Shaxs faoliyati
Download 257.29 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaxs-faoliyati
KO`NIKMALAR Har qanday xulq - atvor yangi sharoitlarga yoki ob`ektlarga nisbatan operatsiya (amal)larni ko`chirish asosida tarkib topadi. Ko`chish esa shart - sharoitlar yoki narsalarning faoliyat maqsadlari uchun muhim bo`lgan belgilar bo`yicha o`xshashligiga tayanadi. Bu o`xshashlik anglanilgan yoki anglanilmagan bo`lishi mumkin. Faoliyat qanchalik murakkab, maqsadlar qanchalik uzoqroq vaqtga mo`ljallangan hamda ular ob`ektlarining qanchalik ko`proq o`zgartirilishini talab qiladigan bo`lsa, muvaffaqiyatli ko`chishni ta`minlash uchun zarur bo`lgan oraliq aqliy faoliyati shunchalik keng tus kasb etadi. Lekin har qanaqa holda ham bunday ko`chish ko`nikma, ya`ni qo`yilgan maqsadga muvofiq tarzda harakat usullarini tanlash va amalga oshirish uchun mavjud bilimlar va malakalardan foydalanish deb hisoblash mumkin. Ko`nikma eksteriorizatsiya qilishni, bilimlarning jismoniy harakatga mujassamlashuvini takozo etadi. Uning boshlanish nuqtasi axborotning yuksak darajada, ya`ni ongda qayta ishlashidan iboratdir. Amaliy harakatlarning ana shu yuksak darajadagi faoliyati natijalari bilan yo`naltirib turilishi esa uning yakunini tashqil etadi. "Ko`nikma" atamasi faoliyat sub`ektining o`zida mavjud bilimlar va malakalar bilan maqsadga muvofiq boshqarilishi uchun zarur psixik va amaliy harakatlarning murakkab tizimi egallab olinishini ifodalaydi. Bu tizim vazifa bilan bog`liq bilimlarning tanlanishini, vazifa uchun muhim bo`lgan xususiyatlarning ajratilishini, shu asosda vazifaning bajarilishiga imkon beradigan tub o`zgartirishlar tizimi aniqlanishini, ana shu o`zgartirilishlarning amalga oshirilishini, qo`yilgan maqsad bilan uning natijalarini taqqoslagan holda nazorat qilib va shu asosda bayon etilgan jarayon to`grilab borilishi o`z ichiga oladi. Ko`nikmalarning tarkib topishi bilimlarda mujassamlashgan axborotni va narsadan olinadigan axborotni qayta ishlash jarayonlarining, ana shu axborotni aniqlash, uni harakat bilan taqqoslash va o`zaro bog`lash jarayonlarining butun bir tizimi egallanishini bildiradi. Bu xildagi shakllantirish, ya`ni ko`nikmalarga o`rgatish jarayoni turli yo`llar bilan amalga oshirilishi mumkinligini qayd qilib o`tish zarurdir. Bu yo`llarni bir - biridan farq qiluvchi ikkita holatga ajratish mumkin. Birinchi holatda urgatilayotgan kishi zarur bilimga ega bo`ladi. Uning oldiga bu bilimlardan maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi kuyiladi. Kishining o`zi sinab ko`rish va xatolarga yo`l quyish orqali tegishli mo`ljal olgan, axborotni qayta ishlash vositalari va faoliyat usullarini topgan holda uning echimini izlaydi. Garchi bu yo`lning samaradorligi past bo`lsa ham, bugungi kunda u ta`lim jarayonida eng ko`p qo`llaniladigan yo`l ekanligini qayd qilamiz. Ikkinchi yo`l shundan iboratki, ta`lim berayotgan kishi o`quvchining bilimlarni kullash uchun zarur bo`lgan psixik faoliyatni boshqarib boradi. Bu holda pedagog o`quvchini belgilar va jarayonlarni tanlash mo`ljallari bilan tanishtiradi, qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun olingan axborotlarni qayta ishlash va undan foydalanish yuzasidan o`quvchining faoliyatini uyushtiradi. Bu yo`l hozir pedagogik psixologiyada jadal tadqiq qilinmoqda. Download 257.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling