Shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana22.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1285807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ozodova boltabika shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar

 
 
 
 
 
 
 
IKKINCHI BOB 
OʻZ QATLAMGA OID TASHQI QIYOFA IFODALOVCHI SIFATLAR 
Sifatlar narsalarning belgi-xususiyatlarini bildiruvchi soʻzlardan tashkil topadi. 
Odatda, ular o‘zbek tilining o‘z soʻzlaridan hamda turli tillardan oʻzlashgan boʻladi. Biz 
uchun sifatlarning, yana ham aniqrogʻi, tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarning qaysi 


qatlamga oidligini aniqlash muhim. Buning uchun esa tashqi qiyofa ifodalovchi sifat soʻz 
turkumiga oid oʻz va oʻzlashgan qatlamga tegishli boʻlgan soʻzlarni aniqlash kerak. 
Bu bobda oʻz qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarga toʻxtalindi va ular 
quyidagi ikki guruhga boʻlindi: oʻz qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi ijobiy va salbiy 
maʼnoli sifatlar. Ularni quyida birma-bir koʻrib oʻtamiz. 
2.1. Oʻz qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi ijobiy maʼnoli sifatlar 
Biz toʻplagan soʻzlarimizni oʻrganib, ularning ijobiy maʼno yoki salbiy maʼno 
ifodalashini baʼzi misollar bilan berib oʻtamiz va ularni “O‘zbek tilining izohli 
lugʻati”dagi fikrlar bilan asoslashga harakat qilamiz. Soʻzning tashqi qiyofa ifodalovchi 
maʼnosi soʻz bilan birga keltirildi, undan boshqa maʼnolari esa ishning ilova qismida 
berib oʻtildi. Shu oʻrinda 1981-yilda nashr etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ni 
birinchi lugʻat, 2006-yilda nashr etilgan lugʻatni esa ikkinchi lug‘at deb belgilasak, takror 
va ortiqcha hajmdan qutilamiz. 
Bichimli soʻzi ham tashqi qiyofa ifodalab kela oladi: Bichimli kiyim. Bichimli
kiyim kiygan bola keldi. U haqda “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida 
quyidagilar yozilgan: “Bichimli biror bichimga ega boʻlgan, tashqi tuzilishi, qiyofasi 
oʻxshovli, xushbichim. Bichimli kiyim. Borayoqa, sher bichimli, koʻzi ko‘r, suluv bir 
kishi saroyning og‘zida hassasini suyab turibdi. “Goʻroʻgʻli”1. 
Baxtli soʻzining uchta maʼnosi boʻlib, ulardan birinchi maʼnosi tashqi qiyofa 
ifodalab keladi: baxtli yuz, baxtli koʻrinish, baxtli odam. Bu birikmalarda asosiy maʼno 
tashqi qiyofani ifodalashga qaratilgan. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli 
lugati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Baxtli 1. O‘z hayotidan mamnun, baxti 
kulgan; baxtiyor. Baxtli qiz. Bunday baxtli yoshlik bir marta keladir. Zavqini surib 
qoling, aylanay. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Ilohim, baxtli boʻl! Onangga, otangga 
rahmat, senga ish oʻrgatishibdi. Oybek, Tanlangan asarlar”. 
Boʻydor soʻzi omonim soʻzlardan boʻlib, birinchi omonim soʻz oʻz qatlamga oid 
boʻlib, tashqi qiyofani ham anglatib keladi: boʻydor yigit, boʻydor qiz, boʻydor xotin. 
Ayni shu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugati”ning birinchi tomida quyidagilar 


yozilgan: “Boʻydor I 1. Boʻyi baland; boʻychan, daroz, novcha. Boʻydor yigit. Bekning 
onasi oʻrta yoshlardan oʻtgan, boʻydor, sochlariga sal oq oralagan nuroniy xotin edi. A. 
Muxtor, Tug‘ilish. Qiz boʻydorgina, ozg‘in ekan. N. Fozilov, Diydor” 3. 
Boʻydosh soʻzi aniqlanmish olgan holda tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarni hosil 
qilishi mumkin:. Boʻydosh bolalar, Boʻydosh qizlar. U haqda “O‘zbek tilining izohli 
lugʻati” ning ikkinchi tomida quyidagilar toʻgʻrisida: “Boʻydosh Boʻylari teng; boʻyi-
boʻyiga mos tushuvchi. Habiba Xatibning Qutbiya nomli qizi bilan boʻydosh boʻlib. har 
ikkilari bu maktabdagi qizlarning barchasidan katta edilar. S. Ayniy, Esdaliklar 
9


Birinchi lugʻat. 1-tom. -B.85; Ikkinchi lugat.1-tom. —B.214-2 

Ikkinchi lugʻat.1-tom.-B.477. 
Ikkinchi lugʻat. 1-tom.-B.474-475. 
Boʻlimli sifati ikki maʼnodan tashkil topgan boʻlib, birinchi maʼnosi tashqi qiyofani 
ifodalay oladi: Boʻlimli yigit. Boʻlimli bola. Ushbu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli 
lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Boʻlimli kam, hoʻl. 1. Boʻlali, boʻliq, 
durkun, yetilgan. Beklar, qadimning boʻlimli yigiti deb, uning [Toʻgonbekning] yelkasini 
qoqdilar. Oybek, Navoiy . 
Boʻliq soʻzining toʻrtta maʼnosi boʻlib, uning birinchi maʼnosi tashqi qiyofa 
ifodalaydi: Toʻlishgan odam.Toʻla yigit. Semiz odam. Mazkur soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek 
tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Boʻliq 1. Yaxshi 
oʻsgan, durkun; toʻlishgan; toʻla, semiz. Sharofat xola qurtxonaga kirib, vishillab barg 
yeb yotgan boʻliq qurtlarni koʻrib, hang-mang boʻlib qoldi. Gʻayratiy, DovdiranG. 
Beldor sifati ikkita maʼnoga ega boʻlib, shundan birinchi maʼnosi aniqlanmish 
olgan holda tashqi qiyofa ifodalab kelgan: Beldor odam. Beldor kishi. Bu soʻz haqida 
“O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Beldor 1. sft. 
9
O‘zbek tilining izohli lugʻati. 2-tomlik. 1 -tom. -Moskva: Rus tili, 1981. -B. 123; O‘zbek tilining izohli 
lugʻati.5 tomlik. -Toshkent: Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B.342. 


Beli yoʻgʻon, beli baquvvat; kuchli. Joʻra.. askarning yukini olib.. beldor eshakka ildam 
ortib.. piyoda ketdi. Oybek, O. v. shabadalar. Yoʻgon Usmon mirob — barvasta, beldor, 
Soqol koʻksida, koʻzlar katta, hushyor. Habibiy”. 
Gulchehra soʻzi ham tashqi qiyofani anglatib kela oladi: Gulchehra yuz . 
Goʻzal soʻzi toʻrtta maʼnoga ega boʻlgan holda uning birinchi maʼnosi tashqi 
qiyofani ifodalab kelgan: Goʻzal yuz. Goʻzal chehra. U toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli 
lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “ Goʻzal 1, Juda ham chiroyli, husndor, 
xushroʻy. Goʻzal qiz. Gulsum uning [Elmu-rodning] xayolida bu yerdagi goʻzallarning 
goʻzali boʻlib tura berdi. P. Tursun
10
Oʻqituvchi o‘ttiz besh yoshlarda ko‘ringan bu goʻzal xotin haram xodimalaridan 
Gulshanbonu edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon1. 
Yoqimli soʻzi ikkita maʼnoga ega boʻlgani holda uning birinchi maʼnosi tashqi 
qiyofani anglatib keladi: Yoqimli bola. Yoqimli kampir. Ushbu soʻz haqida “O‘zbek 
tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Yoqimli 1. Istarasi 
issiq, yoqimtoy, kishini oʻziga tortadigan, koʻzga yaqin. Yoqimli bola. Darhaqiqat, u 
yoqimli qiz boʻlibdi. U ancha kamtarga ham oʻxshaydi. Mirmuhsin, Umid. U [Anzirat] 
oltmishilarga borib qolgan, nimjon, yuzi burishgan boʻlsa ham qizil, tovushi mayin va 
yoqimli bir kampir edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari”. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling