Shashmaqom
Download 212.5 Kb.
|
maqom iborasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining ilmiyligi
Kurs ishining maqsadi:
Ma'lumki, Markaziy Osiyo qadim qadimlardayoq madaniyat o`chog`i, ilm-fan rivoj topgan zamin sifatida malum va mashhur edi. Bu erda etishib chiqqan buyuk olimlar jahon fani, me'morchiligi, adabiyoti va san'ati rivojiga katta hissa ko`shib kelganlar. Shular qatori musiqa san'ati ravnaqida ham ana shu insonlarning ulushi katta bo`ldi. Aytish mumkinki, biz bugun Maqom san’atideya atab e'zozlayotgan boy mumtoz musiqamizning shakllanishi, takomillashuvi, umuman taraqqiyoti o`sha davrlarda boshlangan. Dastlab o`n ikki maqom, keyinchalik esa Maqom san’atishaldidagi bu merosning asosi etuk bastakorlar, sozanda-yu xonandalar tomonidan bunyod etilgan va takomiliga etkazilgan. Kurs ishining ilmiyligi: Maqom san’ati o`z-o`zidan bugungidek bir mukammal, yaxlit holga kelib qolmagan. Bu noyob meros musiqa bilan hayotini chambarchas bog`lagan, bu dunyoning bari go`zalliklarini moziyoning o`zi qadar ko`hna ohanglarini tinglab his etgan insonlarning mashaqqatli izlanishlari evaziga bugungidek bir go`zal holga kelgan. Buxorolik mashhur sao`atkorlari, maqom san'atining etuk bilimdonlari va ijrochilari bo`lmish Ota Jalol Nosirov, Ota G`iyoz Abdug`ani, Levicha hofiz, Domla Halim Ibodov, Samarkandlik Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Toshkentlik Mulla To`ychi hofiz va Shorahim Shoumarovlar bu merosning targ`ibotchilari sifatida tarixda qoldilar. O`zbek maqomlarining etuk bilimdoni, akademik Yunus Rajabiy ham maqom ijrochiligini takomillashtirgan, ularni keng ommaga etkazishda jonbozlik qilgandi. U ilk bor O`zbekiston radiosi qoshida tashkil etgan va o`zi ko`p yillar boshqargan, uning muborak nomi bilan ataluvchi professional maqomchilar ansambli faoliyatini yuqoridagi fikrimizga dalil sifatida keltirib o`tishimiz mumkin. Yunus Rajabiyning yana bir buyuk xizmati - u "maqom"ni to`laligicha notaga tushirdi va yozib oldi, keyinchalik kitoblar va gramyozuvlar shakllarida nashr ettirdi. Maqomchilik san'atining namunalari O`zbekiston radiosi oltin fondidan joy oldi, Maqom san’atinomli badiiy-musiqali filmlar ishlab chiqarildi. Bu ulkan ishlar "Shashmaqom"ni saqlashga va rivoj topishiga zamin bo`lib kelmoqda. O`zbekistonda tashkil etilgan, har to`rt yili o`tkaziladigan Yunus Rajabiy nomidagi Respublika va Halqaro miqyosidagi maqom ijrochilari va maqom ansambllari tanlovlari ham "Shashmaqom"ning kelajagini o`ylab qilingan omildir. Bu tanlovlar ko`plab iste'dod egalarini yurtimizga tanitdi. Bugungi kunda O`zbekiston Davlat konservatoriyasi, musiqa va san'at kollejlari, akademik litseylari va maxsus musiqa maktablari ao`anaviy ijrochilik bo`limlarida yuzlab iqtidorli yig`it va qizlar maqom sirlarini o`rganmoqdalar. Halqimizning boy musiqa merosi maqomlarimiz Markaziy Osiyo musiqa madaniyatining yuzaga kelishida, shakllanishida asosiy manba vazifasini o`tadi, desak mubolag`a bo`lamiz. Chunki uning noyob ohanglari, dilkash navolari va chuqur mazmuni sheriy matnlarini inson ruhiyatiga ozuka beruvchi manba ekanligini qayta-qayta ta'qidlash mumkin. XX asrda maqomchilik san'ati rivoji milliy negiz uyg`unligi holda yanada taraqqiy topdi. O`zbekiston va Tojikistonda "Shashmaqom"ning yangi milliy udumlari paydo bo`lishi ham serqirra maqom ao`analarini nafaqat saqlanish va himoya qilish, balki yanada yuksalishiga olib keldi. Download 212.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling