Shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ozodova boltabika shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar
Xushtabassum soʻzi tashqi qiyofa ifodalab keladi: Xushtabassum ayol. Bu soʻz
toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning uchinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Xushtabassum [xush +tabassum] Yuzidan yoqimli tabassum arimaydigan; xushfeʼl. Xushtabassum ayol” . 28 Xushtabiat soʻzi ham tashqi qiyofa ifodalagan: Xushtabiat ayol. Xushtabiat yigit. Ayni shu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning uchinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Xushtabiat [xush + tabiat] Xatti-harakati yoqimli, xushfeʼl; ochiq. Oddiygina kiyingan xushtabiat ayol Dadashevni kutuvchilar stoliga taklif qildi. I. Rahim, Taqdir. Ruqiya opa oʻrta yoshlardagi xushtabiat ayol ekan. Oʻ. Umarbekov, Koʻk daftarning siri”. 29 Xushtabiatli soʻzi ham tashqi qiyofa ifodalaydi: Xushtabiatli yigit. Xushtabiatli odam. Mana shu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning uchinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Xushtabiatli ayol. xushtabiat. Neʼmatjon xushtabiatli, uyatchan bir yigit boʻlib, odamlar bilan ham juda odobli, bir maromda soʻzlashardi. J. Sharipov, Saodat”. 30 28 O'sha joyda 29 O'sha joyda 30 “O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 1-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 433-bet. Ayyor soʻzining uchta maʼnosi boʻlib, uchinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalagan: Ayyor boqish. Ayyor tabassum.. Mazkur soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Ayyor [a. mugʻambir; yalangoyoq, bekorchi] 3. ot O‘zbek xalq dostonlarida: hiylagar; aygʻoqchi. Shu orada Alpomish Qalmoq elining ayyorlarini oʻtda kuydirib yubordi. “Alpomish” . Ayyor boqish - Kishining tashqi koʻrinishiga xos sifat, chunki odamning qarashi va boqishidagi ayyorlik uning tashqi qiyofasi bilan ifodalanadi. Shu soʻzining birinchi va uchinchi maʼnolari esa tashqi qiyofasini anglatmaydi. Baland soʻzi yettita maʼnoga ega boʻlib, birinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalagan: Baland odam. Baland kuyov. U toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Baland [f.-yuqori] 1 Pastdan yuqoriga tomon oʻlchami Uzun. Boʻyi uzun; novcha. Baland minora. Baland devor. Baland tom. Boʻyi baland. Baland tog‘. Ikki yog‘i baland tog‘ — piyoda yursa, oyog‘i kuyadi. “Nurali”. Mashina bir baland tepaning orqasiga oʻtib toʻxtadi. S. Anorboyev, Xamsuhbatlar” . 31 Barvasta soʻzi ikkita maʼnoga ega boʻlgan holda birinchi va ikkinchi maʼnolari tashqi qiyofa ifodalagan: Barvasta gavda. Barvasta yigit. Ushbu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Barvasta [f.- bogʻlangan, mahkamlangan; yopilgan, rivojlanmay qolgan] 1. Gavdali, keng yagʻrinli. Barvasta yigit. Arslonqul barvasta qomat, oʻmrovli, sodda, oʻn sakkiz yashar yigitcha edi. Oybek, Navoiy. Akaxonning oyog‘ida orqasi bosilgan kigiz shippak, barvasta gavdasi og‘ir chayqaladi. N. Aminov, Qahqaha. 2.Tik qomatli, kelishgan, ko‘rkam. Barvasta qiz. Men oʻzim oshiq boʻlibman Boʻylari barvastaga. S. Zunnunova. Koʻtida kitobi, barvasta, 31 “O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 1-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 146-bet. lobar, Manglayi kengligi baxtidek ravshan, Gʻ. Gʻulom”. 32 Avliyonamo soʻzi tashqi qiyofa ifodalay oladi: Avliyonamo odam. Avliyonamo bola. Ushbu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Avliyonamo [a.f.] Avliyoga oʻxshash”. Shoʻx soʻzining beshta maʼnosi boʻlib, ikkinchi va uchinchi maʼnolari bilan tashqi qiyofani ifodalash mumkin: Shoʻx qiz. Shoʻx koʻzlar. U toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning beshinchi tomida quyidagilar qayd etilgan: “Shoʻx [f. o‘ynoqi; goʻzal sevgili] 2. O‘yin-kulgini, hazil-huzulni yaxshi koʻradigan; xushchaqchaq, quvnoq. Shoʻx qiz. Bizning yigitlar juda shoʻx boʻladi, — dedi Muharram oʻtirayotib, — bitta namunasi mana, qoshingizda turibdi. Shuhrat, Shinelli yillar. Temirjon qishloq qizlarining nihoyatda shoʻx, hazil-mutoyiba gaplarga chechet boʻlshilarini koʻp eshitgan edi. J. Abdullaxonov, Oriyat. 3. O‘z qiliqlari, ishvasi, noz-karashmasi bilan kishini oʻziga maftun qiladigan; oʻynoqi. Shoʻx koʻzlar. Necha kundan beri koʻrsatmayin vaslin sogintirdi, Tarahhum aylasun, ul shoʻxi jonon bir kelib ketsun. Hamza”. 33 Yoqut soʻzi omonim boʻlib, uning birinchi omonimi uchta maʼnoda qoʻllanadi, shundan ikkinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalaydi: Yoqut lablar. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugati”ning ikkinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Yoqut [a. - turli rangli qimmatbaho tosh]. 2. sft. Qizil, yoqutday qizil. [Odilbikaning] Sarv qomati, .oy kabi yuzi, qora qalam qoshi, shahlo koʻzlari, yupqa yoqut lablari har bir kishini oʻziga beixtiyor jalb qilardi. J. Sharipov, Xorazm. Bir tup joy. 34 32 “O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 1-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 165-bet. 33 “O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 1-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 14-15-betlar 34 34 “O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 2-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 56-57-betlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling