Shaxs faoliyati
FAOLIYAT VA UNING MAQSADLARI HAQIDA TUSHUNCHA
Download 257.29 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaxs-faoliyati
FAOLIYAT VA UNING MAQSADLARI HAQIDA TUSHUNCHA
Agar hayvonlarning hatti - harakati butunlay atrof muhit bilan belgilansa, kishining faolligi uning ilk yoshlaridanok butun insoniyat tajribasi va jamiyat talablariga ko`ra yo`naltirib boriladi. Hatti - harakatning bu turi shu qadar o`ziga xoslikka egaki, psixologiyada uni atash uchun maxsus termin - FAOLIYAT termini qo`llaniladi. Faollikning bu, alohida maxsus insoniy turining farq qiluvchi psixologik belgilari nimalardan iborat? Bu farq qiluvchi belgilardan biri shundan
iboratki, faoliyatning mazmuni uni keltirib chiqargan ehtiyoj bilangina belgilanmaydi. Basharti motiv sifatida ehtiyoj faoliyatga turtki berib, uni ragbatlantirar ekan, u holda faoliyatning shakllari va mazmuni ijtimoiy shart - sharoitlar, talablar va tajriba bilan belgilanadi. Masalan, kishini ishlashga undagan motiv (sabab) ovqatga nisbatan ehtiyoj tugulishidan ham kelib chiqishi mumkin. Lekin odam stanokni, masalan, uning ochligini bartaraf etish uchun emas, balki bu unga topshirilgan detalni tayyorlash imkonini bergani uchun ham boshqaradi. Uning faoliyati mazmuni shunchaki ehtiyoj bilan emas, balki maqsad bilan - jamiyat talab kilayotgan muayyan mahsulotni tayyorlash bilan belgilanadi. Kishining nima uchun muayyan tarzda harakat kilayotgani, u nimani kuzlab ish kilayotganiga mos kelmaydi. Uni faoliyatga undovchi xoxish istaklar, sabablar bilan ushbu faoliyatni yo`naltiruvchi bevosita maqsad bir - biriga to`g`ri kelmaydi. Download 257.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling