Shaxsning kasbiy kamoloti. Mundajera


Download 51.81 Kb.
bet3/8
Sana15.03.2023
Hajmi51.81 Kb.
#1269416
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
referat Shaxsning kasbiy kamoloti. (2 Soat) Reja 1

Mutaxassislik-kasb ichidagi kasbiy faoliyat ko’rinishlaridan biridir. Biroq
birmuncha qisman, oraliq natijalarni erishishga yo’nalgan (muhandis-tadqiqotchi,
muhandis-o’qituvchi, muhandis-konstrkutor).
Professionallik - ahamiyatli kasbiy natijalarga erishish va faoliyatini yuqori
darajada amalga oshirish imkonini beruvchi, psixik sifatlarni zarur me’yoriy
to’plamiga ega bo’lgan shaxsning ichki tavsifnomasidir.
Har qanday holatda xam shaxs kasb tanlash jarayonida 2 ta savolga to’qnash
keladi va unga javob berishga harakat qiladi. Xususan, tanlayotgan kasbim menga
qay darajada to’g’ri keladi yoki men tanlagan kasbimga mosmanmi? Boshqacha
qilib aytganda, menga tanlagan kasbim qay darajada yoqadi? Menda ushbu kasbga
nisbatan layoqat, qobiliyat, imkoniyatlarim yetarlimi? Yuqoridagi savollarga javob
berish shaxs kasbiy ta’limining samaradorligini bildiradi va kelgusidagi
muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlaydi.

  • Kasbiy tanlov - insonning aniq kasbga, ish joyiga yaroqliligini aniqlovchi
    omildir. Kasbiy tanlov 4 jihat bo’yicha farqlanadi: tibbiy, fiziologik, pedagogik,
    psixologik.

  • Tibbiy kasbiy tanlov tibbiy muolajalar orqali amalga oshiriladi: inson
    organizmining rivojlanishi, shakllanishi aloxida funksional tizimlarni tekshirish
    orqali amalga oshadi.

  • Fiziologik tanlov-insonning funksional holatini inobatga oladi: ishchanligi
    va charchash darajasi stress omillariga munosabati tavakkal sharoitlarda samarali
    tashkil qilish qobiliyati, kechki smenalar, axborotlarning noaniqligi va boshqalar
    kiradi.

  • Pedagogik kasbiy tanlov-ishchining maxsus bilimlarini shakllanganligiga
    baxo berish orqali amalga oshiriladi, malaka va amaliyot kasbiy ko’nikmalar
    tekshiriladi.

  • Psixologik tanlovda- verbal testlar va so’rovnomalardan, metodik
    suhbatlardan foydalaniladi. Bu insonning qobiliyati, yo’nalganligi, kasbiy
    yo’nalishi, motivasiyasi, qiziqishlari va layoqatini tekshiradi.

Kasbiy tanlov insonga mavjud faoliyatning yo’nalishlari haqida tavsiyalar
beriladi, ularning psixologik, psixofiziologik, fiziologik xususiyatlari natijalari,
psixologik, psixofiziologik, tibbiy diagnostikaga asoslangan bo’ladi
Hozirgi kunda shaxs oldidagi kasbiy tanlov jarayoni keng qamrovlidir. Shu
bilan birga ushbu tanlovni cheklovchi qator sabablar mavjud. Ushbu omillar
orasida shaxsga bog’liq bo’lmagan obektiv va muayyan shaxs xususiyatlariga
bog’liq bo’lgan subektiv omillar ham mavjud.

Download 51.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling