Shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana22.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1285807
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ozodova boltabika shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar

Burishiq-tirishiq soʻzi ham aniqlanmish olgan holda insonning tashqi qiyofasini 
anglatib kela oladi: Burishq-birishiq yuz. Burishiq-tirishiq bashara. Ayni shu soʻz 
toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: 
“Burushiq-tirishiq. Juda ham ajin bosgan, burushib, tirishib ketgan. Skelet kabi nuqul 
suyakdan iborat boʻlgan kichkina xotin, burushiq-tirishiq yuzi — olqindi sovun. Oybek, 
Tanlangan asarlar
20

Yonoq soʻzi ham baʼzan tashqi qiyofani anglatib keladi: Yonoq suyaklari. Avaz 
Matpanoga tikilib qoldi: u ozibdi, chakkalari choʻzilib, yonoq suyaklari turtib chiqibdi. 
S. Siyoyev, Avaz. Mazkur soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning uchinchi 
tomida quyidagilar yozilgan: “Yonoq yuzning, betning boʻrtiq qismi. Uning 
[Bashoratning] yuz-koʻzi otasiga tortgan edi: qoshlari quyuq, qalin; yum-yumaloq 
yonoqlari hamisha qizil. A. Muxtor, Opa-singillar . 
Dogʻlik yoki dogʻli soʻzlari ham tashqi qiyofani ifodalay oladi: Dog‘li yuz, dog‘li 
bashara. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida 
quyidagilar yozilgan: “ Dogʻlik, dogʻliq ayn. Dog‘li. Yulduzlar 
Qarimsiq soʻzi bilan ham tashqi qiyofa ifodalash mumkin: Qarimsiq yuz, qarimsiq 
bashara. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning beshinchi tomida quyidagilar 
yozilgan: “Qarimsiq - Qariga oʻxshab koʻrinadigan, qarilik belgilari aks etgan (asosan 
yuz haqida). Uning qarimsiq va soʻniq... tirishib ketgan yuzida achinish ifodasi zohir 
boʻldi, N. Qobil, Unutilgan sohillar. Shuning uchun basharasini halitdan ajin bosib, 
qarimsiq boʻlib ketgan. F. Musajonov, Himmat”. 
Aks soʻzining uchta maʼnosidan uchinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalaydi: Aks 
bola. Aks qiz. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida 
20
O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik 1-tom. -Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat 
ilmiy nashriyoti, 2006.-B. 383. “ Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B.455. Ikkinchi lugʻat. 1 -tom. -B.456. “ Ikkinchi lugʻat. 
1-tom. -B. 45.. 


quyidagilar yozilgan: “Aks 3. sft. Tutgan yerini kesadigan, gapga koʻnmaydigan, oʻjar, 
qaysar. Aks bola” .
21
Qora soʻzida oʻn uchta maʼno mavjud boʻlib, shulardan birinchi maʼnosi tashqi 
qiyofa ifodalashda faol qoʻllanadi: Qora soch. Qora yuz. Qora odam. U haqida “O‘zbek 
tilining izohli lugʻati”ning beshinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Qora 1. Rang-tusi 
mavjud ranglarning barchasidan toʻq; qozonkuya, ko‘mir tusidagi; zid. oq. Qora qozon. 
Qora soch. Qora koʻz. Qora siyoh. Moʻttixon.. bug‘doyrang, qora qosh ayol edi. S. 
Zunnunova, Olov. Chasha qamishlari allaqachon yonib bitib, yog‘ochlarigina qora ko‘mir 
boʻlib, chars-chars qilib tutab yotardi. N. Fozilov, Diydor”. 
Suyak soʻzining beshta maʼnosi boʻlib, shulardan toʻrtinchi maʼnosi tashqi qiyofa 
ifodalay oladi: Suyak odam. Mazkur soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning 
birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Suyak 4. sft. Juda oriq, ozgʻin, Suyak odam. Chol 
seskanib, boshini koʻtardi, yigitni 
quchoqlab, suyak qoʻllari bilan uning yelkasini siladi. Oybek, Tanlangan 
asarlar”. 
Taqir soʻzining sakkizta maʼnosi boʻlib, shunlardan ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi, 
beshinchi maʼnolari sifat turkumiga xos maʼno. Ulardan faqat toʻrtinchi maʼnosi tashqi 
qiyofa ifodalab kela oladi: Taqir bashara. Taqir dahn. Ayni shu soʻz haqida “O‘zbek 
tilining izohli lugʻati”ning toʻrtinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Taqir 4. sft. Sochi, 
juni, tuki yoʻq; tuksiz. ..baʼzi oʻrtoqlarning aldamchiligini ko‘rgan da, taqir dahanimga 
soqol chiqib ketishiga oz qoldi. “Mushtum”. Jamshid shundoq deraza tagida, taqir gilam 
ustida uxlab qoldi. Sh. Xolmirzayev, Togʻlarga qor tushdi”. 
21
O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 1-tom. -Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat 
ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 62 6. 
Ikkinchi lugʻat. 1-tom.-B.262. 
Ikkinchi lugʻat. 1-tom.-B.68. “ Ikkinchi lugʻat.5-tom. -B.356-357. 


Tirishiq soʻzida ikkita maʼno boʻlib, shundan ikkinchi maʼno tashqi qiyofa ifodalab 
kelgan: Tirishiq yuz. Tirishiq bashara. Mana shu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli 
lugʻati”ning toʻrtinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Tirishiq 2. sft. Ajin bosgan, 
burushgan, tirishgan. Tirishiq yuz “ . 
Titroq soʻzi uchta maʼnoga ega boʻlib, ulardan ikkinchi va uchinchi maʼnolari sifat 
turkumiga oiddir. Ikkinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalab kela oladi: Titroq yuz. Titroq 
lab. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugati”ning toʻrtinchi tomida quyidagilar yozilgan: 
“Titroq 2. sft.. Titrab, qaltirab turadigan, titraydigan, titroqli; qaltiroq. Titroq qoʻl. Titroq 
oyoq. Muhammadjon uning titroq lablariga suqlanib qaradi-yu, lekin jurʼat yetolmay, 
qoʻlidan choʻpishlatib oʻpdi. P. Qodirov, Uch ildiz. Zamira uning titroq vujudi va haddan 
tashqari olovli qarashiga tob berolmay, stol ustiga pastroq engashdi. P. Qodirov, Uch 
ildiz” .
22
Chiroysiz soʻzi ham tashqi qiyofa ifodalab keladi: Chiroysiz yuz. Chiroysiz
koʻrinish. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning toʻrtinchi 
tomida quyidagilar yozilgan: “Chiroysiz. Koʻrimsiz, xunuk”. 
Oʻksiz soʻzida ikkita maʼno boʻlib, shundan birinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalay 
oladi: O‘ksik yuz, O‘ksik koʻrinish. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning 
beshinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Oʻksik 1. sft. Biror narsadan afsuslanib xafa 
boʻlgan; ezilgan; gʻamgin, qaygʻuli. Oʻksik koʻngil, Goʻdakning oʻksik yig‘isi Oysha 
opaga qattiq ta’sir etdi. M. Ismoiliy, Ozodlik gulini hidlagan kishi”. 
Katta soʻzining sakkizta maʼnosi boʻlib, shulardan toʻrtinchi maʼnosi bilan tashqi 
qiyofa ifodalashi mumkin: Katta odam.Katta bashara. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek 
tilining izohli lugʻati”ning ikkinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Katta .Yosh jihatdan 
ulug‘, yoshi ortiq. Katta oʻg‘il. U mendan katta. [Yusufbek hoji:] Oyim, har nima, siz 
kattasiz, Zaynab yosh, kattadan kichikka shafqat lozim. A, Qodiriy, O‘tgan kunlar. Katta 
22
“O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 4-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy 
ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 37. 


xotin edi. Birinchi, bosh xotin. Katta qilmoq. Boqib, parvarish qilib oʻstirmoq, voyaga 
yetkazmoq. -Biz senlarni it azobida katta qildik-ku, — dedi shashtidan tushib Ibn Yamin. 
K. Yashin, Hamza”.
23
O‘z qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi salbiy maʼnoli sifatlarning tuzilishi 
quyidagichadir: 
Sodda sifatlar: boʻshang4, qoshch6, suyak7, taqir8, yonoq9
2.Sodda yasama sifatlar: Ayanchli
24
, beqiz
25
2, beandaza3, bo‘yoqli4, belgili5, 
belgisiz6, bichimsiz7, boʻlimsiz8, beandaza9, benihoya10, titroq, chiroysiz12, o‘ksiz , 
burishiq14, dogʻlik yoki dogʻliq, qarimsiq16, tirishiq77. 
Z.Birikmali sifatlar uchramadi. 
4.Qoʻshma sifatlar uchramadi. 
Z.Takroriy sifatlar: boʻsh-bayov18, burishiq-tirishik19. 
Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, oʻz qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi 
salbiy maʼnoli sifatlar nisbatan olganda kam qoʻllaniladi. 
BOB BOʻYICHA XULOSA 
Sifat turkumiga oid soʻzlarning tashqi qiyofa ifodalashi mumkinligini ulardan 
soʻng aniqlanmishni keltirish bilan topish oʻrinlidir (chunki sifatga tegishli soʻzlar ko‘p 
boʻlib, ularni topishda maʼnolarini yanglishtirib qoʻyish mumkin). 
O‘z qatlamga oid sifat turkumiga oid soʻzlar bilan tashki qiyofa ifodalash ancha 
keng tarqalgan (yiqqan misollarimizda ularning miqdori quyidagichadir: ijobiy maʼnoda 
qoʻllanadigan sifatlar yigirma toʻrtta, salbiy maʼnoda qoʻllanadiganlari yigirma yettita 
ekan). 
23
“O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 4-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy 
nashriyoti, 2006.
333 -bet 
24
Birinchi lugʻat. 1-tom.-B.67; 
25
Birinchi lugʻat. 1-tom.-B.95; 


Tashqi qiyofa ifodalovchi oʻz qatlamga oid sifatlarning sodda va sodda yasama 
sifatlardan tashkil topgan. Birikmali, takroriy va qoʻshma sifatlar esa juda kam miqdorni 
tashkil etadi. 
Soʻzlarning bir, baʼzan ikki maʼnosi sifat turkumiga oid boʻlsa, shundan faqat bitta 
maʼnosi tashqi qiyofaga xizmat qiladi. Baʼzi bir sifatlarning tashqi qiyofa ifodalashini 
aniqlash uchun sifatdan keyin aniqlanmish soʻzni qoʻyish kerak. Zero, hamma sifatlar 
ham tashqi qiyofa ifodalayvermaydi, ulardan ayrimlari tashqi qiyofa ifodalaydi. 
Tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarning maʼlum qismi juda kam holda shunday 
maʼnoni ifodalashga xizmat qiladi. 
O‘z qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar ijobiy va salbiy maʼnolarni 
anglatishi ham kuzatildi. Bunday sifatlarning ijobiy maʼno ifodalovchilari miqdoran sal 
kam boʻlsa-da, miqdoran ko‘p boʻlgan salbiy maʼnoli tashqi kiyofa ifodalovchi sifatlarga 
qaraganda koʻproq va faolroq qoʻllanadi. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling