Shaxs faoliyati
Download 257.29 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaxs-faoliyati
FAOLIYATNING O`ZLASHTIRILISHI. MALAKALAR. HARAKATLARNING AVTOMATLASHTIRILISHI VA MALAKALARNING HOSIL BO`LISHI Har qanday harakatni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan mushaklar qisqarishi va cho`zilishi bilan bog`liq murakkab bog`lanishlar anglanilmagan bo`ladi. Biroq, odatda, harakatlarning pirovard maqsadlari, shuningdek ularning umumiy xarakteri hamisha anglanilgan bo`ladi. Buning aksi ham yuz berishi mumkin, bunda harakatning ma`lum bir jihatlari oldiniga mayda - chuydalariga qadar to`la, ongli ravishda idora qilinishini takozo etadi, sungra esa ong borgan sari kam ishtirok etgani holda bajarila boshlaydi, bunday xollarni ishning bajarilishi AVTOMATLAShADI deyiladi. Kishi maqsadga muvofiq tarzdagi harakatlarni amalga oshirish va boshqarishning aynan shu tarzda qisman avtomatlashuvi MALAKA deb ataladi. Biz aynan harakatlarning anglanilmagan holdagi boshqarilishi tugrisida SO`Z yuritayotirmiz, negaki, faoliyatni boshqarish bilan harakatlarni boshqarish bir xildagi narsa emas. Harakatlarning tobora ko`proq darajada avtomatlashuvi ayni chogda ushbu harakatlarni ham o`z tarkibiga olgan faoliyatning ongli ravishda boshqarilishining oshishi bilan birga yuz beradi. Download 257.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling