Kasbiy tanlovning psixologik tomonini asosiy vazifalari quyidagilar:
J Qobiliyatlar va kasbiy muhim bilim, ko’nikma va malakalarning
diagnostikasini o’tkazish;
J Olingan ma’lumotlarni kasbiy talablar bilan muvofiqligi;
Ushbu shaxsning mazkur kasbda faoliyat yuritishi muvaffaqiyatli va
muvaffaqiyatsiz kechishini oldindan prognoz qilib xulosa berishi mumkin. Kasbiy
tanlov jarayonida kasbiy yaroqlilik xam aniqlanadi. Kasbiy yaroqlilik u yoki bu
mehnat faoliyatiga yaroqlilik bilan belgilanadi. Kasbiy yaroqlilik bu mehnat
faoliyatini samarali tashkil qilish uchun zurur bilim, ko’nikma, malakalar hamda
psixologik va psixofiziologik xususiyatlarini majmuidir. U yosh, malaka, kasbiy
qobiliyatlar, motivasiyaga bog’liq. Kasbiy moslashuv shaxsning kasbiy faoliyatini
o’rganishda muhim o’ringa ega. Kasbiy moslashuv bu shaxsning asta-sekinlik
bilan kasbga kirib borishi va malakali mutaxassisga aylanishidir. Kasbiy
moslashuv ta’lim bosqichidayoq elementar faoliyatga va bevosita ish joyida
amalga oshuvchi jarayon tayyorlov bosqichiga asoslangan holda o’zida
mujassamlashtiradi. Kasbiy moslashuv jarayoni murakkab va shaxsning butun
hayotini qamrab oladi va bu vaqtda nafaqat kasbiy tajriba, balki mutaxassis
shaxsining o’zi ham shakllanadi. Kasbiy yaroqlilik tizimining to’rtinchi darajasi
attestasiya hisoblanadi. Attestasiya bu shaxsning kasbiy tavsifnomasini muayyan
malaka kategoriyasiga muvofiqligini baholash tizimi hisoblanadi. Attestasiya
bahosi asosan nomzoding bilim, ko’nikma va malakalari hisobga
olinadi.Ko’rsatilgan baholash va kasbiy yaroqlilik tizimi shaxsning obektiv va
subektiv imkoniyatlarini hisobga olish va mehnat faoliyati uchun qulay muhitni
yaratishni hisobga olishdan iborat.
Psixologik tanlovning quyidagi tomonlari mavjud:
✔ Aynan psixologik tizim haqida qimmatli ma’lumotlarni olish va
diagnostik jihatdan qayta ishlash.
✔ Ushbu kasbiy faoliyat turiga nisbatan qobiliyatlarni shakllanishini
prognozlash.
✔ Prognozni aniqlashtirish va tekshirish.
Psixologik mazmunga ko’ra, kasbiy tanlovning 3 ta jihati ajratib ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |