Shaxsning kasbiy kamoloti. Mundajera
Download 51.81 Kb.
|
referat Shaxsning kasbiy kamoloti. (2 Soat) Reja 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi daraja - mehnat ekspertizasi
- Uchinchi darajasi - kasbga yonaltirish.
Birinchi daraja - kasbiy muhitni o’rganish va tahlil qilish. Buning uchun
kasb va mutaxassislikni shaxsga qo’yadigan talablar nuqtai nazaridan ko’rib chiquvchi professiografiya qo’llaniladi. Professiografiya kasblar tasnifini ham o’zida mujassamlaydi. Ma’lumki, kasblar tavsifi turli mezonlarga asoslanadi, ya’ni texnologik, iqtisodiy, gigienik, ahloqiy, psixologik va boshqalar. Kasblarning psixologik tavsifi psixogramma deyiladi. Bunda subektning psixologik sifatlariga qo’yiladigan talablar keltiriladi. Ikkinchi daraja - mehnat ekspertizasi. Mehnat ekspertizasi - bu shaxsning muayyan kasb bo’yicha mehnatga layoqatliligini aniqlashdir. Ekspertiza o’tkazishning maxsus tizimlari mavjud, ya’ni tibbiy-mehnat ekspertizasi komissiyasidir. Mehnat ekspertizasi quyidagi vazifalarni bajaradi: 1.Shaxs mazkur faoliyatni bajara oladimi (sog’lig’i nuqtai nazaridan). 2.Faoliyatni amalga oshirish uchun munosib insonlarni tanlay olish. 3.Ishga yaroqsiz kadrlarni o’z vaqtida ishdan ozod qilish. 4.Shaxsga mos ishni aniqlash. Uchinchi darajasi - kasbga yo'naltirish. Kasbga yo’nalganlik bu shaxs imkoniyatlari darajasidagi adekvat kasbni tanlashga ilmiy asoslangan yordam ko’rsatish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan davlat tizimi. Kasbga yo’naltirish yordamida shaxsning istak-hohishlari va kasblar olamidagi ijtimoiy talabning o’zaro muvofiqlashuvi kechadi. Kasbga yo’naltirish tizimi kichik tizimchalardan iborat: .Kasbiy tashviqot va targ’ibot tizimi. .Kasbiy maslahat tizimi. .Kasb tanlash tizimi. .Kasbiy moslashuv tizimi. Sanab o’tilgan fenomenlar yangi usulning mavjudligini tavsiflamaydi, balki, shaxs ilgarigidek yashash imkoniyati yo’q bo’lgan vaziyatda qolganda o’zining beqaror “Men” tizimini buzilishlardan saqlab qola olmasligini anglatadi. Bu vaziyat ba’zida “o’zini safarbar etish” holati deb nomlanadi. Biroq bu holatni o’zining namoyon bo’lishiga ko’ra o’zini o’zi safarbar etish deb nomlab bo’lmaydi: tabiatdan, boshqalardan alohida tarzda anglanmagan voqelikni yo’qotish mumkin emas. Shunchaki, birinchi usulda turmush tarzining hayot- avtomatdan ajratilmaganligi hech qachon axloqiy beqarorlikni keltirib chiqarmaydi. Munosabat murakkab ko’rinishga ega bo’lib, unda shaxs xususiyatlari asosiy o’rin egallaydi. Shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining, asosiy sababi, uning doimo insonlar davrasida hamda ular bilan o’zaro ta’sir doirasida bo’lishini anglatadi. Bu shaxsning eng etakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi. Har bir inson o’zgalarini tinglashga, o’z fikrini birovlarga etkazishga, ya’ni fikr bildirishi, ya’ni ba’zan yozma tarzda bayon etishga tug’ma qobiliyatliday o’zini tasavvur qiladi. Lekin ana shu birovlarni tushunish va o’z fikrlarimiz, o’ylarimizni birovlarga etkaza olish qobiliyati aslida bizning insoniy munosabatlar tizimida ekanligimizni, har birimiz o’zimizga o’xshash inson jamiyatisiz mavjud bo’la olmasligimizni bildiradi. Insoniy munosabatlar shunday o’zaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslaro munosabatlar shakllanadi va namoyon bo’ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar o’rtasida ro’y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu-quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotida bo’lishgani sari, ular o’rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o’rtasida umumiylik, o’xshashlik va uyg’unlik kabi sifatlar paydo bo’ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki “yarimta jumladan” ham fikr ayon bo’ladigan bo’lib qoladi, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tig’izligi teskari reaktsiyalarni - bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi Shaxslararo munosabatlarni o’rganish psixologiya fanida eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki inson shaxsining eng nufuzli va etakchi faoliyatlaridan biri bo’lgan muloqot va u orqali o’zaro munosabatlar odamlar orasida umumiylik, o’xshashlik, uyg’unlik kabi sifatlar paydo bo’lishiga olib keladi. Ayniqsa, oila muhitida shaxslararo munosabatlarning, chunonchi, ota-ona va farzand orasidagi munosabatlarning o’ziga xos tomonlari shaxsning hayoti, faoliyatining samarasi va mazmuniga bevosita ta’sir etadi. Shunday ekan, insonlar orasida amalga oshadigan shaxslararo munosabatlar va uning shaxs xususiyatlariga ta’sirini o’rganish hozirgi kunda psixologiya fanida muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi. Download 51.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling