Shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ozodova boltabika shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar
UCHINCHI BOB OʻZLASHGAN QATLAMGA OID TASHQI QIYOFA IFODALOVCHI SIFATLAR Biz bu bobda oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarga toʻxtalamiz. Ularni quyidagi tarzda ikkiga boʻlib, oʻrgandik: 1) oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi ijobiy maʼnoli sifatlar; 2) oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi salbiy maʼnoli sifatlar. Bular bir-biridan maʼnolarinng ijobiy va salbiyligi jihatidan farqlanishini hisobga olgan holda ularni alohida oʻrganilishi maqsadga muvofiqdir. 3 . Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi ijobiy maʼnoli sifatlar Biz oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi soʻzlarni yigʻib, ularning ijobiy maʼno ifodalashini baʼzi misollar bilan berib oʻtib, ularni “O‘zbek tilining izohli lugʻati”dagi fikrlar bilan asoslashga harakat qilamiz.Shuning uchun baʼzi kamchiliklar uchrashi mumkin. Goʻshtdor soʻzi ikki maʼnoda qoʻllanadi, shu maʼnolardan birinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarni hosil qiladi: Goʻshtdor odam. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Goʻshtdor [goʻsht + f. - biror narsaga egalikni bildiruvchi koʻshimcha] 1. Goʻshti koʻp, sergoʻsht, semiz. Goʻshtdor odam.Zaynab qisqa boʻy, goʻshtdor va oq tanli edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar . O‘zbek tilining izohli lugʻati. 2-tomlik. I -tom. -Moskva: Rus tili, 1981. -B. 634. Dabdabali soʻzi toʻrtta maʼnoga ega boʻlib, ikkinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalaydi: Dabdabali qiyofa1. Dilbar soʻzi toʻrtta maʼnoda qoʻllanadi, shu maʼnolardan uchinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalaydi: Dilbar odam. Dilbar juvon. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Dilbar [f. — dilni tortuvchi, jalb etuvchi, yoqimli] 3. sft. Koʻrkamligi, odobi va nazokati bilan es-hushni oladigan, chiroyli. Dilbar yigit. Eng dilbar odamni soʻrdilar Mendan, Mening otam dedim, otam, albatta! T. To‘la, Asarlar. Unaqa [Rahimaxondek] dilbar juvon endi qayoqda'.E. Raimov, Ajab qishloq”. Jonon soʻzi toʻrtta maʼnoda qoʻllanadi, shulardan ikkinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalab kelgan: Jonon yigit. Jonon bolalar. Bu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning ikkinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Jonon [f. — mahbuba; maʼshuqa] 2 sft. Juda yaxshi, goʻzal, shirin, yoqimtoy; oʻynoqi; aʼlo. Jonon yigit. Shahrimiz koʻrkidir jonon bolalar. Gʻ. Gʻulom. Ayqam, doʻstlar, shu tuni. Boʻlib oʻtdi jonon to‘y. 26 Zarif soʻzi uchta maʼnoga ega boʻlgan holda birinchi maʼnosi tashqi qiyofani ifodalagan: Zarif kishi. Mazkur soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Zarif [a. — goyat goʻzal; aqd-zakovatli] 1. Tez fahmlaydigan, ziyrak, idrokli. Bozorchilar tojikchani biladigan bu muloyim, zarif kishidan (Muqimiydan) juda minnatdor edilar. S. Abdulla, Quvgʻinda . Sohibjamol soʻzi ikki maʼno ishlatilgan, shu maʼnolardan birinchi maʼno tashqi qiyofa ifodalab kelgan: Sohibjamol ayol.Sohibjamol koʻz. Mana shu haqida “O‘zbek tilining izohli lugati”ning uchinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Sohibjamol [a. - husn, chiroy egasi] 1. Goʻzal husn-jamol egasi; xushroʻy, barno, zebo. Sohibjamol ayol. Xotinining yuziga tik qarashga chog‘landi-yu, ammo kam endi u malak, u barg‘ikaram koʻylakli sohibjamol koʻz oldidan keldi. M. Mansurov, Yombi. Roʻmolini labga bosib Sohibjamol kuladi.. “Yoshlik” . Xushsurat soʻzi tashqi qiyofa ifodalay oladi: Xushsurat odam. Xugisurat Sitorabonu. U toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning to'rtinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Xushsurat [xush + surat] Koʻrinishi chiroyli, ko‘rkam, goʻzal. Xushsurat odam. Uning yoshi oʻtib qolgan, ammo qosh-koʻzidan yoshlikda xushsurat boʻlgani aniq koʻrinib turardi. O‘. Hoshimov, Hup Zorki, soya bor. Eridan ancha yosh boʻlgan qora qosh, quralay koʻzli xushsurat “Itorabonu dadasi urishib bermasaydi”, deb hayiqib turar edi. M. Osim, 1bn Sino qissasi . 27 26 O‘zbek tilining izohli lugʻati. 2-tomlik. 1 -tom. -Moskva: Rus tili, 1981. -B. 203. ' Ikkinchi lugʻat. 2- tom. -B.729-730. 3 Ikkinchi lugʻat. 2-tom. -B. 160. 27 “O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 4-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 433-bet. Xushsuhbat soʻzi tashqi qiyofa ifodalaydi: Xushsuhbat odam.. Xushsuhbat yigit. Ushbu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning Uchinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Xushsuhbat [xush + suhbat] Yaxshi suhbat quradigan, suhbatni qizitadigan; gapi-soʻzi yoqimli, Xushsuhbat ham. Injener Oʻttiz begi yashar, xushsuhbat, qaddi-qomati kelishgan.. rilishga kelgan. H. Nazir, Maftuningman, Ozarbayjon"'. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling