Shaxs faoliyati


Download 257.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana08.01.2022
Hajmi257.29 Kb.
#243158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Shaxs-faoliyati

MALAKANING TUZILISHI 

Harakatning qisman avtomatlashuvi tufayli uning tuzilishida ruy beradigan 

o`zgarishlar quyidagilardan iboratdir. 

1.  Harakatlarning  ijro  etilishi  usullari  o`zgaradi.  Bunga  qadar  o`z  xolicha 

yuz berib kelgan qator juz`iy (yoki alohida) harakatlar yagona jarayonga aylanadi. 

Uning  tarkibiga  kiruvchi  alohida  sodda  harakatlar  o`rtasida  tusiqlar  va  uzilishlar 

kamayadi  va  butunlay  yo`qoladi.  Masalan,  mashina  haydayotgan  shogirdda 

"bosqichma-bosqich  harakat"  sifatida  bajariladigan  tezlikni  o`zgartirish  jarayoni 

tajribali  shofyor  tomonidan  bir  marta  qo`lni  silliqqina  ishlatgan  holda  bajariladi. 

Ortiqcha  va  keraksiz  harakatlar  bartaraf  etiladi.  Jumladan,  o`quvchi  yozuvni 

o`rgana  boshlagan  paytda  bu  jarayonni  bajararkan,  ko`plab  ortiqcha  harakatlar 

qiladi:  tilini  chiqaradi,  gavdasini  qimirlatadi,  boshini  engashtiradi  va  hokozo. 




Harakat jarayoni o`zlashtirib olingandan keyin barcha ortiqcha harakatlar yo`qolib 

ketadi. Mujassamlashuv yuz beradi, ya`ni harakatlarni ikkala qo`l (oyoq) bilan bir 

vaqtning  o`zida  bajarish  boshlanadi.  Pirovardida  harakatlarni  bajarish  sur`ati 

tezlashadi. 

Shunday 

qilib, 


harakatlarni 

o`zlashtirish 

jarayonida 

uning 


harakatlantiruvchi  barcha  jihatlari:  harakatlar  tarkibi  (u  soddalashadi), 

harakatlarning  izchilligi  (u  uzluksiz  bajariladigan  bo`ladi)  va  harakatlarning 

uygunligi  (ular  bir  vaqtning  o`zida  bajariladigan  bo`ladi),  shuningdek  ularning 

tezligining mumkin qadar rejali bo`lishiga imkon tug`iladi.  

2.  Harakatni  sensor  nazorat  qilish  usullari  o`zgaradi.  Harakatlarning 

bajarilishini ko`rish orqali nazorat qilish ko`proq mushaklar yordamida (kinestetik) 

nazorat  bilan  almashadi.  Bunga  tajribali  mashinistkaning  harflarga  qaramasdan 

yozishi,  malakali  slesarning  iskanani  bolg`a  bilan  urayotganda  ko`rish  nazoratini 

ishga solmasligi (slesar bolg`ani urayotib, iskananing qalpog`iga emas, balki uning 

tig`iga  qarab  turadi)  va  shu  kabilar  oddiy  misol  bo`la  olishi  mumkin. 

Harakatlarning  xarakterini  belgilaydigan  turli  xildagi  o`lchamlarning  nisbatini 

baholash  imkonini  beradigan  maxsus  sensor  sintezlar  hosil  bo`ladi.  Shofyorda 

motorning  shovkinida  uning  qanchalik  kuch  bilan  ishlayotganini  bildiradigan 

belgilarni  ajratish  qobiliyati,  po`lat  erituvchida  metallning  tarkibini,  rangining 

tovlanishiga qarab ajratish qobiliyati rivojlangan va hokozo.  

Shunday  qilib,  harakatlar  o`zlashtirila  borgan  sari  uning  natijalarini  va 

bajarilish  sharoitlarini  yanada  aniqrok  va  tezroq  bevosita  sifatli  nazorat  qilish 

uchun imkoniyatlar tug`iladi.  

3.  Harakatni  markaziy  boshqaruv  usullari  o`zgaradi.  Diqqat  ish-amalning 

usullarini  idrok  etishdan  ozod  bo`ladi,  u  harakatning  asosan  sharoiti  va  natijasiga 

qaratilgan bo`ladi. Ba`zi hisob - kitoblar, echimlar va aqliy mehnat talab qiladigan 

boshqa jarayonlar tez va birga kushilgan holda (faxmlangan) tarzda amalga oshirila 

boshlaydi.  Jumladan,  shofyor  dvigatelning  ortiqcha  kuch  bilan  ishlayotganini 

uning  tovushidanoq  sezib,o`ylab-netib  o`tirmasdanoq,  uning  harakatini  qaysi 

tezlikka  ko`chirish  kerakligini  darhol  tushinib  etadi;  apparatchi  asboblarining 

ko`rsatkichini  ukibok,  uning  ishlashida  ruy  beradigan  buzilishlarini  va  ularni 




bartaraf  etish  uchun  nimalar  qilish  kerakligini  fahmlaydi.  Qo`llanilishi  lozim 

bo`lgan  usullarning  butun  boshli  zanjirini  yoki  turlarini  ana  shu  tarzda  ong 

yordamida oldindan ko`ra bilish ANTITSIPATSIYA deb ataladi.  

 


Download 257.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling