FAOLIYATNING O`ZLASHTIRILISHI VA MASHQLAR
Harakat usullaridagi bu o`zgarishlar qanday yuz beradi va ularning
psixologik mexanizmi qanday? Bu mexanizmning asosini tadqiqot qilishga
o`rinish va tanlash tashqil etadi. Kishi muayyan harakatni bajarishga o`rinib kuradi
va uning natijasini nazorat qiladi. Muayyan harakatlar yoki faoliyat turlarini
o`zlashtirish maqsadida ularni anglagan tarzda, ongli ravishda nazorat qilishga va
tuzatishga asoslangan holda ko`p martalab takroran bajarish faoliyati MAShQ deb
ataladi. Mashq qila borgan sari kishi harakatlari xarakterining o`zgarishi bu
harakatlarni bajarish chog`ida ruy beradigan psixik faoliyati tuzilishida yuz
beradigan o`zgarishlarni ham aks ettiradi. Ongli tarzda nazorat qilinib va tuzatilib
turiladigan har bir yangi urinish faqat harakat usullari va vazifalarini eslab
qolishdagina aks etmaydi. Odatda u vazifani tekshirish usullarining, uni hal qilish
va tuzatish yo`llarining ham o`zgarishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |