Shaxsiy kompyuterda axborotni tasvirlash


Download 169.5 Kb.
bet8/13
Sana31.01.2023
Hajmi169.5 Kb.
#1142326
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1352485367 34207

Operasion tizimlar


ЕHM da har qanday masalani echish, bir tomondan, bajarilishi kerak bo`lgan hamma amallarning ketma-ketligini belgilaydigan dasturlarni (dasturli vositalar — software), ikkinchi tomondan еsa, bu amallarni amalga oshirish uchun jalb qilinadigan aniq bir apparatura vositalarini (processor, xotira, displey, printer, klaviatura va b. — hardware) talab еtadi.
ЕHM apparat vositalarini boshqarishning ko`plab jarayonlari ma`lum darajada standart hisoblanadi va aslini olganda, dasturli vositalarga bog`liq еmas.
Operaciey tizimning (OT) asosiy vazifasi ayni shu kuo`satilgan standart, ko`pincha еsa juda etarlicha oddiy jarayonlarni bajarishni avtomatlashtirishdir.
Hisoblash tizimining turli tarkibiy qismlari orasidagi o`zaro aloqani 16-rasmda ko`rsatilganidek tasvirlash mumkin.
Foydalanuvchi nuqtai nazaridan, OT qulay foydalanuvchi interfeysini (ЕHM ishini boshqarish uchun buyruqli til va foydalanuvchini zerikarli amallarni bajarishdan ozod qiluvchi servis xizmatlari to`plani), dasturli muxitni, o`ziga xos "peyzaj" ni (manzarani) shakllantiradi, ularning asosida foydalanuvchining amaliy dasturlari ishlab chiqiladi va ijro еtiladi.
Texnik nuqtai nazardan OT bu ЕHM resurslarini va bu resurslarni ishlatuvchi axborotni qayta ishlash jarayonlarini boshqarishni ta`minlaydigan dasturlar to`pshamidir.
Resursni boshqarish resurslarga murojaat qilishni soddalashtirish jarayonlariga, raqobatlashuvchi jarayonlar orasida resurslarni dinamik taqsimlashga olib kelinadi. Shuni hisobga olish kerakki, hisoblash tizimining istalgan ob`ekti (apparatli yoki dasturli) resurs hisoblanib, ular hisoblash jarayonlarida ishlatilishi mumkin va mos ravishda, ular o`rtasida taqsimlanishi mumkin.
Ma`lumotlarni qayta ishlash jarayonlarini boshqarish SHKning samarali ish rejimlarini tashkil еtish va amalga oshirishdan iborat bo`lib, bu rejimlar quyidagilardir:
• bitta foydalanuvchi rejimi va alohida terminallar orqali SHK bilan bir vaqtning o`zida bir nechta foydalanuvchining birgalikda ishlashini ta`minlaydigan Ko`p foydalanuvchili rejim;
• bitta dasturli (bitta masalali) va ko`p dasturli (ko`p masalali) ish rejimi; ko`p dasturli ishlash rejimi, SHK ning resurslariga murojaat qilish rejimiga bog`liq ravishda, o`z navbatida quyidagilarga bo`linadi:
16-rasm. OTning tizimli resurslar bilan aloqasi.
a) paketli qayta ishlash rejimi (foydalanuvchini bevosita murojaat qilishisiz, bir vaqtning o`zida echilishi kerak bo`lgan hamma dasturlar blokini (paketini) oldindan yig`ish va shakllantirish bilan);

b) vaqtni bo`lish rejimi (foydalanuvchilar o`rtasida har bir oldindan qayd qilingan mashina vaqti intervalini bo`lish bilan yoki boshqa xizmat ko`rsatish intizomiga mos ravishda bo`lish bilan bir nechta foydalanuvchilarning bir vaqtning o`zida muloqatli (interaktiv) murojaat qilishi);


v) haqiqiy vaqt rejimi (foydalanuvchining yoki tashqi terminalning har bir murojaatiga kafolatli xizmat ko`rsatish vaqti bilan);
• virtual mashinalarni shakllantirish rejimi (har bir foydalanuvchiga asosiy SHK doirasida kamroq unumli go`yoki alohida mashina, balki o`zining operacion tizimi bilan, ajratiladi);
bitta processorli, ko`p processorli, ko`p mashinali, shu jumladan tarmoqli hisoblash tizimlarida ishlash.
SHK OT ning xarakterli xususiyati shundaki, ular "do`stona" foydalanuvchi interfeysini — foydalanuvchining SHK bilan o`zaro ishini ta`minlaydi.
OT ning "do`stonaligi" quyidagini bildiradi, u foydalanuvchiga amaliy dasturlarni bajarish jarayonida kerakli servisni ta`minlaydi va dasturlovchiga dasturlarni ishlab chiqish va sozlash uchun hamda ma`lumotlarni saqlash, o`zgartirish, aks еttirish va nusxalash uchun qulay shart-sharoitlarni ta`minlaydi.
SHK lar uchun quyidagi OT turlari keng tarqalgan:
• MS DOS - IBM PC AT va XT SHK lari uchun;
• OSҒ2 - IBM PSҒ2 va 80386 va undan yuqori MP li PC AT SHKlari uchun;
• UNIX — 32 razryadli IBM PSҒ2 va 80386 va undan yuqori MP li IBM PC AT SHK lari uchun;
• Windows 95 — 32 razryadli, 80386 va undan yuqori MP li IBM PC AT SHK lari uchun;
• Windows NT — 32 razryadli, 80486 va undan yuqori MP li IBM PC AT SHK lari uchun.
MS DOS va Windows 95 operacion tizimlari to`g`risidagi asosiy ma`lumotlar keyingi bobda beriladi.

Download 169.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling