Shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana22.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1285807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
ozodova boltabika shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar

Jingalak soʻzi uchta maʼnoga ega boʻlib, shulardan birinchi maʼnosi tashki qiyofa 
ifodalaydi: jingalak soch odam. Ayni shu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning 
birinchi tomida kuyidagilar yozilgan: “Jingala(k) 1. sft. Tabiiy yoki sunʼiy ravishda halqa 
yoki yarim halqa shaklida buralgan, qoʻngʻiroq (soch, jun xaqida). Jingash(k) soch. 
Sochlari jingala(k) bola. U [shofer] jingalak sochini panjalari bilan tarab-tarab, bir oz 
xayolga toldi. U. Usmonov, Sirli sohil. Eʼzozxon Toʻlqinning jingalak sochini siladi. H. 
Gulom, Mashʼal” . 
Zab soʻzining uchta maʼnosi boʻlib, shulardan birinchi maʼnosi tashqi qiyofa 
ifodalashi uchun undan soʻng yana bir keltirish kerak: zab chiroyli yigit. Mazkur soʻz 
toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Zab 
1. sft. Nihoyatda yaxshi, xoʻb; ajoyib, zoʻr. Bu yer zab joy ekan-da. Shchadavoy 
Qalandarovga;] Zab miltiq ekanmi ? Osh pishguncha lip etib soyga tushib, jindak ov qilib 
kelmaylikmi? Navbahor. Sartaroshlik zab hunar, xizmating tez koʻrinar. P. Moʻmin” . 
Keksa soʻzining uchta maʼnosi boʻlib, shulardan birinchi maʼnosi tashqi qiyofa 
ifodalaydi: Keksa odam. Keksa ayol. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning 
uchinchi tomida kuyidagilar yozilgan: “Keksa 1. sft. Uzoq yashab katta yoshga yetgan, 
umrining oxirgi bosqichini yashayotgan; qari. Keksa odam. Keksa ayol. Keksa chinor. 
Quyosh endi tig‘ yoya boshlagan salqin sabohda Qorabuloq qishlog‘idan biri keksa, biri 
yosh — ikki otliq chiqib kelaverdi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o. Ana, keksa qayrag‘och, 
uning tunuka tom ustiga engashgan azamat shoxi qurib qolibdi. S. Ahmad, Qadrdon 
dalalar” . 
Oqsoch soʻzining ikkita maʼnosi boʻlib, shuidan ikkinchi maʼnosi tashqi qiyofa 
maʼnosini ifodalaydi: Oqsoch odam. Oqsoch kishi. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek 
13
Ikkinchi lugʻat. 5-tom. -B. 129. 
“O‘zbek tilining izohli lugati.5 tomlik.2-tom. -Toshkent O‘zbekiston milliy enqiklopediyasi 
Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B.60. 


tilining izohli lugʻati”ning ikkinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Oqsoch 2. sft. Oq 
sochli, sochi oq. Xayriyatki, anavi oqsoch professorning oʻzi kelmagani, boʻlmasa, 
ungayam xurmatim qolmas edi. M. M. Dust, Lolazor. -Shu galvalariy bittagina mayor 
boshlab yuribdimi ? — deb soʻradi oqsoch kishi. “Yoshlik” . 
Toshqin soʻzining toʻrtta maʼnosi boʻlib, ikkinchi maʼnosi sifat turkumiga tegishli 
boʻlsa ham, tashki qiyofa ifodalamaydi. Ulardan uchinchi 
“ Ikkinchi lugʻat. 1 -tom. -B. 105. “ Ikkinchi lugʻat. 2-tom.-B. 139-140. 
“ O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik.2-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy 
enqiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B.402. Ikkinchi lugʻat. 3-tom. -B. 194. 
maʼnosi tashqi qiyofa ifodalab keladi: Toshqin yigit.Toshqin bola.Bu misollarda 
qisman boʻlsa ham tashqi qiyofa maʼnosi mavjuddir. Bu soʻz haqida “O‘zbek tilining 
izohli lugʻati”ning toʻrtinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Toshqin 3. koʻchma Gʻayrati 
ichiga sigʻmaydigan, oʻt-yurak, qaynoq. Toshqin yigit. Toshqin qalb. -Barakalla, 
otangizga rahmat! — dedi Kudrat quvonib. Keyin toshqin bir mehr bilan soʻradi: -
Qamoqqa qachon qaytasiz? M. Ismoiliy, Fargʻona .t. o.”1. 
Chiroyli soʻzi beshta maʼnoga ega boʻlib, birinchi, ikkinchi va uchinchi maʼnolari 
sifat turkumiga oid boʻlsa-da, birinchi va ikkinchi maʼnosigina tashqi qiyofani ifodalay 
oladi: Chiroyli qiz. Chiroyli yuz. Chiroyli koʻrinish. Ayni shu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek 
tilining izohli lugati”ning toʻrtinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Chiroyli. sft. Husni 
odatdagidan ortiq; goʻzal; ko'rkam. Chiroyli qiz. Cholning kelini chiroshi, oppoq, koʻzga 
yaqin juvon edi. Shaharda shunday chiroyli qizlar bor — koʻrsang, og‘zing ochiladi. 
“Yoshlik”. 
2. sft. Koʻrinishi, tashqi kiyofasi koʻzga yoqimli koʻrinadigan. Eng chiroyli qush 
deganda, hammaning koʻz oʻngiga oqqush kelishi tabiiy. Gazetadan. Bilasizmi, dunyoda 
chiroyli narsalar shunday koʻpki! O‘rmon, kapalak, tot, oʻtloq, tun.. A. Muxtor, Davr 
mening taqdirimda”. 


Beg‘ubor soʻzi ikkita maʼnoga ega boʻlib, shundan ikkinchi maʼnosi bilan tashqi 
qiyofa ifodalash mumkin: Koʻrinishida begubor yigit. Mazkur soʻz haqida “O‘zbek 
tilining izohli lugati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Beg‘ubor [be.. + g‘ubor] 
2 koʻchma Koʻnglida yomonligi, kiri yoʻq; pok, sofdil, sidqidil. Beg‘ubor yigit“.
14
O‘z qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi ijobiy maʼnoli sifatlarning tuzilishi 
quyidagichadir: 
1.Sodda sifatlar: oʻydor, boʻliq2, goʻzal”, , qari4, yassi5, yosh6, zab7, keksa , 
toshqin 9, chiroyli10, begʻubor11. 
2.Sodda yasama sifatlar: Bichimli12, baxtli13, boʻydosh14, boʻlimli15, beldor16, 
yoqimli17, 
yoqimtoy18, ketvorgan19, nazokatli20, qiyofali21, jingalak22. 
Z.Birikmali sifatlar uchramadi. 
9”1 “UL. 
4.Qoʻshma sifatlar: gulchehra”1, oqsoch . 
5.Juft sifatlar uchramadi. 
b.Takroriy sifatlar uchramadi. 
Bulardan koʻrinib turibdiki, oʻz qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi ijobiy 
maʼnoli sifatlar sodda, sodda yasama va qoʻshma sifatlar koʻrinishlarida faol qoʻllanadi. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling