Shaxsning kasbiy kamoloti. Mundajera
Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi shaxs munosabatlari tizimi
Download 51.81 Kb.
|
referat Shaxsning kasbiy kamoloti. (2 Soat) Reja 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy intilishlar modusi Xizmat qilish modusi
- Kasbiy kamolot – kompetentlik
Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi shaxs munosabatlari tizimi.
Egalik qilish modusida predmet yoki boshqa insonlarga egalik qilish nazarda tutiladi. Bu tip ehtiyojlari muayyan bir davr ehtiyojlari bilan hamohangdir. Ular kamchilik, etishmovchilik sifatida yuzaga keladi. Nimagadir yoki kimgadir egalik qilish ehtiyoji inson ehtiyojlarining begonalashgan shaklidir. Bu modusda individga tegishli bo’lmagan barcha narsalar ular tomonidan vosita darajasigacha ko’tariladi. Kasbiy faoliyat san’at darajasigacha ko’tariladi va shaxsning zaruriy ishtiroki natijasiga ko’ra predmetli yoki to’liq predmetli ko’rinishlarga ajratiladi. Shunga muvofiq tarzda, hech qanday faoliyat motivga ega emas, chunki hech qanday motivning o’zi yo’q, faqatgina muayyan faoliyatga egalik qila olinsa bo’ldi. Bu bosqichda ham boshqalar singari ikkita chiziqni ajratib ko’rsatish mumkin, ulardan biri kasbni endi o’zlashtirayotgan insonlarga xosdir. Bu shunday holatki, bunda shaxs muayyan bir bosqichni bosib o’tgan, lekin yuqoriroq darajaga erishmagan. Birinchi chiziq o’zining natijasiga ko’ra ikkita imkoniyatga ega. Ulardan biri - bu keyingi bosqichga (ijtimoiy intilishlar modusiga) o’tish. Ikkinchisi - bu bosqichda izlanish va “to’xtab qolish”dan bosh tortishdir. Shaxsning kasbiy shakllanishini boshqa vektori inson allaqachon o’zini “topganligi”, uning o’zini va o’z faoliyatini o’zgartirishni istamasligi bilan yakunlanadi. SHaxs faoliyatga nisbatan o’z ehtiyojlarini qondiruvchi vosita sifatida qaraydi. Kasbiy etuklikni mutaxassis shaxsining shakllanishi va mehnat sub’ektining kasbiy shakllanishi jarayoni sifatida ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayon mehnat faoliyatini boshqarish va amalga oshirish bilan bog’liq, lekin u faqatgina operatsional soha taraqqiyoti, bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish bilan cheklanib qolmaydi, balki S.L.Rubinshteyn, B.G.Ananev, B.F.Lomov, A.N.Leontev va boshqalarning tadqiqotlarini guvohlik berishicha, shaxs ijtimoiy xulq-atvorini psixik boshqarishning funksional tizimini shakllanishi bilan bog’liq. Bu jarayonda shaxsning kasbiy kamolotini asosiy qonuniyatlari haqidagi tasavvurlarning taraqqiyoti va turli omillar ta’sirida uning dinamikasini boshqarish muhim rol o’ynaydi, buning natijasida shaxs o’zini kasbiy faoliyat sub’ekti sifatida anglay boshlaydi va kasbining ijtimoiy ahamiyatlilik darajasini tushunadi. Shaxsning kasbiy shakllanish jarayonida aniq faoliyatning mohiyatini ochish dinamikasidagi maqsadga yo’nalganlik, uning imkoniyatlarini bosqichma-bosqich kashf qilinishi va uning alohida komponentlari hamda tuzilishining o’zgarishini muhim manbasi bo’lib hisoblanadi. Psixologik tuzilish bilan muvofiq adekvat faollikni talab qiluvchi maqsadlar tizimini aniqlash, tanlash, unga erishish va alohida faoliyat komponentlarining mazmuni hamda ko’zlangan natijaga erishish uchun psixik zo’riqqanlikning muvofiqlik darajasi ham mehnat sub’ekti shaxsining psixik taraqqiyoti manbasi bo’lib hisoblanadi. Taraqqiyotning bu mexanizmi predmetli faoliyat motivlarining shakllanishi va aniqlashtirilishi jarayoni bo’lib, uning mehnat jarayonini har bir bosqichida o’zgarishlarni aniq bir fazasini bosib o’tuvchi, mazmun jihatdan boyib boruvchi va faoliyatning yo’nalganligiga, psixik va kasbiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi omillarga aylanadigan motivatsion- ehtiyojlarni boshqarish bilan bevosita bog’liqdir Mehnat sub’ektining kasbiy shakllanishi, shaxsning mutaxassisga aylanish jarayonida faoliyatning operatsional tomonini egallash qobiliyatini qidirish va yaratish, faoliyatning psixologik tizimi komponentlarini o’zaro aloqasi va mazmunini o’zlashtirishini o’z ichiga oladi. Bu jarayonni boshqarishning asosiy mexanizmlaridan biri o’zi haqidagi tasavvurlarning (“Men-konsepsiyasi”), “Men-mutaxassis” obrazi va mutaxassis modeli namunasining shakllanishi, qolaversa, bu tasavvurlarning muvofiqligi, ular orasidagi qarama-qarshiliklarni aniqlash va tahlil qilish hisoblanadi. Ko’rsatib o’tilgan sub’ektiv modellarning roli qator tadqiqotlarda o’z aksini topgan bo’lib, ular: “stereotiplashgan kasbiy namunalar shaxs tajribasining to’liq integratsiyasiga yo’l qo’ymaydi, bu vaziyatda kasbiy shakllanish shaxs taraqqiyoti uchun to’siq bo’lib xizmat qilishi ham mumkin”, degan g’oyani tasdiqlaydilar. Faqatgina individuallashtirilgan, qolaversa, shaxsning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda yaratilgan kasbiy namunagina shaxs taraqqiyoti uchun xizmat qilishi mumkin, chunki ular muayyan bir shaxsning o’ziga xos xususiyatlari bilan muvofiq bo’ladi. Sub’ektning psixik sohasini o’rganish natijalariga ko’ra mehnat mutaxassis shaxsi shakllanishining boshqarish jarayoni bilan psixik funksiyalarning rivojlanish holati o’rtasidagi aloqadorligini tushunishda muhim ahamiyat kasb etib, mehnat faoliyatining shaxsga ta’siri xarakterini aks ettiruvchi mehnat yutuqlari darajasini aniqlab beradi. Mehnat sub’ektining kasbiy shakllanishi, o’zining hayotiy pozitsiyasiga, maqsadi va harakatlar dasturiga, faoliyat jarayoni va natijalariga nisbatan munosabatga hamda shu kabi qator maxsus xususiyatlarga ega bo’lgan mutaxassis shaxsining shakllanishi, sub’ektning shaxs taraqqiyoti qonuniyatlarini engib o’tishi, faoliyat determinantlari ta’sirida uning hayotga psixologik qarashlarining o’zgarishi natijasi hisoblanadi. Shaxsning hayotiy va kasbiy shakllanishini dinamik xarakterini, shaxsning o’ziga xos filogenetik va ontogenetik xususiyatlarini, qolaversa, undagi mehnat faoliyatining rolini, sub’ektning kasbiy shakllanishini o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bu jarayonni “professiogenez” atamasi bilan atash mumkin. SHaxs faoliyatini tashkil qilish va tahlil qilishga nisbatan professiogenetik yondashuv shaxs mehnat faoliyatini o’rganuvchi psixologiyaning qator sohalari va boshqa fan sohalari uchun metodologik, nazariy va metodik asos bo’lib xizmat qiladi. Mutaxassis shaxsining shakllanishini o’ziga xos xususiyatlari mehnat sub’ektining kasbiy shakllanishiga nisbatan professiogenetik yondashuvning asosiy xususiyatlarini aniqlab beradi. Bu yondashuv mehnat sub’ektining kasbiy faoliyati davomida ijtimoiy va psixologik rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish asosiga qurilgan. Bunda kasbiy taraqqiyot jarayonini faol boshqarish imkoniyatlari va shaxsning mehnat faoliyatiga yaroqliligi ko’rib chiqiladi. U faqatgina shaxs taraqqiyoti xususiyatlarini va mutaxassis shakllanishini o’rganishga qaratilgan bo’lmay, balki mavjud faoliyat turlarini, faoliyatga moslashish jarayonini psixik boshqarish mexanizmlari va shaxsning mavjud imkoniyatlari hamda kasbiy talablar orasidagi muvofiqlikni psixologik tahlil qiladi, qolaversa, obro’li kasb va faoliyat turlarining psixologik xususiyatlarini taxmin qiladi. Ommaviy va obro’li kasbiy faoliyat turlarini psixologik tahlil qilishning samaradorligi faoliyatni rejalashtirishdagi texnik va texnologik qarorlar va shu bilan bir qatorda, shaxsga nisbatan kasbiy talablar xarakteri hamda faoliyatning psixologik nazariyalarini ahvoli haqidagi ma’lumotlar yordamida aniqlanadi. Kasbiy kamolot – kompetentlik Ko’p qo’llaniluvchi “kompetentlik” tushunchasi kasbiy shakllanish va kasbiy etuklikni baholovchi me’yor bo’lib, hali aniq ta’rifga ega emas. U mehnat sub’ektiga nisbatan aniq faoliyat talablari yoki aynan, sub’ektning aniq faoliyatning o’ziga xos jihatlariga nisbatan munosabatini tavsiflovchi xususiyat sifatida qo’llaniladi. Umuman olganda, bu tushuncha shaxsning qandaydir hayotiy vaziyatlarda, ijtimoiy va kasbiy faoliyatda avtoritarligi, shu soha bo’yicha tushuncha hamda bilimlarga egaligi bilan tavsiflanadi. A.K.Markovaning fikricha, muayyan bir shaxsning kompetentligi uning kasbiy shakllanishiga qaraganda ko’proq uchraydigan tavsifnomasidir. Bunga ko’ra, kasbiy kompetentlikning xilma-xil turlarini ajratish mumkin: maxsus (mehnat jarayonini amalga oshirishda), ijtimoiy (hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishda), shaxsiy (o’zini-o’zi boshqarish va takomillashtirish malakalariga egalik) va boshqalar. Ayrim mualliflar kasbiy muloqotdagi, mutaxassis shaxsining rivojlanishidagi kompetentlikni ham ajratib ko’rsatadilar. Kompetentlikning yuqorida sanab o’tilgan turlari albatta bir insonni to’liq shaklda tavsiflashi shart emas, chunki, shaxs yaxshi mutaxassis bo’lishi mumkin, lekin o’zini-o’zi boshqarish yoki shaxslararo kasbiy muloqot malakalariga ega bo’lmasligi mumkin, qolaversa, yuqori darajada kasbiy kompetentlikka ega bo’la turib, shaxsiy va ijtimoiy kompetentligi past bo’lishi mumkin. Aytish mumkinki, o’z navbatida professionalizm darajasi sub’ektning professionalizatsiyani yo’nalganligi, ko’rsatgichi va mazmuni hamda mutaxassisning professionallashuv darajasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy va boshqa keng doiradagi kompetentliki bilan shartlangandir. Dj. Raven (2003) tadqiqotlari kompetentlikning tuzilishli-funksional konsepsiyani asoslashga imkon berdi va u quyidagilarda aks etadi: Eng avvalo, shaxs qadriyatlari, ijtimoiy-siyosiy ishonchi va fikrini aniqlovchi shaxs motivatsion-qadriyatlar sohasini tizimli ravishda namoyon bo’lishi va shakllanishining ahamiyati; Shaxsiy qadriyatlarning mehnat jarayonini tashkil qilish va mazmuniga nisbatan bevosita qiziqish, liderlik, tashkilotchilik kabi xususiyatlarda aks etishi; Kompetentlikning tabiati kognitiv, emotsional va irodaviy jarayonlarning, individning maqsadga erishishini ta’minlovchi masalalarni echishga, hal qilishga tayyorligini baholash mezoni va namoyon bo’lishiga asoslangan bo’ladi; Kompetentlik faqatgina o’zining faol komponentlari hisobiga emas, balki yangi hayotiy vaziyatlarda namoyon bo’lishi mumkin bo’lgan passiv komponentlari hisobiga ham shakllanib boradi; Kompetentlik o’zining bir-biridan mutlaqo mustaqil, lekin bir-birini o’rnini ahamiyatli darajada samarali xulq-atvor omili sifatida egallab tura oladigan, ko’p sonli komponentlari yordamida aniqlanadi. Kompetentlikning komponentlari qatoriga kognitiv, emotsional, irodaviy sifatlardan tashqari o’ziga ishonch (o’zining kasbiy bilimlariga, liderlik qobiliyatiga va b); qaror qabul qilish va uning ijrosini boshqarish malakasiga ega bo’lish; qiziqarli umumiy maqsadlarni qidirish, anglash va qaytarma aloqani qo’llashdagi samarali faoliyat; o’zini-o’zi boshqarish, o’zini-o’zi takomillashtirish qobiliyatlariga ega bo’lish; o’zini-o’zi nazorat qilish, moslashganlik, murakkab muammolarni hal qilishga tayyorlik va tavakkalchilikka moyillik, qafiyatlilik, kasbiy ma’suliyatlilik va boshqalarni kiritishimiz mumkin. E.F.Zeerning ta’kidlashicha, kasbiy kompetentlikning funksional taraqqiyotini tadqiq qilish kasbiy kamolotga erishish chog’ida kompetentlikning turli ko’rinishlari integratsiyalashib borishini va ularning kasbiy muhim shaxs sifatlari bilan aloqasi kuchayib borishini ko’rsatdi. Aytish joizki, kompetentlikning asosiy darajalari kasbiy tayyorgarlik va tajriba, o’z-o’zini anglash, o’z kuchiga ishonish, o’zga insonlar tomonidan ko’rsatilgan kamchiliklarni to’g’ri qabul qilish va shu kabi boshqa kasbiy kamolotni belgilab beruvchi shaxs xususiyatlari kiradi. Taxmin qilish mumkinki, mehnat sub’ektining sanab o’tilgan professionallashuv ko’rsatkichlari, mutaxassis bo’lish (malaka, kompetentlik) va sub’ektning kasbiy etukligi orasida o’zaro aloqa va o’zaro ta’sir mavjud. K.Mak - Goven va L.Xartlar asosiy urg’uni o’z tarkibiga kasbiy rollarni amalga oshirish va yangi qadriyatlarni, ustanovkalarni va kasbiy sifatlar tarkibini rivojlanishi uchun talab etiladigan maxsus bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishni qamrab oluvchi ijtimoiy o’rganish jarayoniga qaratadilar. Pedagoglarning kasbiy shakllanishini tadqiq qilish natijasida quyidagicha tahliliy xulosaga kelingan: pedagog-talabalar tanqidiy tafakkur, shaxslararo munosabatlar, nizolarni bartaraf etish kabi sohalar yuzasidan maxsus bilim, ko’nikmalarni o’zlashtirishlari, qolaversa, kompyuter texnologiyalari va turli metodlarni qo’llay olishlari zarur. Kasbiy sifatlarining shaxsiy va ijtimoiy aspektlarining muvofiqligi g’oyasi “psixoijtimoiy sifatlar” tushunchasida to’laligicha aks ettirilgan bo’lib, u kasbiy taraqqiyotning ijtimoiy kontekstlari bilan bog’liq kasbiy sifatlarni anglatadi. Bu bilan shaxs taraqqiyoti va faoliyatni amalga oshirishda ijtimoiy muhitning roli alohida ko’rsatib o’tiladi. Muammoga bu jihatdan yondoshish G.Teshfelning ijtimoiy sifatlar nazariyasi yuzaga kelgandan so’ng ommalashib ketdi. Faoliyat va o’zaro hamkorlikni o’zlashtirish natijasida shakllanuvchi ijtimoiy sifatlar ishchilar guruhining o’zaro munosabatlariga hamda individning kasbiy taraqqiyotiga ta’sir o’tkazadi. Kasb-jamiyatga zarur bo’lgan faoliyatning tarixan yuzaga kelgan shakllaridir. Uni bajarish uchun inson bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisiga mos keluvchi qobiliyat va kasbiy muhim sifatlarga ega bo’lish lozim. Kasb (aniq bir kishi nuqtai nazaridan)-bu faoliyat bo’lib, uning yordamida ushbu shaxs jamiyat hayotida ishtirok etadi va bu unga yashash uchun zarur bo’lan moddiy vositalar asosiy manbai bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, u shaxsiyo’zini o’zi amalga oshirishning vositasi ham hisoblanadi. Download 51.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling