 8 6 1 2 2 3 O e e s s p He s p S e e e s s p s , / [ ] , , / / 3 3 3 3 3 2 8 18 6 3 4 4 4 4 2 4 0 34 79 10 2 4 0 52 1 p Ne s p d Se e e e e Ar d s p d [ ] , , , [ ] / + + 2 27 10 2 4 0 2 8 18 18 6 4 5 5 5 Te e e e e e Kr d s p d , , , , [ ] / Kislorod guruhchasi elementlarining tashqi energetik pog‘onasida oltitadan elektron bor. Shu sababli bu elementlar o‘zlarining tashqi energetik qavatlarini tu- gal holatga ya’ni sakkizta elektronli holatga keltirish uchun ikkita elektron qabul qilib oladi, natijada -2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Kislorod ftorli birikmasi OF 2 da +2, vodorod peroksid H 2 O 2 da -1 bo‘ladi. Qolgan barcha birikmalarda -2 oksidlanish darajasida bo‘ladi. Oltingugurt, selen va tellurlarning tashqi energetik pog‘onasida bo‘sh xoldagi d orbitallar mavjud. Tashqi qobiqdagi juftlashgan p va s elektron- larning bittadan d-orbitallarga ko‘chib o‘tishi mumkin. S, Se va Te atom- larining holati Tashqi energetik qavatdagi elektronlarni orbital- larda joylashuvi Oksidlanish darajasi Normal holat +2 -2 Qo‘zg‘algan holat +4 +6 S, Se, Te elektron qabul qilib -2 va elektron berib +4, +6 oksidlan- ish darajasini namoyon qiladi. S O Se O Te O S O Se O Te O H S H Se H Te + + + + + + − − − 4 2 4 2 4 2 6 3 6 3 6 3 2 2 2 2 2 , , ; , , ; , , 2 2 2 2 ; , Na S Na S 153 Kislorod ikkinchi davr elementi, uning tashqi energetik qavatida d orbitallar mavjud emas. Shuning uchun u +4, +6 oksidlanish darajalarini namoyon qila olmaydi. Oltingugurt Tabiatda uchrashi: Oltingugurt tabiatda erkin holatda ham, birik- malar ko‘rinishida ham uchraydi. O‘zbekiston hududida ham oltingugurtning tabiiy manbalari mavjud. Hozirgi kunda Respublikamizda ishlab turgan tabiiy gaz va gaz kondensatlarini qayta ishlash korxonalarida oltingugurt va oltingugurt birikmalarini olish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda qazib oli- nayotgan mis rudalari tarkibida oltingugurt, selen, tellurlar ham bo‘ladi. Selen va tellur yarim o‘tkazgichlar, quyosh batareyalari, termoregul- yatorlar tayyorlashda, po‘lat va shishani maxsus navlarini ishlab chiqarish- da asosiy xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Fizikaviy xossalari. Oltingugurt uch xil allotropik shakl o‘zgarishga ega. 154 Tabiatda rombik oltingugurt uchraydi va u sariq rangli qattiq kristall modda bo‘lib suvda erimaydi. Zichligi 2 g/sm 3 bo‘lishiga qaramasdan oltingugurt kukunlari suvning sirtida qalqib yuradi, chunki u suvda xo‘llanmaydi. Qattiq jismlarni suyuqlik sirtida qalqib turishi flotatsiya deb ataladi. Oltingugurt rudalarini “bekorchi jins”lardan tozalash uchun sanoatda flo- tatsiya usulidan keng qo‘llaniladi. Oltingugurt uglerod (IV) – sulfid CS 2 va organik erituvchilarda eriydi. Oltingugurt elektr tokini va issiqlikni yomon o‘tkazadi. 112,8 ºÑ da suyuqlanadi, 444,5 ºÑ da qaynaydi. Qaynash haroratigacha qizdirilgan oltingugurt sovuq suvga quyilsa plastik oltingugurtga aylanadi. Plastik olt- ingugurt cho‘ziluvchan moddadir. Kimyoviy xossalari. Oltingugurt kimyoviy reaksiyalarda oksidlovchi, kislorod bilan reaksiyaga kirishganda esa qaytaruvchi bo‘lib ishtirok etadi. Oltingugurt oksidlovchi. 1) Vodorod bilan reaksiyaga kirishib vodorod sulfidni hosil qiladi. H S H S 2 0 0 1 2 2 + = + − 2) Metallar bilan oltingugurt reaksiyaga kirishib sulfidlarni hosil qiladi. 2 2 3 0 0 1 2 2 0 0 3 2 2 3 Na S Na S Al S Al S Zn S ZnS Fe S FeS + = + = + = + = + − + − ; Oltingururt qaytaruvchi. 155 Oltingugurt, kislorod, xlor va ftorlar bilan reaksiyaga kirishib elek- tron beradi. S O S O S Cl S Cl S F S F 0 0 2 4 2 2 0 0 2 2 1 2 0 0 2 6 1 6 3 + = + = + = + − + − + − Ishlatilishi. Oltingugurt xalq xo‘jaligida juda ko‘p maqsadlarda ish- latiladi. BKM elementlari: oltingugurtni oksidlanish darajalari (-2, 0, +4, +6), selen, tellur, pirit, rux aldamasi, mis yaltirog‘i, gips, taxir tuz, glauber tuzi, rombik S 8 , monoklinik S 8 , plastik S 8 , oltingugurt oksidlovchi, oltin- gugurt qaytaruvchi, flotatsiya. Savol va topshiriqlar 1. Kislorodning muhim tabiiy birikmalari formulalarini yozing? 2. Oltingugurtning tabiiy birikmalarining formulalarini yozing. Bu birikmalarda oltingugurtning oksidlanish darajasi qanday? 3. Oddiy moddalardan foydalanib formulalari Li 2 S, ZnS, H 2 S, SO 2 , CS 2 , SF 6 bo‘lgan murakkab moddalarni hosil qiling. Reaksiya tenglamalarini yozing. 156 Bu birikmalarni hosil bo‘lishida oltingugurt qanday xossani (oksidlovchi yoki qaytaruvchi) namoyon qiladi? 4. Tarkibida 36% alyuminiy va 64% oltingugurt bo‘lgan moddaning formulasini aniqlang? 38-§. Oltingugurtni vodorodli birikmalari Vodorod sulfidning suvli eritmasi nima uchun kislotali xossani namoyon qiladi? Vodorod sulfidning molekulyar formulasi H 2 S, tuzilish formulasi H-S-H, elektron formulasi. Fizikaviy xossalari. Vodorod sulfid rangsiz, o‘tkir hidli (palag‘da tuxum hidi), zaharli gaz. –60°C da suyuqlanadi, –61,8°C da qaynaydi. 1 l suvda 3,85 g H 2 S eriydi (1 hajm suvda 2,5 hajm). Vodorod sulfidni suvdagi eritmasi sulfid kislota deyiladi. Download 7.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling