Shaxsning kasbiy kamoloti. Mundajera


Download 51.81 Kb.
bet8/8
Sana15.03.2023
Hajmi51.81 Kb.
#1269416
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
referat Shaxsning kasbiy kamoloti. (2 Soat) Reja 1

Ikkinchi bosqich shaxsning kasbiy muhim sifatlarini baholash uchun
izlanuvchanlik dasturini tanlash va qayta ishlash. Hujjatlar tahlili tavsiyalar,
tavsiyanomalar, suhbat usullari qo’llaniladi. Tanlangan metodikalar qator
talablarga, jumladan, ma’lumotlilik va ishonchlilik talabiga javob berish lozim.
Uchinchi bosqichda tanlangan testlarni tekshirish va nazorat qilish bosqichi.
Asosiy maqsad tanlangan metodikalar qanchalik faoliyat natijasini prognoz qila
olishini aniqlashdir.
To‘rtinchi bosqichda kasbiy tanlovni o’tkazish jarayonidir. Kasbiy tanlovni
o’tkazishning muhim sharti standartlik hisoblanadi. Tadqiqot sharoiti ya’ni test,
ko’rsatmalar, blankalar, natijalarni qayta ishlash barcha nomzodlar uchun bir xil
bo’lishi lozim. Testdan foydalanish tajribasining ko’rsatishicha, ko’rsatmalarning
ozgina bo’lsa ham o’zgarishi tadqiqot natijalariga ham o’z ta’sirini o’tkazadi.
Nomzodning o’zi tadqiqot natijalariga motivasiyalashganligi ham muhim. Shu boisdan, tadqiqot o’tkaziladigan muhit do’stona, samimiy bo’lishi kerak. Natijalar
tahlili standart bo’lishi lozim. Natijada barcha nomzodlarning natijalari muayyan
guruxga birlashadi.
Ko’pincha kasb tanlashda quyidagi tasnif qo’llaniladi:
-mutlaqo yaroqli;
-shartli ravishda yaroqli;
- yaroqsiz.
Shaxsga kasb, kasbiy soha, mutaxassislik tanlanadi, bu ko’proq uning
individual psixologik xususiyatiga mos keladi, buning natijasida u o’zining to’liq
imkoniyatini mehnat faoliyatiga tadbiq etadi. Kasbiy o’quv muassasalarda kasbiy
tanlov va kasbiy saralash mehnat ekspertizaning alohida shakli sifatida namoyon
bo’ladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, espertizaning birinchi va ikkinchi shaklini sifatli
o’tkazish uchun asosiy vazifalar belgilangan:

  • bu ishga kirish imkoniyati bo’lmagan insonlarni ishga olishining oldini olish
    (yoshini to’g’ri kelmasligi, sog’ligi, ma’lumoti, psixofiziologik ko’rsatkichlari);

  • mavjud kasbga ishchan mehnatni o’z sog’ligiga zarar yetkazmasdan
    bajaradigan insonlarni olish;

  • inson kasbining qaysi turiga qobiliyatli ekanligini aniqlash hamda faoliyatga
    tavsiya qilish.

Agar kasbiy tanlovda ikkita vazifa hal qilinsa kasbiy saralashning uchinchi
bosqichi asosiy hisoblanadi
Psixologik kasbiy tanlovda quyidagi shartlar bajarilsa, samarali va maqsadga
muvofiq bo’ladi:

  • obektiv ijtimoiy-iqtisodiy zaruratning mavjudligi;

  • aniq kasbiy sohaning mavjudligi bunda ishchining kasbiy layoqati,
    yaroqliligi, mehnat samaradorligining ortishda katta ahamiyatga ega;

  • ishlab chiqilgan va tekshirib ko’rilgan tanlov tizimi diagnostik
    metodikalarning bajarilishining ishonchliligi;

  • kasbiy tanlovni o’tkazish uchun tayyorlangan mutaxassislar ular kasbiy
    tanlovni o’tkazish va tashkillashtirishda amaliy tajribaga ega.

Xulosa

“Shaxsning kasbiy kamoloti” mavzusini o’rganish jarayonida shunday xulosaga keldim.


Har bir inson avvalo uziga yoqqan kasbni tanlashi kerak ekanligini tushundim va agar inson o’zi yoqtirmagan na faqat yoqtirmagan uni tabiatiga mos kelmagan kasb egasi bo’lsa bu inson tez charchoqni his qila boshlaydi va shu bilan tezda ishdan bezishiga olib keladi bora-bora bu esa foydali ish koifisentini pasayib ketishga olib keladi.
Aksincha inson o’ziga yoqqan kasbni bilan shug’ullansa u hech charchoqni his qilmaydi bu esa o’zi ustida ko’proq ishlashga, yanada ko’proq bilim olishga va kasbiy kamolotga yetishiga sabab bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotrlar



  • Ф. Р. Абдурахманов, З.Э. Абдурахманова. Касб психологияси (Дарслик).:Т.:«Баркамол файз медиа» нашриёти,- 2018.-352б.

  • Умаров Б.М., Шойимова Ш.С. Касбий психология. Дарслик. Тошкент., 2018 й.

  • С.Х. Жалилова, Ф.И. Хайдаров, Н.И. Халилова. “Касб психологияси”. Ўқув қўлланма. -Тошкент, ТДПУ – 2010.

  • Э.Ф.Зеер. Психология профессий: Учебное пособие для студентов вузов.— 2-е изд., перераб., доп.— М.: Академический проект; Фонд «Мир», 2005 г.

  • В. А. Бодров. Психологические основы профессионалной деятельности: хрестоматия [Электронний ресурс]/-М.:ПЕР СЕ,2007.-844с.

Download 51.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling