FAOLIYATNING INTERIORIZATSIYALASH VA
EKSTERIORIZATSIYALASHUVI
Tashqi, real harakatdan ichki, ichki timsoliy harakatga o`tish jarayonini
INTERIORIZATSIYA (tom ma`nosi bilan aytganda, ichki tarzga aylanish) deb
atashadi. Interiorizatsiya tufayli kishi psixikasi ma`lum bir vaqt ichida uning nazari
e`tiborida bo`lmagan narsalarning obrazi(timsoli)dan foydalanish qobiliyatiga ega
bo`ladi.
Biz
ichki,
psixik
faoliyatni
tashqi,
konkret
faoliyatning
interiorizatsiyalashuvi natijasi deb hisoblash mumkinligini ko`rib chiqdik. Shunga
muvofiq tarzda tashqi, konkret faoliyatni ham ichki, psixik faoliyatning
eksterizatsiyalashuvi (tom ma`nosi bilan aytganda, ichki tarzga aylanishi) deb
qarash mumkin ("eksternus" - "tashqi" degan ma`noni anglatadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |