Shaxs faoliyati


FAOLIYATNING ASOSIY TURLARI. O`YIN


Download 257.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana08.01.2022
Hajmi257.29 Kb.
#243158
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Shaxs-faoliyati

 

FAOLIYATNING ASOSIY TURLARI. O`YIN 

Hayotining  birinchi  yillaridayok  bolada  faoliyatning  oddiy  shakllarini 

o`zlashtirishi  uchun  dastlabki  shart  -  sharoitlar  tarkib  topa  boshlaydi.  Ulardan 

birinchisi  o`yin  faoliyati  hisoblanadi.  Ma`lumki,  o`yin  faoliyatini  hayvonlarning 

bolalarida  ham  kuzatiladi.  Bu  -  ularning  turli  xildagi  xarxashalaridan,  urishishni 

taqlid  qilishi,  u  yoqdan  -  buyoqqa  chopishi  va  hokozolardan  iboratdir.  Hayvon 

bolalarining  o`yin  jarayonidagi  kiligini  avvalo  ularning  organizmidagi  faoliyatga, 

jamlangan  kuch  -  kuvvatni  sarflashga  bo`lgan  ehtiyojni  qondirishi  deb  qarash 

mumkin.  Agar  hayvon  bir  muncha  vaqt  mobaynidan  o`ynaydigan  sherigidan 

mahrum  etib  qo`yilsa,  keyinchalik  uning  qo`zg`alishi  va  o`yin  faoliyati  keskin 

kuchayadi,  ya`ni  tegishli  kuch  quvvat  to`plangani  kabi  hodisa  ruy  beradi.  Bu 

hodisa "o`yinga to`ymaslik" deb ataladi.  

O`yin  faoliyati  bilan  organizmda  kuch  -  quvvat  almashinuvi  o`rtasidagi 

bog`lanish  o`yinga  nisbatan  mayilning  tug`ilishiga  olib  keladi.  Lekin  o`yin 

faoliyati  ruyobga  chiqaradigan  chiqaradigan  fe`l  -  atvor  shakllari  qanday  va 

qaerdan  paydo  bo`ladi?  Kuzatishlar  shuni  ko`rsatadiki  ularning  ba`zi  birlari, 

masalan, mushukchadagi "sichkon ovlash" ishtiyoki hayvonning tug`ma instinktiv 

harakatlari jumlasiga kiradi. Boshqa bir xillari esa, masalan, shimpanze bolasining 

katta  yoshdagi  maymunlar  va  odamlarning  harakatlarini  takrorlashi  taqlid  qilish 

orqali yuz beradi. Uchinchi bir xili tevarak - atrofdagi olam bilan o`zaro birgalikda 

harakat qilish jarayonida hayvonlarning o`zlari tomonidan topiladi.  

Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, o`yin bolalarda ham o`z faolligini ro`yobga 

chiqarish shakli, hayot kechirish va faoliyat ko`rsatish shakli bo`lib xizmat qiladi. 

Bolaning o`yin harakatlari avval boshdanoq buyumlardan foydalanishning insoniy 

usullari va amaliy xulq - atvorining katta yoshdagilar bilan muloqot jarayonida va 

katta  yoshdagilar  raxbarligida  o`zlashtirilib  olinadigan  insoniy  shakllari  zamirida 

rivojlanib boradi. 



Bola  o`z  tajribasida  qurol  buyumlar  bilan  bir  vaqtning  o`zida  boshqa 

turdagi  buyumlar  -  o`yinchoqlarga  duch  keladi.  O`yinchoqlarni  ishlatishning 

insoniy usuli - o`yin, yana ular yordamida allaqanday boshqa, haqiqiy buyumlar va 

harakatlarning ifoda etishdir. Katta yoshdagilar bolalarni o`yinchoqlardan ana shu 

tarzda  foydalanishga  o`rgatadi.  Ular  bolaga  kugirchokka  qanday  suv  ichirilishini, 

uni  qanday  qilib  tebratish  kerakligni,  sayr  qildirishni,  o`yinchoq  ayik  bolasini 

qanday  ovqatlantirishni, mashinani  qanday  qilib haydash kerakligini ko`rsatishadi 

va hokozo.  

Lekin  bolada  o`yinchoqqa  nisbatan  "haqiqiy"  buyumning  tasviri  sifatidagi 

munosabatning o`zi o`yin faoliyatiga faqat SO`Z aralashuvi munosabati bilan hosil 

bo`ladi.  Bola  so`zning  ahamiyatini  amaliy  harakatlar  orqali  yoki  katta 

yoshdagilarning  harakatlarini  kuzatish  natijasida  o`zlashtirib  olgan  holda  SO`Z 

bilan  birgalikda  bu  harakatlarni  o`ynaydigan  buyumlariga  ko`chiradi.  Bu  o`rinda 

o`yin faoliyati buyumning ahamiyatini belgilaydigan harakatlarni o`sha buyumning 

o`zidan  ajratishdan  va  bu  harakatlarni  boshqa  buyumga  -  o`yinchoqka 

ko`chirishdan  iborat  bo`ladi.  O`yin  faoliyati  tufayli  so`zning  ahamiyatini 

buyumning  tashqi  ko`rinishidan  amalda  ajratiladi  va  bu  mohiyat  buyum  ustidagi 

harakatlar  bilan,  uning  kishi  faoliyatidagi  vazifasi  bilan  bog`lanadi.  Buyumlarga 

bo`lgan  munosabat  odamlarning  buyumlarga  nisbatan  funktsiyalari  sifatida 

nomoyon bo`la boshlaydi. Rolli o`yinlar paydo bo`ladi. Rolli o`yinlarda bola katta 

yoshdagi kishilarda o`zi kuzatgan ijtimoiy funktsiyalarini, ularning shaxs sifatidagi 

xulq  -  atvorini  aynan  takrorlaydi.  Jumladan,  ikki  yashar  qizcha  qo`g`irchoqni 

ovqatlantirar  ekan,  OVQAT  edirish  o`yini  bilan  ovora  bo`lsa,  to`rt  yoshar  bola 

qo`g`irchoqni  ovqatlantirayotganda  kizini  ovqatlantiradigan  ona  bo`lib  o`ynaydi. 

Bunda  o`yin  mazmuni  konkret  harakatlarni  tasvirlashdan  odamlar  o`rtasidagi 

munosabatlarni  tasvirlashga  tobora  ko`proq  ko`chiriladi.  Bunda  bola  narsalarning 

hatti-harakatlari  u  foydalanayotgan  narsalarning  xususiyatlari  bilan  emas,  balki 

ularning  vazifalari  haqidagi  tasavvurlar  bilan  boshqariladi.  Boshqacha  qilib 

aytganda, bolada o`z hatti-harakati o`yinning sosial roli va unga tegishli harakatlar 

haqidagi  tasavvurlar  bilan  boshqarish  qobiliyati  tarkib  topadi.  Bola  rolli 




o`yinlarning  rivojlangan  bosqichiga  kelib,  boshqa  bolalar  bilan  o`zaro 

munosabatga  kirishadi.  O`yin  paytida  rollarni  taqsimlab,  qabul  qilingan  rollarga 

mos  holda  bir-birlariga  murojat  etib,  bolalar  sosial  hatti-harakatlarni,  o`z 

harakatlarini jamoa talabiga buysundirishni bilib oladi.  

O`yinlarning  navbatdagi  bosqichida  -  QOIDALI  O`YINLARDA  -  ish-

harakatlarning mazkur hislatlari yanada rivojlanadi. Lekin endilikda ish-harakatlar 

abstrakt  talablar  yoki  qoidalar  asosida  bajariladi.  Aslini  olganda  bu  o`rinda 

o`yindan xulosa boshlanadi. Ijtimoiy belgisiga ko`ra u o`yinga o`xshab qolsa ham 

(faoliyat  hali  ham  foydali  mahsulot  bermaydi),  lekin  psixologik  strukturasiga 

ko`ra,  faoliyat  mehnatga  (maqsad  faoliyatning  o`zi  emas,  balki  uning  natijasiga 

qaratilgan) va o`qishga (maqsad o`yinni o`zlashtirishdan iborat) yaqinlashadi.  


Download 257.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling