Shaxs faoliyati
Download 257.29 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaxs-faoliyati
TA`LIM Bolaning "odamga aylanguncha" egallagan hamma narsani o`rganishdan, ya`ni tajribani o`zlashtirib olishdan iboratdir. Insonning hatti-harakatlari biologik tajriba bilan belgilanmaydi, balki sosial tajriba bilan belgilanadi. Lekin sosial tajribani biologik yo`l bilan berib bo`lmaydi. Sosial tajriba organizmning xususiyatlariga bog`liq bo`lmay, balki inson yashab turgan jamiyatning xususiyatlariga bog`liqdir. Biologik yo`l bilan nasliy jihatdan sosial tajribani va insoniy ish-harakat shakllari hamda faoliyatlarini organizmning amaliy o`zlashtirishi uchun kerakli bo`lgan faqat ma`lum xususiyatlari berilishi mumkin. Taraqqiyot davomida shunday vaqt keladiki, unda bolaning hayotiga alohida faoliyat turi kirib keladi. Bu faoliyatning shunday turiki, uning bevosita maqsadi ma`lum informatsiyalar, harakatlar va ish-harakatlar shakllarini o`zlashtirishdan iboratdir. Sub`ektning o`z maqsadi o`rganishdan iborat bo`lgan mana shunday maxsus faoliyatni TA`LIM (O`QUV) deb ataladi. Ta`lim faoliyati o`z tarkibiga quyidagilarni oladi: a) ma`lum bir ideal va amaliy faoliyat turini muvaffaqiyat bilan tashqil qilish uchun narsa va hodisalarning zarur xususiyatlari haqidagi informatsiyalarni o`zlashtirish ( bu jarayonning mahsuloti bilimdir); b) mana shu faoliyat turlarini yuzaga keltiradigan usul va operatsiyalarni o`zlashtirish (bu jarayonlarning mahsuloti malakalardan iborat bo`ladi); v) ko`zlangan maqsad va berilgan masala shartiga mos ravishda to`g`ri yo`l va operatsiya tanlash hamda nazorat qilish uchun ko`rsatilgan informatsiyalardan foydalanish usullarni egallash (bu jarayonning mahsuli - ko`nikmadan iborat bo`ladi). Shunday qilib, insonning ma`lum bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirishda ongli maqsad bilan boshqariladigan barcha harakatlari ta`lim bilan bog`liq bo`ladi. Ta`lim jarayoni insoniyatning ijtimoiy tajribasini o`zlashtirishga yo`naltirilgandir. O`quv faoliyati o`quvchilarga, yoshlarga bilim berib qolmay, ularni o`z harakatlarini, operatsiyalari va malaka, tajribalarni, bilish jarayonlarini boshqarish o`rgatishga yo`naltirilgan. O`quv faoliyati odamni mehnat faoliyatiga tayyorlaydi.
Mehnat ma`lum ijtimoiy foydali moddiy yoki ma`naviy mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iboratdir. Mehnat faoliyati odamning asosiy, etakchi faoliyatidir. Kishilarning mehnat faoliyati o`z mohiyati jihatidan ijtimoiydir. Jamiyat ehtiyojlari mehnat faoliyatini tarkib toptiradi, uni aniqlaydi, yo`naltiradi, uni aniqlaydi va boshqaradi. Mehnat taqsimoti tufayli, bironta kishi ham o`ziga kerakli narsalarni o`zi to`liq, oxirigacha ishlab chiqarmaydi. Odam jamiyat uchun kerakli, jamiyat talab qilgan (ehtiyojga ko`ra) narsalarni ishlab chiqaradi. O`zi uchun kerakli narsalarni esa o`z mehnati evaziga jamiyatdan oladi. Shaxsning ehtiyojlarining qondirilish mexanizmi va shakllari jamiyatda xukmron bo`lgan ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Shunday ekan, odamning mehnatda bajaradigan ish-harakatlari biologik ehtiyojlar bilan belgilanmaydi, balki ko`zlangan ishlab chiqarish MAQSADI hamda bu maqsadni amalga oshirishda uning boshqa kishilarga munosabatlari bilan belgilanadi. Mehnat jarayonining bunday xususiyatlari inson faoliyati va hayvonlar hatti-harakatlar orasida katta tafovut borligini ko`rsatib turibdi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling