Shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana22.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1285807
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ozodova boltabika shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar

Belgisiz soʻzining ikki maʼnosidan birinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalashga 
xizmat qiladi: Belgisiz turq. Belgisiz bashara birikmalarida tashqi qiyofa anglatmoqda. U 
toʻg‘risida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: 
“Belgisiz 1. Nimaligi, qandayligi aniq ifodalanmagan; belgi qoʻyilmagan, ishorasi yoʻq, 
taniqli emas. Bu mollar doʻkonga belgisiz keldi. Soʻzlashuvdan .
17
Bichimsiz soʻzi ham tashqi qiyofani ifodalab kela oladi: Bichimsiz kiyim kiymoq. 
Bichimsiz yuz. Mana shu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugati”ning birinchi tomida 
quyidagilar yozilgan: “Bichimsiz Bichimi kelishmagan, beoʻxshov. Bichimsiz kiyim.. qh 
Mirkomilboyvachcha.. oyog‘ini chalishtirib, kichkina, bichimsiz yuzini mastlarcha 
burishtirib, papiros tutatadi. Oybek, Tanlangan asarlar 3”.
18
Boʻlimsiz sifatida tashqi qiyofa anglatuvchi maʼno mavjud: Boʻlimsiz bola. 
Boʻlimsiz yigit. Mazkur soʻz toʻgrisida “O‘zbek tilining izohli lugati”ning birinchi 
tomida quyidagilar yozilgan: “Boʻlimsiz kam qoʻll. ayn. landavur. -Akang juda tentak, 
juda boʻlimsiz yigit,— dedi nihoyat poʻngillab boy. Oybek, Tanlangan asarlar 1”. 
Boʻshang soʻzining maʼnosida tashqi qiyofa ifodalangan: Boʻshang bola. Boʻshang 
yigit. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: 
“Boʻshang - Gapni, ishni eplay olmaydigan, boʻsh, lavang, lapashang. Anvar yoshligida 
17
O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik.1-tom. -Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat 
ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 229.
18
“ Birinchi lugʻat. 1-tom. -B.157. 
Birinchi lugʻat. 1-tom.-B.100; Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B.265. Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B.265. Ikkinchi 
lugʻat. 1-tom. -B. 342. 


boʻshanggina bir bola edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. Bolalar uni boʻshang deb 
bilib, baravar tortishishdan man tortishmasdi. Shunchalik ham boʻshang boʻladimi odam, 
loaqal o‘g‘li tengi bolani tartibga chaqirib qoʻyolmasa! “Yoshlik” . 
Boʻsh-bayov soʻzi ham aniqlanmish- olib tashqi kiyofa ifodalay oladi: Boʻsh-bayov 
bola. Boʻsh-bayov yigit. Bu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi 
tomida quyidagilar yozilgan: “Boʻsh-bayov Ishni, gapni eplay olmaydigan, lapashang, 
gul. Karimjon boʻsh-bayov boʻlgani uchun “ammamning buzog‘i” degan laqab olgan edi. 
M. Osim, Tilsiz guvoh. Nusratbekning bu qadar boʻsh-bayov, sodda, notavonligi uning 
jahlini chiqarib yuborgan edi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi 3. 
Beandaza soʻzi uchta maʼnoni ifodalasa hamki, uning ikkinchi maʼnosi tashqi 
qiyofa ifodalashga yordam bergan: Uning gapi kabi oʻzi ham beandaza odam. U haqida 
“O‘zbek tilining izohli lugati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Beandaza 2. 
sft. koʻchma s. t. O‘xshovsiz, beoʻxshov. Yo gapim beandazami? A. Qahhor, Sarob.
19
Benihoya soʻzi ikkita maʼnoga ega boʻlgan holda birinchi maʼnosi tashqi kiyofa 
ifodalagan: Benihoya ariq odam. Ushbu soʻz toʻgrisida “O‘zbek tilining izohli 
lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Benihoya(T) [be.. + nihoya(t)] 1. sft. 
Yuqori darajada, ortiq darajada; cheki yoʻq, nihoyasiz, cheksiz. Qadrdoningiz Yusufbek 
hojining o‘g‘li Otabek bir necha kunlardan buyon benihoya bir dard bilan og‘rir edi. A. 
Qodiriy, Oʻtgan kunlar. 
Burishiq soʻzi uchta maʼnoga ega boʻlib, uning birinchi maʼnosi tashqi qiyofa 
ifodalab kelgan: Burishiq yuz. Burishiq bashara. Bu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli 
lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Burishiq 1. sft. Ajin bosgan, 
burushgan. Yigit uning bukilgan qaddida, burushiq yuzlarida oddiy qarilik ojizligini 
emas, balki qullik iztirobi va singan g‘ururning zabunligini koʻrdi. Oybek, Quyosh 
qoraymas”. 
19
O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik.1-tom. -Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat 
ilmiy nashriyoti, 2006.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling