Shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar
Oʻz qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi salbiy maʼnoli sifatlar
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ozodova boltabika shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar
2.2. Oʻz qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi salbiy maʼnoli sifatlar
14 “ Ikkinchi lugʻat.4-tom. -B. 171. “ O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 4-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy enqiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B.555-556. Tashqi qiyofa ifodalovchi soʻzlarni oʻrganib, ularning salbiy maʼno ifodalashini baʼzi misollar bilan berib oʻtib, ularni “O‘zbek tilining izohli lugʻati”dagi fikrlar bilan asoslashga harakat qilamiz. Shuning uchun baʼzi kamchiliklar uchrashi mumkin. Ayanchli soʻzi biz istayotgan tashki qiyofa ifodalovchi sifatlardan biri. Ayanchli soʻziga aniqlanmishlarni qoʻshilsa (ular sifatdan soʻng qoʻshiladi), bu soʻzning tashqi qiyofa ifodalashi oydinlashadi: Ayanchli turq. Ayanchli yuz. Ayanchli odam. Ayanchli kishi. Ayanchli bet. Ayanchli ona. Ayanchli bashara. Ayanchli yigit. Ayanchli qariya. Ayanchli goʻdak. Ayanchli qiz. Bu haqda “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Ayanchli alam-iztirob aks etuvchi holatli, achinish hissi uyg‘otadigan. Dunyoda hamma narsadan mosuvo boʻlgan bu ayolning hozirgi ahvoli juda ayanchli edi. S. Ahmad, Jimjitlik”. Shu oʻrinda ayanch soʻzining ayanchli shaklida qoʻllanishi uchraydi: “Ayanch kam qoʻll. ayn. ayanchli. Gʻulomjon Matqovulning ayanch ahvoliga.. qarab, yuragi ezildi. M. Ismoiliy, Fargona .t. o. Gʻalati, yuvogsh, muloyim, beozor va ayanch nazar bilan Zebiga qaradi. Choʻlpon, Kecha va kunduz" 15 . Beyuz soʻzi bet va siz komponentlaridan iborat: Beyuz odam. Ushbu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Beyuz ayn. yuzsiz. Shu bilan nafslaring orom oladimi, qanday beyuz odamsanlar. Oybek, Tanlangan asarlar. -Beyuz! — dedi Paygamov. Dallolov bu soʻz kimga tegishli ekanini anglamay, dong qotib kuldi. S. Nurov, Narvoy” . Berilgan gapda ham bu soʻz tashqi qiyofa ifodalab kelmoqda. Beyuz sifati quyidagi hollarda tashqi qiyofa maʼnosini ifodalab kelishi mumkin: Beyuz odam. Beyuz bola. 15 1 O‘zbek tilining izohli lugʻati.2-tomlik. 1-tom. -Moskva: Rus tili,1981. -B.67; O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 1-tom. -Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B.151. Shu oʻrinda 1981-yilda nashr etilgan “O‘zbek tilining izohli lugati”ni birinchi lug‘at, 2006-yilda nashr etilgan lug‘atni esa ikkinchi lugʻat deb belgilasak, takror va ortiqcha hajmdan qutilamiz. Buzuq soʻzining oltita maʼnosi boʻlib, uning birinchi maʼnosi tashqi qiyofani ifodalaydi: Buzuq bashara. Buzuq turq. Mazkur soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Buzuq 1. Buzilib, yaroqsiz holga kelgan, ishdan chiqqan; singan, vayron boʻlgan. Buzuq arava. Buzuq mashina. Buzuq koʻprik. Uyi buzuq oʻngalur, oʻyi buzuq oʻngalmas. Maqol. Turdiyev buzuq devordan oʻtayotganda, yara qoʻlini urib oldi, Shuhrat, Shineli yillar”. Mazkur soʻzning va boshqa tanlab olingan soʻzlarning tashqi qiyofa ifodalamaydigan maʼnolari ortiqcha joyni egallamasligi uchun talqin va tahlilimizda berilmadi. Beandaza soʻzi uchta maʼnoni anglatadi.Uchala maʼnoda ham tashqi qiyofa maʼnosini ifodalashi mumkin: Beandaza kiyim kiygan bola. Beandaza koʻylak kiygan ayol. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Beandaza [be.. + andaza] 1. rvsh. Andazadan foydalanmasdan; andazasiz. Kiyimni beandaza bichmoq. Beandaza kiyim. 2 sft. koʻchma s. t. Oʻxshovsiz, beoʻxshov, Yo gapim beandazami? A. Qahhor, Sarob. 3 sft. koʻchma s. t. Chekini, meʼyorini bilmaydigan, quyushqondan tashqari boʻlgan; haddan oshirib yuboradigan. Yoʻq, taajjublanmang, chunki beandaza redaktor bundam nariga oʻtolmasa nima qilsin. “Mushtum”. 16 Hattoki balg‘amim sendan tozadir, Sening iflosliging beandazadir! “Sharq yulduzi”1. Bo‘yoqli soʻzi ham tashqi qiyofani anglatadi: Bo‘yoqli yuz, Bo‘yoqli turq, Belgili soʻzining birinchi maʼnosi tashqi qiyofani anglatadi, qolgan ikki maʼnosida bu hol ifodalanmaydi. Misol: Belgili bashara. Uning belgili koʻrinishi bor. Mazkur soʻz 16 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2-tomlik. 1-tom. -Moskva: Rus tili, 1981. -B.107; Oʻzbek tilining izohli lug‘ati.5 tomlik.1-tom. -Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 243. 2 Birinchi lug‘at. 1 -tom. -B. 146; Ikkinchi lug‘at. 1 -tom. -B.365. haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Belgili 1. Nima ekani aniq koʻrinib turgan; belgi qoʻyilgan, belgisi, nishoni bor; taniqli. Belgili joy. Belgili qalam. Otabek kitobni belgili qilib yopdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar. Unga bir roʻmol oʻrab, belgili qilgan yerim yoʻq edi. “Yodgor” . Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling